К содержанию
РецензированоUZ2017

Oʻzbekistonda pravoslavlik dini

OʻZBEKISTONDA PRAVOSLAVLIK DINI · Abduvohidov Dilshod Narbotirovich · PhD doktorant

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2017

Аннотация

Maqolada O’zbekistonda xristianlikning pravoslavlik oqimining umumiy manzarasi ochib berilgan. Shuningdek, xristianlikning Markaziy Osiyoga kirib kelish tarixi hamda bugungi kunda pravoslavlikning asosiy ijtimoiy-diniy xususiyatlari yoritilgan. Kalit so’zlar: pravoslavlik; Xristianlik, cherkov; yeparxiya, Markaziy Osiyo metropolit okrugi, Rossiya pravoslav cherkovi, Muqaddas Sinod, nasroniy episkopi, Beruniy, Iso Masih, Urgut, Vazgird, Verniy, Metropolit Vikentiy (Morar), Mixail Chernyaev, fon Kaufman, yepiskop Sofoniy, Uspenskiy gospital cherkovi. Oʻzbekiston Respublikasida Xristianlikning pravoslavlik oqimi 2015-yil holatiga koʻra, mamlakat jami aholisining 4% ga yaqinini tashkil etuvchi ruslar va boshqa slavyanlarning muqaddas dini hisoblanadi [1]. Oʻzbekiston hududidagi pravoslav xristianlar Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi tuzilmasiga ega boʻlgan Rus pravoslav cherkovining (Moskva Patriarxati) cherkov yurisdiksiyasiga boʻysunadilar. 2011-yildan boshlab esa Rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyo metropolit okrugi tarkibiga kiritilgan [2]. 2011-yil 27-iyulda Toshkent yeparxiyasi boʻlingandan keyin tuzilgan [3]. Markaziy Osiyo metropolit okrugi rahbari bir vaqtning o’zida Toshkent va Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mitropoliti, Janobi Oliylari unvoniga ega. Okrug tashkil etilgandan beri mitropolit Vikentiy (Morar) Toshkent va Oʻzbekiston yepiskopi boʻlib kelmoqda. 2011-yil 5-oktabrda Rossiya pravoslav cherkovi Muqaddas Sinodining doimiy aʼzolari qatoriga Oʻrta Osiyo mitropoliti, Markaziy Osiyo mitropolit okrugi rahbarini ham kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi [4]. 2013-yil 24-avgustda O‘rta Osiyo metropolit okrugi Qarori bilan 8-sentabrni Markaziy Osiyo metropolit okrugi tashkil topgan kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Turli afsonalarga ko’ra, O’rta Osiyoda nasroniylikni paydo bo’lishining boshlanishi deb ushbu hududda odamlarga va’zlar o’qigan havoriylar Foma va Andrey ismlari bilan bog'liq. Xristianlik dini Rim imperatorlari tomonidan qabul qilinib, rasmiy davlat diniga aylantirilgach, Eronda nasroniylarga nisbatan ta’qiblar boshlanib ketadi. Bu esa ularning O‘rta Osiyo mintaqasiga ko‘chib kelishiga sabab bo‘ladi. Manbalarda keltirilishicha, milodiy 334-yilda hozirgi Marvda (Turkmanistonda) nasroniy episkopi qurilgan. Qadimgi manbalar bizga Samarqand hududida nasroniy dinining mavjudligi haqida bir qancha dalillar keltiradi. Jumladan, Al Beruniy oʻzining mashhur “Qadimgi xalqladan qolgan yodgorliklar” asarida Samarqandda arablar davridan oldin zardushtiylik bilan bir qatorda “mobad-dastur Nastori” boʻlgan nufuzli nasoro yepiskopligi boʻlganligini to’g’risida muhim ma’lumotlarni yozib qoldirgan (bu so’zlarning ma’nosi “mobad” - ruhoniy; “dastur” - ruhiy yetakchi; “nasoro” – “nasr” so’zining hosilasi ya’ni arabcha “yozuv” degani. Ma’lumki, arab- fors an’anasiga ko’ra ular nasroniylarni “kitob ahli” deb atagan). Kelib chiqishi turkiy bo’lgan tarixchi va tilshunos olim Mahmud Qoshg’ariyning shaxsiy guvohlik berishicha, janubi- sharqdagi Dashti Qipchoq (Buyuk dasht), O'zgan podsholigi va Uyg'ur xoqonligi va Markazi Soʻgʻdda (Samarqand) nasroniylarning o’z diniy jamoalari mavjud boʻlgan. Qoshgʻariyning yozishicha, “Isfijob, Taroz, Qashgʻar va Oʻzgandan to Quba (hozirgi Quva)gacha bir qancha soʻgʻdliklar yashaganlar, ular Masih (Iso Masih) diniga eʼtiqod qilgan hamda ikki tilda – so’g’d va turkiyda gaplashgan.” 294 Urgutda nestorian monastiri ham boʻlgan [5]. Bugungi kungacha, Oʻzbekiston hududida xristianlikka oid ko’plab arxeologik manzilgohlar topilgan. Misol uchun, ulardan teng uchli xoch tasviri tushirilgan qayroq qabr toshlari, IV-VIII asrlarda Soʻgʻd, Choch, Ustrushona va Xorazmda zarb qilingan tangalari, Samarqand viloyati, Zarafshon daryosining chap qirgʻogʻida arxeologlar X—XI asrlarga oid dafn etilgan nestorian qabristonlarini olish mumkin. Bundan tashqari hozirgi Urgut shahri yaqinida V—VII asrlarga oid Qoʻshtepa shaharchasi xarobalari saqlanib qolgan, aynan uning oʻrnida nasroniylarning Vazgird qishlogʻi mavjud boʻlgan. Shuningdek, qadimgi xristian ibodatxonalari qoldiqlari Jizzax va Toshkent viloyatlaridan ham topilgan [6]. Oʻrta Osiyo mintaqasi arablar tomonidan bosib olingandan soʻng, VIII asrdan boshlab mintaqada islom dini eng keng tarqalgan. Bu esa mintaqada XIV asrga kelib boshqa dinlar qatori xristian jamoalari faoliyatini ham bosqichma-bosqich toʻxtatishiga olib keldi. Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi — Oʻzbekiston hududidagi pravoslav cherkovlarini oʻz ichiga olgan Rus pravoslav cherkovining yeparxiyasi bo’limi. 1871-yil bahorida “Turkiston” nomi bilan tashkil etilgan va uning markazi Verniy shahrida bo’lgan. Toshkent yeparxiyasining bosh yepiskopi metropolit okrugi bilan bog'liq masalalarda, shuningdek, o'zi boshqaradigan yeparxiyalarning amaliy ish jarayonlarida, turli xotirlash marosimlari vaqtida Markaziy Osiyoning bosh mitropoliti unvoniga ega. 1865-yil iyun oyida Toshkent general Mixail Chernyaevning otryadi tomonidan bosib olindi. 1868-yilda Turkist

