Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XOTIN-QIZLAR ORGANIZMINI JISMONIY TARBIYA VOSITALARI YORDAMIDA CHINIQTIRISHNING METODIK ASOSLARI Buronova Sidiqa Navoiy Davlat universiteti Tibbiyot fakulteti “Umumiy tibbiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
CHINIQTIRISHNING METODIK ASOSLARI · Buronova Sidiqa
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
В данной статье анализируются научно-методические основы закаливания организма женщин с помощью средств физического воспитания. Рассматривается положительное влияние физической активности на здоровье, иммунитет и психологическую устойчивость. Также предлагаются эффективные методы и подходы к процессу закаливания. Ключевые слова: физическое воспитание, закаливание, здоровье женщин, спорт, иммунитет, психологическая устойчивость. Annotation. This article analyzes the scientific and methodological foundations of hardening the female body through physical education. The positive effects of physical activity on health, immunity, and psychological stability are examined. Additionally, effective methods and approaches to the hardening process are proposed. Keywords: physical education, hardening, women's health, sports, immunity, psychological stability. Zamonaviy jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarning jismoniy tarbiya vositalari yordamida chiniqish jarayonini yo‘lga qo‘yish, ularning salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan ilmiy yondashuvlarni talab qiladi. Chiniqish jarayoni ayollar organizmida fiziologik jarayonlarning yaxshilanishiga, immun tizimining mustahkamlanishiga va jismoniy bardoshlilikning oshishiga xizmat qiladi[1]. 1. Chiniqishning nazariy asoslari, chiniqish inson organizmini tashqi muhit omillariga moslashish qobiliyatini oshirishga qaratilgan jarayondir[2]. Bu jarayon quyidagi tamoyillarga 247 May, 2025-Yil asoslanadi: Tizimlilik – chiniqish jarayoni uzluksiz olib borilganda samarali natija beradi. Bosqichma-bosqichlik – organizmni asta-sekinlik bilan tashqi omillarga moslashtirish muhim. Individuallik – har bir insonning jismoniy holati va salomatligiga mos ravishda chiniqish metodlari qo‘llanilishi lozim. Kompleks yondashuv – chiniqish jarayoni jismoniy mashqlar, havo va suv muolajalari bilan uyg‘unlashishi kerak. Chiniqishning nazariy asoslari fiziologik, biologik va psixologik jihatlarni o‘z ichiga oladi. Chiniqish jarayonida organizmning adaptatsiya (moslashish) qobiliyati shakllanib, tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga nisbatan bardoshlilik ortadi[3]. 2. Chiniqishning jismoniy tarbiya vositalari yordamida amalga oshirilishi 2.1. Jismoniy mashqlar orqali chiniqish, jismoniy mashqlar chiniqishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, organizmning chidamliligini oshiradi: Ertalabki badantarbiya – yurak- qon tomir tizimi va nafas olish organlarini faollashtiradi. Yugurish va piyoda yurish – mushaklar va suyak tizimini mustahkamlaydi. Aerobika va fitness mashg‘ulotlari – ayollar organizmini chiniqtirishga yordam beradi.Yoga va stretching – nafas olish jarayonini yaxshilab, stressni kamaytiradi. 2.2. Havo muolajalari orqali chiniqish, havo muolajalari organizmni harorat o‘zgarishlariga moslashishga o‘rgatadi: Ochiq havoda sayr qilish – organizmning kislorod bilan to‘yinishini yaxshilaydi. Quyosh vannalari – immun tizimini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Sovuq havoda yurish – issiqlik almashinuvi jarayonini yaxshilaydi. Havo muolajalari orqali chiniqish jarayonini samarali amalga oshirish uchun havo haroratining o‘zgarishlariga bosqichma-bosqich moslashish muhimdir[4]. 2.3. Suv muolajalari yordamida chiniqishSuv muolajalari chiniqishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi: Kontrast dush – qon aylanishini yaxshilaydi va immunitetni oshiradi. Suzish – barcha mushak guruhlarini mustahkamlaydi va chiniqish jarayonini tezlashtiradi. Oyoqlarni sovuq suvda yuvish – sovuq mavsumga moslashishni osonlashtiradi. Suv muolajalari organizmning immun tizimini kuchaytirib, turli kasalliklarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi[5]. 3. Xotin-qizlar uchun chiniqish jarayonining metodikasi Xotin-qizlar organizmi uchun chiniqish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Tayyorlov bosqichi – organizmni chiniqish jarayoniga moslashtirish. Faol chiniqish bosqichi – turli xil jismoniy tarbiya vositalari yordamida chiniqish jarayonini yo‘lga qo‘yish. Mustahkamlash bosqichi – chiniqish jarayonining natijalarini uzoq muddat saqlash. Har bir bosqichda individning sog‘lig‘i, jismoniy tayyorgarligi va boshqa omillar hisobga olinishi lozim. 4. Chiniqishning xotin-qizlar salomatligiga ta’siri 248 May, 2025-Yil Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, chiniqish natijasida:Yurak-qon tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi; Immunitet kuchayadi, shamollash kasalliklari kamayadi; Stress va ruhiy zo‘riqish kamayadi; Mushaklar mustahkamlanib, umumiy jismoniy chidamlilik oshadi. Shuningdek, chiniqish ayollarning gormonal tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U moddalar almashinuvini yaxshilab, organizmning umumiy energiya darajasini oshiradi. 5. Chiniqishning pedagogik va psixologik jihatlari Chiniqish jarayoni faqatgina jismoniy tarbiya bilan cheklanib qolmay, uning pedagogik va psixologik jihatlari ham mavjud: Motivatsiya – chiniqish jarayoni uchun ayollarning ichki va tashqi motivatsiyasini shakllantirish muhim. Doimiy monito
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются научно-методические основы закаливания организма женщин с помощью средств физического воспитания.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются научно-методические основы закаливания организма женщин с помощью средств физического воспитания. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- physical education, hardening, women's health, sports, immunity, xotin-qizlar sog‘lig‘i, psixologik barqarorlik., immunitet, jismoniy tarbiya, chiniqtirish, sport
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014