Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BuxDPI Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi o‘qituvchisi. M.M. Abdullayeva BuxDPI boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2 – bosqich talabasi.
RIVOJLANTIRISH USULLARI · S.I. Boymurodova · M.M. Abdullayeva
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy komptensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning nutqini ravon qiluvchi usullardan foydalanish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, nutq, usul, kompetensiya, so‘zlash, tayanch kompetensiya, metod Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish — ta’lim jarayonining muhim jihatlaridan biridir. Nutqiy kompetensiyalar, ya’ni o‘quvchilarning muloqot qilish, fikrlarini ifoda etish va boshqalar bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyatlari, ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yuqori darajada nutqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bolalarning kelajakda ta’lim va professional sohalarda muvaffaqiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi. M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muloqot - bolada so‘zning paydo bo‘lish fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa - fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi sifatida rivojlanadi[1]. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi[2]. M.Koshg‘ariyning “Devon-u lug‘otit turk” asarida ―Adab boshi – til maqoli keltirilgan. Bu buyuk ajdodlarimizning inson ma‘naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog‘li ahamiyatli ekanligiga urg‘u berganini ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinflarda nutqiy ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida badiiy adabiyotni o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Badiiy adabiyot ko‘p qirrali hodisadir. Bu yerda nutq vakillik vositasi sifatida taqdim etiladi va vakillik sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. 362 Mart, 2025-Yil Adabiyotdagina odam “so‘zlovchi” bo‘ladi. Ta’kidlanganidek, F.K.Murodov o‘zining “Bolaning ijtimoiy rivojlanishi diagnostikasi”da:“Adabiyotning asosiy xususiyati shundaki, bu yerda til faqat muloqot va ifoda vositasi emas, balki tasvir ob’ekti hamdir” Kompetensiya (lotincha tildan olingan bo‘lib, compete-erishyapman, munosibman, loyiqman) - fan bo‘yincha egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir.[3] Kompetensiya tushunchasining ta’limga tadbiq qilishning asosiy maqsadi: ta’limga tatbiq etishning asosiy naqsadi ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim tizimiga nisbattan yangicha yondashuv kasb etish Har bir darsda kompetensiyalarga e’tibor qaratilyapti. Kompetensiya - bu kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat belgisidir. U bilim mahsuli bo‘lib, mutaxassis tomonidan uni amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Kompetensiyaning bilimdon farqi shundaki, vazifani amaliy bajarmasdan turib, uni aniqlab ham baholab ham bo‘lmaydi. Malaka kompetensiyaning muhim mezoni bo‘lib, u turli holatlarda, shu qatori muammoli vaziyatlarda ham bir necha bor qo‘llash natijasida namoyon bo‘ladi.[4] Zamonaviy o‘qitish tizimida pedagogik va kommunikativ texnologiyalarni integratsiya qilish bilan o‘qitivchilarni fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga e’tibor qaratilyapti. Bilamizki, o‘quvchilarni rivojlantirishda kompetensiyalar 2 ga bo‘lingan: birinchisi tayanch kompetensiyalari bo‘lsa ikkinchisi tayanch kompetensiyalardir. Boshqa manbalarda buni 3 turi keltirib o‘tilgan. Bular quyidagilar: 1. Tayanch kompetensiyalar 2. Umumiy kompetensiyalar 3.Xususiy kompetensiyalar O‘quvchi shaxsning umumumiy rivojlantirishiga zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiyalar deyiladi. [4] Nutqiy kompetensiya, bu tilni to‘g‘ri va samarali foydalanish qobiliyatidir. Bu kompetensiya odamning fikrlarini aniq va ravon ifoda etish, tushunarli shaklda so‘zlash, fikrlash jarayonini izchil yetkazish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Nutqiy kompetensiyani rivojlantirish jarayoni til o‘rganuvchilar uchun juda muhim bo‘lib, ular tilni chuqur tushunib, uni turli vaziyatlarda mos ravishda qo‘llay olishlari zarur. Asosan, nutqiy kompetensiya quyidagi ko‘nikmalarni qamrab oladi: grammatik tuzilmalardan to‘g‘ri foydalanish; lug‘at boyligi va uni mavzu va vaziyatga mos tarzda qo‘llash; suhbat davomida tinglovchini e’tiborini saqlash va tushunishga undash; fikrlarni aniq va mantiqiy 363 Mart, 2025-Yil shaklda ifoda etish. [5] Bunday ko‘nikmalarni rivojlantirishning sababi o‘quvchilar o‘zlari erkin tutib, o‘z fikrlarini aniq ifoda etishlaridir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda “Brenrayting” metodidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu metod orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z fikr va g‘oyalarini og‘zaki bayon etishga qiynaladigan ba‘zi o‘quvchilar uchun qulaylik yarata
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy komptensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning nutqini ravon qiluvchi usullardan foydalanish haqida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning nutqiy komptensiyalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning nutqini ravon qiluvchi usullardan foydalanish haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- so‘zlash, tayanch kompetensiya, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, metod, usul, kompetensiya, nutq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024