К содержанию
РецензированоUZ2025

Raxmatullayeva Parizod Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteti 2-bosqich 123-guruh talabasi. Nazarov Elbek Ilmiy rahbar. Termiz Davlat Yuridik fakulteti o’qituvchisi.

VAKILLIK VA ISHONCHNOMA · Raxmatullayeva Parizod · Nazarov Elbek

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

Ishonchnoma va vakillik fuqarolik huquqining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib ular shaxslarning huquqiy munosabatlarida o’z manfaatlarini boshqalar orqali ifodalash imkonini beradi. Vakillik orqali vakil beruvchi, o’z manfaatlarini ishonchli shaxs orqali himoya qiladi, ishonchnoma esa ushbu vakolatni yozma ravishda tasdiqlaydi. Vakillik huquqning turli tarmoqlariga mos keladi. Shu o’rinda vakolat beruvchi vakilga ishonch bildirgan holda muhim vazifalarni bajarishni ishonib topshiradi. Quyida berilgan Koreya va Singapur davlatlarida ham vakillik va ishonchnoma, qulay va muhim huquqiy vosita bo’lib kelmoqda. Kalit so’zlar: Vakillik, yuridik, ishonchnoma, fuqarolik, sud, huquq, qonun, ustav, vakolatsiz, tijorat, Koreya fuqarolik kodeksi, vakil, bitim, tijorat vakilligi. Vakillik shaxs yoki tashkilotning huquqlarini himoya qilish, manfaatlarini ilgari surish va qonuniy masalalarda yordam ko’rsatish uchun muhimdir. Ular juda ko’p maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Jumladan: huquqiy masalalar bo’yicha yordam kerak bo’lib qolganda, sudda o’z manfaatlarini himoya qilishda ishni osonlashtirishda va vaqtni tejashda shuningdek psixologik qo’llab quvvatlashda kerak bo’lishi mumkin. Chunki vakillik bir shaxsning boshqa shaxs nomidan Yuridik harakatlarni amalga oshirishda, asosan bir shaxs vakilining vakolat bo’yicha tuzgan bitimini, vakolat beruvchiga nisbatan fuqarolik huquq va majburiyatlarini bevosita vujudga keltiradigan o’zgartiradigan yoki bekor qiladigan huquqga ega. Vakillik munosabatlarida ikki tomon ishtirok etadi: Vakil-ishlarni amalga oshiruvchi shaxs hamda vakil qiluvchi, vakilga o’z nomidan harakat qilish huquqini beruvchi shaxs. Vakillik • Vakolat • Uchinchi beruvchi • Vakil shaxs • A • B • V Vakillik Vakillik Odatda vakillik yozma ravishda tuziladigan ishonchnoma bilan rasmiylashtiriladi. U quyidagicha qo’llanilishi mumkin: -Fuqarolik huquqiy shartnomalarini tuzish; -Savdo va tijorat operatsiyalarida qatnasish; 1 61 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ -Sudda yoki davlat organlarida vakillik qilish; -Mulk yoki mol-mulkni boshqarish. Bundan tashqari sudda vakillik qilish ham keng tarqalgan hisoblanadi. Chunonchi fuqarolar va yuridik shaxslar o’zlarining fuqarolik ishlarini sudlarda yoki o’zlari bevosita yurgizadilar. Lekin kasallik, kommandirovkada bo’lish, huquq normalaridan yetarlicha xabardor bo’lmaslik, muomala layoqatiga ega bo’lmaslik va shu kabi boshqa sabablar bilan davogar va javobgarlar sud ishini yuritishni boshqa shaxslarga yani vakilga topshirishlari mumkin. Shu sababli yuridik shaxslarning sud ishlarini yurutish o’z xabarlari yoki vakillari tomonidan yuritiladi. Shunday ekan vakillik yuqorida ko’rsatilgan shaxslar nomidan hamda ularning manfaatini ko’zlab sudda ish yuritish bilan bog’liq protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Sudda fuqarolik ishlarining vakil orqali yuritilishi fuqarolik protsessual huquq nazariyasida sud himoyasida bo’lgan huquqni ta’minlash usullaridan biridir. Kimlar qay tartibda va maqsadda sudda vakillik qilishi mumkinligini quyidagicha aniqlash mumkin: -Korxona, muassasa, tashkilot, jamoa xo'jaliklari va boshqa tashkilot rahbarlari shu muassasa ishlari bo'yicha; -Kasaba uyushmalarining vakillari kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa shaxslar ishlari bo'yicha; -Qonun, ustav yoki nizomda o'z a'zolarining huquq va manfaatlarini himoyalash huquqi berilgan tashkilotlarning vakillari; -Qonun ustavi yoki nizomda boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qiladiga tashkilotlar vakillari; -Advokatlar; -Taraflar saylagan sud shu ish bo'yicha vakillik qilishga ruxsat etgan shaxslar; -Ishtirokchilardan biri boshqa ishtirokchilarning topshirig'i bo'yicha vakil bo'la oladilar. Vakolatsiz vakillik vakil qilinmagan shaxs tomonidan boshqa bir shaxs nomidan tuzilgan yoki vakolatidan tashqari chiqib tuzilgan bitim vakolat bergan shaxs ushbu bitimni keyinchalik maqullaganda u uchun huquq va majburiyatlarini vujudga keltiradi, o’zgartiradi va bekor qiladi. Bitim tuzish uchun vakolat bergan shaxs uning ijroga qabul qilinganligidan guvohlik beruvchi harakatlar qilgan holda bitim maqullangan hisoblanadi. Undan tashqari tijorat vakilligi degan tushunchaham mavjud bo’lib tadbirkorlar shartnoma tuzayotganlarida ular nomidan mustaqil ravishda vakillik qiluvchi shaxs vakilning vakolatlari ko’rsatilgan yozma shartnoma orqali bunday vakolatlar ko’rsatilmaganda esa ishonchnoma asosida ish olib boradi. Shuningdek ko’pchilikning shaxsiy va boshqa huquqiy munosabatlarida duch keladigan ishonchnoma haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bir shaxs ya’ni ishonch bildiruvchi tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat hisoblanadi. Ishonchli vakil esa shu ishonchnomada berilgan vakolatlar asosida ish olib boradi. Yuridik shaxs nomidan esa yoki yuridik shaxsga ham ishonchnoma faqat yuridik shaxs ustaviga zid bo’lmagan bitimlarni t

Доказательный фрагмент

«Ishonchnoma va vakillik fuqarolik huquqining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib ular shaxslarning huquqiy munosabatlarida o’z manfaatlarini boshqalar orqali ifodalash imkonini beradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ishonchnoma va vakillik fuqarolik huquqining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib ular shaxslarning huquqiy munosabatlarida o’z manfaatlarini boshqalar orqali ifodalash imkonini beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishonchnoma, huquq, vakolatsiz, Koreya fuqarolik kodeksi, bitim, tijorat vakilligi., yuridik, Vakillik, vakil, sud, qonun, fuqarolik, ustav, tijorat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники