К содержанию
РецензированоUZ2021

Hududlarda milliy dehqonchilikni innovatsion tizimini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

Yuldashev G‘iyos Turabekovich

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 7 · 40-47 · 2021

Аннотация

Maqolada hududlarda milliy dehqonchilikni innovatsion tizimini shakllantirish zaruriyati, Samarqand viloyatidagi dehqonchilikda yangi innovatsion mahsulotlar yaratish bosqichlari va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: dehqonchilik, innovatsion tizim, innovatsion mahsulot. Respublikamiz qishloq xo‘jaligini innovatsion iqtisodiyotga o‘tishda milliy innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Har bir rivojlangan davlatning mustaqil milliy innovatsion tizimi shu davlat milliy xususiyatlari va iqtisodiy shart- sharoitlariga moslanib shakllantiriladi. Bugungi kunda respublikamiz milliy iqtisodiyoti oldida turgan dolzarb masalalardan biri mamlakatni innovatsion rivojlantirish asosida taraqqiy ettirishdan iborat. O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirishning muhim sharti bu iqtisodiyotni raqamlashtirish, modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash hamda shu asosda milliy innovatsion tizimni shakllantirish hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda ilm-fan sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini bir yo‘la tarqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz” [1]. O‘zbekistonda tarmoqlar va sohalar bo‘yicha milliy innovatsion tizimning kelgusi taraqqiyot yo‘nalishlari mamlakat innovatsion rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Respublikamiz tarmoqlar va sohalar bo‘yicha innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlar strategik rejaga asosan amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-sornli Farmoni bilan “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlantirish bo‘yicha strategiya belgilab olingan va unga ko‘ra mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganligini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish belgilangan. Innovatsion tizim tushunchasini birinchi bo‘lib fanga kiritgan va uni “milliy innovatsion tizim” deb atagan olim amerikalik K.Frimen (1987 yil) hisoblanadi[2]. 279 Milliy innovatsion tizim deyilganda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun shunday yangi innovatsion siyosatni ishlab chiqish va uni rivojlantirishdan iboratki, bunda hukumat bilan birgalikda turli ilmiy tadqiqot muassasalari (institutlar) yangi texnologiya, yangi innovatsion g‘oyalarni o‘z ichiga oluvchi innovatsion jarayonlarni hamkorlikda yaratishdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligi dexqonchiligida milliy innovatsion tizim, mamlakatning agrar soxa dexqonchiligidagi bosh milliy innovatsion strategiyasini amalga oshiruvchi yangi bilimlar, yangi texnologiyalar hamda yangi g‘oyalarni tashkil etish, saqlash va ularni uzatishni amalga oshirishdan iboratdir. Shuningdek, dehqonchilikdagi milliy innovatsion tizimda, tarmoqda ko‘proq foyda olish va yuqori samaradorlikka erishish uchun intelektual salohiyatga ega bo‘lgan insonlarning aqliy mehnati samarasidan (ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va hokazolar) foydalanish natijasida yangi milliy innovatsion siyosatni tizimli amalga oshirishdan iboratdir. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi milliy dehqonchilikda innovatsion tizimni shakllantirish va rivojlantirish zaruriyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Birinchidan, respublikamiz dehqonchiligida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va zamonaviy texnologiyalarni yaratishda ma’lum yagona bir tizim mavjud emasligi; Ikkinchidan, respublikamiz qishloq xo‘jaligi dehqonchilishida fan-ta’lim, ishlab chiqarishni bog‘lab turuvchi yagona innovatsion zanjirning yaratilmaganligi; Uchinchidan, respublikamizning agrar sohasida aqliy mehnat vakillarining (olimlar, ixtirochilar, konstruktorlar) tomonidan yangi innovatsion loyihalar, texnologiyalar taklifiga mos milliy innovatsioye loyihalar bozorining mavjud emasligi; To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi dehqonchiligida amaliyotga yangi innovatsion loyihalarni joriy etishda bozor risklarining (tavakkalchiligining) yuqoriligi va kafolatlanmaganligi; Beshinchidan, innovatsion tizim yaratuvchi sub’yektlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi dehqonchiligida raqobat muhitini shakllanmaganligi; Oltinchidan, rsepublikamizda qishloq xo‘jaligi dehqonchiligida innovatsion tizimni samarali tashkil etish uchun iste’molchi bo‘lgan xususiy sektor (korxonalari, firmalari va h.k.) xususiy tadbirkorlar ishtirokining pastligi. Respublikamizning alohida olingan tarmoq va sohalarida shu jumladan qishloq xo‘jaligi dehqonchiligida milliy innovatsion tizimning zaruriyati jahon iqtisodiyotining globallashuv sharoitida iqtisodiyotning innovatsiyaga asoslan

Доказательный фрагмент

«Maqolada hududlarda milliy dehqonchilikni innovatsion tizimini shakllantirish zaruriyati, Samarqand viloyatidagi dehqonchilikda yangi innovatsion mahsulotlar yaratish bosqichlari va rivojlantirishning asosiy yo‘nalish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada hududlarda milliy dehqonchilikni innovatsion tizimini shakllantirish zaruriyati, Samarqand viloyatidagi dehqonchilikda yangi innovatsion mahsulotlar yaratish bosqichlari va rivojlantirishning asosiy yo‘nalish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
инновационная система, dehqonchilik, innovation system, agriculture, фермерство, инновационный продукт, innovatsion tizim, innovative product, innovatsion mahsulot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники