К содержанию
РецензированоUZ2025

MASALALARI Yuldosheva Sanam Turayevna Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi magistranti Umida Turayeva Shuxratovna

NEW RENAISSANCE · Yuldosheva Sanam Turayevna · Umida Turayeva Shuxratovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the main problems encountered in the translation of English economic texts into Uzbek. Specifically, it addresses issues related to terminology, nominal expressions, abbreviations, stylistic differences, and the translation of idiomatic expressions. Each issue is analyzed with clear examples, and the aspects that should be considered during the translation process are highlighted. The author emphasizes that a translator must not only have linguistic knowledge but also a sufficient understanding of the field of economics in order to translate economic texts accurately. The article may be useful for specialists working in economic translation and students studying translation theory. Keywords: economic texts, translation issues, terminology, abbreviations, stylistic differences, idiomatic expressions, English language, Uzbek language, translation theory. Yaqin tariximizda, ayniqsa XVIII va XIX asrlarda, jamiyatda yangi ijtimoiy va ilmiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davr, o‘ziga xos taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi va, albatta, aniq va tabiiy fanlar sohasidagi yutuqlar butun insoniyat tafakkurini yangi izlanishlarga olib keldi. 228 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Shu bilan birga, bu ilmiy yutuqlar ijtimoiy-gumanitar sohalarga, xususan, tilshunoslikka ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan, Charles Darvinning o‘simliklar olamiga oid kashfiyotlari tilshunoslikda genealogik tasniflashning rivojlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, kimyo fanidagi atom-molekular ta’limot tilning morfemalar asosida tashkil topishi haqidagi nazariyaning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. XIX asrda fizikadagi maydon nazariyasining rivojlanishi, tilshunoslikda ham “maydon” tushunchasining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bu nazariya tilni faqat grammatik tizim sifatida emas, balki semantik jihatdan o‘zaro bog‘liq elementlar tarmog‘i sifatida ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Maydon nazariyasining tilshunoslikda tatbiq etilishiga hissa qo‘shgan olimlar qatorida L. Vaysberger, V. Porsig, G. Ipsen, F. Dornseyf, V. Vartburg, A. A. Ufimtseva, N. I. Filichyeva, E. N. Karauov va G. S. Shchur kabi ilm-fan vakillari alohida e’tirofga sazovordir. Ularning ilmiy ishlarida, tilshunoslikda semantik maydonlar, makromaydonlar va mikromaydonlar kabi yangi tushunchalar shakllanib, keng qo‘llanila boshlandi. Bu izlanishlar maydon nazariyasining tilshunoslikka qanday tatbiq etilishini tushunishda muhim rol o‘ynadi1. Iqtisodiyotning rivojlanishi, ayniqsa soliq va bojxona sohalarining kengayishi, har bir sohaning o‘ziga xos leksik bazasining shakllanishiga olib keldi. Iqtisodiy sohalarda, shu jumladan soliq va bojxona sohalarida ham, o‘ziga xos semantik maydonlar yuzaga keldi, bu maydonlar har bir sohaning til birliklari va ularning o‘zaro aloqalarini yoritishda katta ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun, soliq va bojxona sohasining o‘ziga xos terminologiyasi, nafaqat har bir sohaning o‘ziga xos leksik vositalari, balki bu sohalar o‘rtasidagi semantik munosabatlarni tahlil qilish uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Til birligining har bir elementida sememalar, ya’ni ma’no bloklari mavjud. Bu sememalar, til birliklaridan tortib, murakkab matnlar darajasigacha o‘zining semantik ifodasini topadi. Tilning qatlamlari uch bosqichga ajratiladi va har bir qatlamda semantik aloqalar aniqlanadi. Bu aloqalar, tilshunoslikda semalarning asosida amalga oshirilgan tahlillar orqali o‘rganiladi. O‘zbek tilshunosligida semema shakllanishidagi ma’no bo‘laklari "sema" deb ataladi. Profesor Sh. Rahmatullaev sema va sememaning o‘zaro aloqasini quyidagicha tushuntiradi: “Bir turkum sememasi asosida boshqa bir turkum sememasi paydo bo‘lishi uchun, turkumlik semasi (obyekt, belgi, harakat kabi) bu sememalarning tarkibida til bosqichida birikkan bo‘lishi kerak. Agar bu bog‘lanish bo‘lmasa, bir turkum leksemasining 1 Щур Г.С. Теория поля в лингвистике. – М.: Наука, 1974. – С.19-21. 229 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 boshqa turkum leksemasi sifatida ishlatilishi holati yuzaga keladi va bu holatda yangi semema ham, yangi leksema ham shakllanmaydi”2. Shunday qilib, soliq va bojxona sohalariga xos leksik birliklar, ularning semantik maydonlari, hamda til birliklarining o‘zaro semantik aloqalarini chuqur tahlil qilish, sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini, tilning o‘zgaruvchan tabiati va rivojlanish jarayonlarini to‘liq tushunishga yordam beradi. Bu esa, ayniqsa, tarjima jarayonida, o‘zbek tiliga inglizcha matnlarni aniq va to‘g‘ri tarjima qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Sh. Rahmatullaev sema va sememaning o‘zaro munosabatini quyidagi tarzda talqin qiladi: "Bir turkum sememasi asosida boshqa bir turkum sememasi yuzaga kelishi uchun turkumlik semasi (obyekt, belgi, harakat kabi) bu sememalarning tarkibiga til bosqichida birikgan bo‘lishi kerak. Aks holda, bir turkum leksemasining boshqa bir turkum leksemasi kabi (o‘rnida) ishlatilishi hodisasi yuz beradi,

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the main problems encountered in the translation of English economic texts into Uzbek.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the main problems encountered in the translation of English economic texts into Uzbek. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
economic texts, translation issues, terminology, abbreviations, stylistic, terminologiya, stilistik farqlar, tarjima nazariyasi., iqtisodiy matnlar, iboraviy birliklar, qisqartmalar, tarjima muammolari, ingliz tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники