Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
O‘zbek va ingliz tillaridagi somatik komponentli maqollarda “qo‘l” leksemasi orqali ifodalangan turli xil konseptlar
development. Prentice Hall. (processes. Harvard University Press.) · Akbaraliyeva Xurshida Shavkatjon qizi (processes. Harvard University Press.)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 1 · 1970
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “qo‘l” somatizmi ishtirok etgan maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqolada mashhur yozuvchi va olimlarning maqollar ustida olib borgan ishlaridagi xulosalari va maqollarning inson hayotidagi o‘rni, ahamiyati keltirib o‘tilgan. Turli tillardagi maqollarni qiyoslab o‘rganganimizda, ular o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni aniqladik. Kalit so‘zlar: paremiya, maqol, konsept, grammatika, qiyoslash, qo‘l. KIRISH. Xalq yaratgan ma’naviy madaniyatning yaxlit bir butunligi bu albatta o‘sha xalqning maqollari hisoblanadi. Har bir halqning og‘zaki yoki o‘zma yodgorligini olib qaraylik, unda bani bashar xotirasida elas-elas saqlanib kelayotgan asotirafsonalar, uzoq tarix qa’ridagi ibtidoiy tasavvur va tushunchalar, asr-asrlar davomidagi kuzatishlardan xosil bo‘lmish hayotiy hikmatlar qaymog‘i-insoniy tafakkur tajribasining in’ikosini ko‘ramiz. Ingliz va o‘zbek xalq maqollari ham ana shunday ming yillar ichida yig‘ilib, sayqal topgan ilmiy-badiiy tafakkur hosilasi sifatida yuzaga kelgan, xalq orasida aytilib, puxtalanib, avloddan avlodga eng yaxshi ma’naviy meroslardan biri bo‘lib o‘tib keladi. O‘tmishda yaratilib va ishlatilib kelinayotgan eng yaxshi maqollar, xalq donishmandlarining namunasi sifatida, hozir ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Bunday maqollar va hikmatli so‘zlar har bir xalqning ma’naviy boyligining qimmatbaho xazinasini tashkil etadi. Maqollar xalq donoligining nodir namunasi sifatida xalq og‘zaki ijodining mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni jamoat axloq qoidalari deb atash mumkin. Maqollar asrlar davomida hayot tajribalarida sinovdan o‘tgan xalqning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy va falsafiy qarashlarining ixcham va obrazli ifodasidir. Maqollar maxsus yaratilgan emas, balki muayyan vaziyat talablari bilan sinovdan o‘tgan hayotiy tajribadan olingan xulosalarning axloqiy qiymati sifatida paydo bo‘ladi. Ular insonning turli sohalardagi faoliyati davomida barqaror va o'zgarmas. To‘g‘ri va haqiqiy xulosalar shaklida uzoq yillik hayotiy 305 tajribalar mahsuli ekanligini ko‘rsatadi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ingliz va o‘zbek tillarida maqollarning milliy-madaniy va universal xususiyatlari haqida qisqacha tahlil olib borildi. Г.Л.Пермяков Основы структурной паремиология, Meider, Kingsburg, Harder “Amerika maqollari lug‘ati” nomli kitob metodologik manba bo‘lib belgilandi. Alisher Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Lutfiy kabi shoir va yozuvchilar xalqqa tushinilishi oson bo‘lsin deb xalq ijodidan samarali foydalanganlar. YOzuvchi M.Gorkiy ham maqqollarga yuksak baho berib: “Eng ulug‘ donolik so‘zning soddaligadadir. Maqollar va qo‘shiqlar har vaqt qisqa bo‘ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud bo‘ladi” degan edi. Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-ma’daniy hamda umumbashariy qadriyatlarini aks etishi orqali o‘rganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammosi bo‘lib kelmoqda. Qiyoslab o‘rganadigan bo‘lsak, dunyodagi barcha tillar o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin va aynan shu fenomen turli tillarni bir-biridan ajratadi. Lekin shu narsa ma’lumki, til o‘rganuvchilar o‘ziga begona bo‘lgan tilni ona tili va shu til o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik asosida o‘zlashtiradi. Bu tillar ma’lum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarda grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksiyanal kategoriyalarga o‘xshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni ta’minlaydi. Shu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan o‘ziga xos til birligi ekan, ularda ham umumiylik mavjud. Shu haqda G.L.Permiakov quyidagicha fikr yuritadi: holatlarni umumiylashtirish xususiyati ya’ni bir xil yoki o‘xshash holatlarni birlashtirish turli xalqlar maqollarida uchraydi. Maqollardagi shu bir xillik universallikni ta’minlaydi va ko‘p holatlarda alohida mantiqiy ma’noga ega bo‘ladilar. Bundan kelib chiqadiki, maqol dunyosi jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liqdir, uni faqat bir millatga tegishli deyish mutlaqo noto‘g‘ri. Maqollardagi universallik paremiologiyaning asosiy qirrasi bolib, u maqollardagi o‘xshash va bir xil xolatlarni umumlashtiradi va hatto qarindosh bo‘lmagan tillarda, ularning tarixiga, etnosiga qaramay uchraydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, ko‘plab maqollarning har xil tillardagi shakllarida ham shaklan, ham ma’no jihatdan yoki umumiy bajarayotgan funksiyalaridan o‘xshashlik topsa bo‘ladi. O‘zbek tilidagi ayrim maqollar ingliz maqollariga funksional jihatdan mos keladi. Masalan, “First think, then speak” maqolini o‘zbek tilidagi muqobil varianti “Avval o‘yla – keyin so‘yla” maqoliga to‘g‘ri keladi, chunki bu maqol har ikkala tilda aynan bir xil ma’noga ega hamda uning gr
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “qo‘l” somatizmi ishtirok etgan maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi “qo‘l” somatizmi ishtirok etgan maqollarning ikki tildagi milliy-madaniy va universal xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- рука, qo‘l, proverb, grammatika, qiyoslash, comparison, статья, maqol, пословица, hand, сравнение, paremiya, konsept, грамматика, article, концепция, grammar, concept
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025