Доказательный фрагмент

«Maqolada O’zbekistonda xristianlikning pravoslavlik oqimining umumiy manzarasi ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O’zbekistonda xristianlikning pravoslavlik oqimining umumiy manzarasi ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Christianity, епископ Софоний, настоятельные епископы, Ургут, Священный Синод, Markaziy Osiyo metropolit okrugi, Assumption Hospital church., yepiskop Sofoniy, Verniy, Urgut, Успенская госпитальная церковь, Orthodoxy, cherkov, Mikhail Chernyaev, Mixail Chernyaev, Вазгирд, фон Кауфман, Beruniy, Русская православная церковь, Central Asia metropolitan district, Центрально-Азиатский митрополичий округ, Митрополит Викентий (Морар), church, Beruni, yeparxiya, fon Kaufman, Иисус Христос, diocese, Vazgird, Metropolit Vikentiy (Morar), Muqaddas Sinod, Metropolitan Vicentiy (Morar), Nazarene bishops, Верный, bishop Sophronius, von Kaufman, Holy Synod, Xristianlik, Православие, Russian Orthodox Church, Iso Masih, Христианство, церковь, Беруний, pravoslavlik, Uspenskiy gospital cherkovi, nasroniy episkopi, Rossiya pravoslav cherkovi, Jesus Christ, Епархия, Михаил Черняев
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники