Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Fotoissiqlik qurilmasining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari
Бойсори Юлдошов (Термезский государственный университет)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2432 · 291-295 · 2022
Аннотация
Tadqiqot ishida monokristall kremniyli fotoelektrik batareya (FEB) asosidagi fotoissiqlik qurilmasi (FIB) ga qo‘shimcha jihozlarni biriktirish va undan qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, FIB ning texnik-iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilgan. Kalit so‘zlar: fotoelektrik batareya, fotoissiqlik qurilmasi, kontroller, akkumulyator, inverter, boyler. O‘zbekiston iqlimi va hozirgi iqtisodiy rivojlanishi sharoitida fotoelektrik qurilmalardan foydalanishning katta qismi qishloq joylarga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bunday hududlarda elektr 275 energiya ta’minotidagi uzulishlarning tez-tez sodir bo‘lishi issiqlik energiyasiga (xususan issiq suvga) bo‘lgan talabning ortishiga ham olib keladi. Xalq xo‘jaligida uglevodorod yoqilg‘ilarining narxi elektr energiyani aholiga sotadigan narxdan yuqoriligi ulardan foydalanish harajatlarning ortib ketishiga olib kelmoqda. Shu tufayli qishloq sharoitining iqtisodiy va moddiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, arzon energiya manbalarini yaratish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Bu vazifalarni qisman bo‘lsada bajarilishida FIB lardan foydalanish yaxshi natijalar berishi mumkin. Issiq iqlim sharoitida (30oC dan yuqori) FEB larning samaradorligi 35-40% gacha pasayib ketadi [1]. FEB larning issiqlik hisobiga elektr yo‘qotishlarini kamaytirish uchun ular maxsus issiqlik kollektorlari yordamida sovutiladi [2]. FEB ga biriktirilgan issiqlik kollektori tizimi FIB hisoblanadi [3]. Quyosh energiyasini FIB yordamida elektr va issiqlik energiyasiga konvertatsiya qilib foydalanish mumkin [4]. Ushbu tadqiqot ishidagi FIB so‘nggi yillarda ishlab chiqilgan nusxalaridan [5,6] farq qiladi. Qurilmada FEB ni sovutish uchun yangi turdagi parallel kanalli polikarbonat issiqlik kollektoridan foydalanilgan va old tomon tomondan ikkita reflektorlar qo‘llanilgan [7]. FIB ga o‘rnatilgan yorug‘lik oqimini zichlab beruvchi reflektorlar qisqa tutashuv tokining ortishiga, issiqlik kollektori esa salt yurish kuchlanishining ortishi uchun xizmat qiladi. Shu tariqa FIB ning elektr quvvatini oshirib, qishning qisqa kunlarida to‘g‘ridan- to‘g‘ri elektr energiyadan foydalanish va akkumulyatorni yetarlicha quvvatlantirish imkoniyati paydo bo‘ladi. FIB ning issiqlik kollektori va reflektorlar bilan birlashtirilgan bunday tizimidan elektr energiya bilan bir qatorda issiq suv ham olinadi. (1-rasm). 1-rasm. FIB bilan elektr ta’minlash qutisini birlashtirish 1-FIB, 2-elektr ta’minlash qutisi, 3-kontroller, 4-akkumulyator, 5-avtomatik kalit, 6-inverter, 7- rozetkalar, 8-sovuq suv idishi, 9-issiq suv zaxirasi uchun boyler FIB tarkibiga kirgan qism va materiallar pasport ma’lumotlari ularining 10 yil va undan ko‘proqqa mo‘ljallanganligini ta’kidlaydi. FIB ga ketgan harajatlar bu muddatning qancha qismida qoplansa, shu muddatning qolgan qismi foydali xizmat vaqti hisoblanadi. FIB va unga birlashtirilgan tizimning foydali xizmat vaqtini aniqlash uchun quyidagi hisob-kitoblar amalga oshirilgan: 1) FIB va unga birlashtirilgan tizimga sarflangan harajatlar hisoblangan (1-jadval). 276 2) FIB ning bir kundagi (oydagi, yildagi) ishlab chiqargan elektr energiyasining davlat narxida qancha summani tashkil qilishi aniqlangan (2-jadval). 3) FIB ning bir kundagi (oydagi, yildagi) suvga bergan issiqlik miqdorini hosil qilishi uchun qancha elektr energiya sarflanishi aniqlangan (3-jadval). 4) FIB dan bir yilda olingan elektr energiyasi va suvni isitishda sarflanadigan elektr energiyaning narxi hisoblangan. Buni yuqoridagi ikki jadvaldagi ma’lumotlar asosida hisoblash mumkin. FIB ning bir yilda ishlab chiqargan elektr energiyasining narxi 165 600 so‘mga, uning suvni isitishda suvga bergan issiqlik miqdorining elektr energiyaga teng bo‘lgan narxi 930 780 so‘mni qo‘shamiz. Umumiy yig‘indi 1 096 380 so‘mni tashkil qiladi. 5) FIB va unga birlashtirilgan tizimga sarflangan mablag‘ni FIB dan bir yilda olingan elektr energiya va suvni isitishda suvga bergan issiqlik miqdorining elektr energiyaga teng bo‘lgan narxiga bo‘lingan. 277 SM 6908000 HQV 6yil UEN 1096380 bunda, HQV – harajatlarni qoplash vaqti, SM – sarflangan mablag‘, UEN – umumiy energiya narxi. Bo‘linmadan ma’lum bo‘ladiki, ushbu tizimga sarflangan harajatlarni qoplash vaqti 6 yilni tashkil qilgan. FIB va unga birlashtirilgan tizimni tashkil qilgan qismlarning yaroqlilik muddatidan kelib chiqib qurilmaning ishlash vaqti 10 yil deb olingan. Tizimning ishlash vaqtidan unga sarflangan harajatlarni qoplash vaqtini ayirilsa, tizimning foydali xizmat vaqti kelib chiqadi. Hisob-kitoblar tizimning foydali xizmat vaqti 4 yilni, bu muddatda olingan foyda 4,4 mln. so‘mni tashkil qilgan. FIB va unga birlashtirilgan tizimga ketgan harajat, qurilmaning o‘zini qoplash vaqti, foydali xizmat vaqti va undan olingan sof daromad 2-rasmda tasvirlangan. 2-rasm. FIB va unga birlashtirilgan tizimning harajat va daromad summasining vaqtga bog‘liqligi FIB va unga birlashtirilgan tizim tufayli 40°C va undan yuqori haroratli issiq suvdan foydalanish d
Доказательный фрагмент
«Tadqiqot ishida monokristall kremniyli fotoelektrik batareya (FEB) asosidagi fotoissiqlik qurilmasi (FIB) ga qo‘shimcha jihozlarni biriktirish va undan qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюTadqiqot ishida monokristall kremniyli fotoelektrik batareya (FEB) asosidagi fotoissiqlik qurilmasi (FIB) ga qo‘shimcha jihozlarni biriktirish va undan qishloq xo‘jaligida foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inverter, контроллер, kontroller, солнечный коллектор, аккумулятор, photovoltaic battery, controllers, fotoissiqlik qurilmasi, boyler, accumulator, инвертор, akkumulyator, solar water heater, бойлер, boiler, фотоэлектрическая батарея, fotoelektrik batareya
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025