The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
Д Тург`унов (Университет инноваций "Шёлковый путь") · А Агабеков (Университет инноваций "Шёлковый путь")
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 584-585 · 2021
Аннотация
Ushbu maqolada O`zbekistonda qishloq joylarida turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari va uning istiqbollarini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Kalit so`zlar: ekologik, tibbiy-sog’lomlashtirish, sport turizmi, avtoturizm, madaniy-tarixiy parklar, etnomadaniy majmualar, ilmiy-tadqiqot markazlari, tarixiy-madaniy, arxeologik, ekologik, qishloq turizmi. O`zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida juda katta turistik imkoniyatlarga ega mamlakat hisoblanadi. Mamlakatimizdagi mavjud tarixiy - arxeologik yodgorliklar, tabiiy iqlim sharoiti, ya`ni biologik xilma-xil, go`zal va betakror tabiati, hayvonot va o`simlik dunyosi, hamda millatimizning o`ziga xos madaniyati, urf-odatlari, an’analari o`z navbatida tarixiy- madaniy, arxeologik, ekologik, qishloq turizmi kabi xizmat turlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. 250 Davlatimiz raxbariyati mamlakatimizda turizmni rivojlantirish maqsadida bir qator qarorlar qabul qilib, ularning bajarilishini ta`minlashga yonaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu maqsadda “tabiatga sayohat” ekoturizmni rivojlantirish milliy dasturini; davlat qo‘riqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bog‘lari, pitomniklar (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), o‘rmon va o‘rmon-ov xo‘jaliklari, tog‘li va cho‘l hududlari hamda suv ob`ektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida tashkil qilinishi mumkin bo‘lgan faoliyat (xizmat) turlari ro‘yxati; davlat qo‘riqxonalari, pitomniklar, milliy tabiat bog‘lari va o‘rmon xo‘jaliklarida ekoturizm xizmatlari yo‘lga qo‘yiladigan hududlarning ro‘yxati; plyaj va suvda dam olish turizm xizmatlari tashkil etiladigan respublikadagi yirik suv havzalari ro‘yxati; zamonaviy talablar asosida dor yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati; ekologik turizm yo‘nalishida faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan istiqbolli turistik klaster loyihalarining manzilli ro‘yxatlari [1] ishlab chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlarga ko`ra, mamlakatimizda ekologik, tibbiy-sog’lomlashtirish, sport turizmi, shuningdek, yakka tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida agroturizmni o`z ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlarini ustuvor rivojlantirish zonalari alohida belgilab olingan. So`nggi yillarda mamlakatimizning ko’pchilik mintaqalarida turizm sohasini rivojlantirish uchun mаqsadli dasturlar qabul qilinmoqda. Ushbu dasturlarda har bir mintaqaning o`ziga xos bo`lgan tabiiy sharoiti, iqlimiy xususiyatlari, boy milliy-madaniy merosi hamda qishloq ahlining urf-odatlari va an`analarini hisobga olgan holda, qishloq turizmini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilgan. Mamlakatimizda qishloq turizmi ekologik turizm bilan birgalikda faol rivojlanmoqda. Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani, Jizzax viloyatining Zomin tumani, Namangan viloyatining Pop tumani, Samarqand viloyatining Urgut tumanining dam olish zonalari agroturizmni rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Viloyatlarimizda qishloq xo`jaligi sohasining ancha taraqqiy qilganligi, aksariyat aholining qishloq joylarida istiqomot qilishi, qishloq hududlarida yangi infratuzilmalarning paydo bo`layotganligi, qishloq hayotining o`ziga xos urf-odatlari va an`analari bevosita qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlarini kattа ekanligidan dalolat beradi. “Agroturizmni rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi” hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. O`zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda qishloq turizmini rivojlantirishning naqadar foydaliligini yuqoridagi tahlillar asosida tushunib olish mumkin. Birinchidan, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloqlarimizda jiddiy bo`lib turgan ishsizlikni yechish, qishloq xo`jaligi maxsulotlarining sifatini oshirish, qishloqlarning iqtisodiyotini ko`tarish, savdо-sotiqni tashkil qilish, mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish, xalqaro hamdo`stlikni oshirish kabi muhim masalalarni hal qilishimiz mumkin. Ikkinchidan, shaharlarimizda yashayotgan aholining dam olishini tashkil qilish, shaharliklarni qishloqlar bilan bog’lash, ularning qishki mavsumga qishloq xo`jalik mahsulotlarini g’amlab olishida yo`l-yo`riqlar ko`rsatish, ayniqsa shaharlik bolalarning qishloqlarda hordiq chiqarishini, tabiat bag’rida bo`lib tabiatni anglashini shakllantirishimiz mumkin. Uchinchidan, qishloq turizmini rivojlantirishda soliq tushumlarining ko`payishini ta`minlash va ushbu mablag’lar asosida qishloq joylarni obodonlashtirishni kuchaytirish mumkin; To`rtinchidan, qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloqlardagi tarixiy obidalarni muhofaza qilish, ta`mirlash, muqaddas qadamjoylarni obod qilish va ko`kalamzorlashtirish, ulardan xalqimizni erkin foydalanishini ta`minlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Bugungi kunga kelib mamlakatimizning qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni samarali rivojlantirishda agroturizm muhim o`rin egallaydi. Hozirda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantiri
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O`zbekistonda qishloq joylarida turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari va uning istiqbollarini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O`zbekistonda qishloq joylarida turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari va uning istiqbollarini ta`minlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- парки культуры и истории, ecological, historical-cultural, научно-исследовательские центры, madaniy-tarixiy parklar, tarixiy-madaniy, scientific research centers, медицинское оздоровление, car tourism, историко-культурные, Экология, cultural-historical parks, ethnocultural complexes, спортивный туризм, археологические, arxeologik, rural tourism, archaeological, сельский туризм., ilmiy-tadqiqot markazlari, etnomadaniy majmualar, qishloq turizmi, sport turizmi, tibbiy-sog’lomlashtirish, medical-sanitary, avtoturizm, ekologik, sports tourism, этнокультурные комплексы, экологические, автомобильный туризм
Смежные источники
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021