К содержанию
РецензированоUZ2022

Xiva hududi geologik va gidrogeologik sh aroitini seysmik xavf nuqtai nazaridan o‘rgani sh

to’g’risida”gi PQ--sonli Qarori

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2022

Аннотация

Maqolada Xivaning geologik va gidrogeologik sharoitlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan instrumental kuzatuvlar natijalari bo'lajak zilzilalar paytida mintaqa intensivligining o'sishini baholash uchun taqdim etilgan. Kalit so'zlar: zilzilalar, intensivlik. seysmik ta'sir, intensivlikning oshishi. geologik va gidrogeologik sharoitlar, seysmik xavf. Xorazm xududi Turon tektonik plitasining markaziy qismida joylashgan. Bu platforma geologik jihatdan yosh platformalar tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham xudud faol tektonik jarayonlar platformalari turkimiga kiradi. Tarixdan ma’lumki, Markaziy Osiyo planetamizning eng faol seysmik zonalaridan biri bo‘lib, bu yerda juda kuchli zilzilalar sodir bo‘ladi. Olimlarning ta’kidlashicha, Xorazm hududida ko‘p marta kuchli zilzilalar sodir bo‘lgan va bulardan ayrimlari qadimdan to 1975 yilgacha Sobiq Ittifoq hududida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar yangi katologiga kiritilgan (Ma’sul redaktor N.V Kondratev, 239 N.V.Shebalin, M. “Fan” nashriyoti,1977 y. 535 bet). Seysmik rayonlashtirish materiallariga asosan Xorazm hududi kuchli (aktiv) seysmik hududga (qo‘shni seysmik aktiv hududlar seysmik ta’siri xisobiga) kiritilgan. Ushbu maqolada Xiva xududi geologik va gidrogeologik sharoiti seysmik xavf nuqtai nazaridan muxandisona tahlili natijalari keltirilgan. Planetamizda sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatlarini o‘rganish natijalari zilzilalarning daxshatli talofat keltiruvchi samarasi (effekti) hudud grunt geologik va gidrogeologik sharoitiga bog‘liq bo‘lishini tasdiqladi (er osti suvlari sathi, asos grunti, namlik darajasi va h.k.) Xiva xududi relefi tekis joylashgan bo‘lib, bu hududda hech qanday balandlik yoki tog‘lar yo‘q(1-rasm). Hudud gruntlari tarkibi asosan barxan qumlari, supes, va suglinoklardan iborat[1]. 1-rasm. Xiva shahri(tumani)ning 3o‘lchamli xaritasi ko‘rinishi. Xududning asosiy qismini geologik va gidrogeologik jihatdan tuzilishi quyidagicha: suglinok (taxminan 3m. ): loy (5.0m.) : qum>10m; supes (2.5)m : loy (2.5): loysimon qum (2.0): qum >8.0m.; va nihoyat, qum. Asos grunt-muhitining fizik xarakteristikalardan biri bo‘lgan seysmik bikrlik gruntda seysmik bo‘ylama to‘lqinlar tarqalish tezligi V xamda to‘lqin tarqaluvchi grunt zichligi P ρ ko‘paytmasiga bog‘liq bo‘ladi. Muxandislik seysmologiya fanidan ma’lumki, akustik bikrligi katta bo‘lgan qatlam ustida yumshoq qatlam joylashgan bo‘lib, bu yumshoq qatlam bino yoki inshootlar asosini tashkil etadigan bo‘lsa, bino yoki inshootga seysmik ta’sir intensivligida orttirma vujudga keladi. Mazkur ishda seysmik intensivligi ortirmasi ∆I quyidagi formuladan aniqlandi: ∆I = 1.67 [lg(V ρ0 ) –lg(V ρ )]; o n n Bu yerda V seysmik to‘lqinlarning etalon gruntda tarqalish tezligi, V – seysmik o n to‘lqinlardan o‘rganilayotgan gruntda tarqalish tezligi, ρ0 - etalon grunt zichligi, ρn- o‘rganilayotgan grunt zichligi. Gidrogeologik sharoitning seysmik ta’sir intensivligiga bo‘ladigan ta’siri quyidagi (S.V.Medvedev formulasi) ifoda yordamida aniqlandi: e0,004h2 Seysmik ta’sir orttirmasi, bundan tashqari joyning relefiga, uning tektonik siniqqa nisbatan qanday joylashganligiga (yaqin yoki uzoq joylashganligi va sh.k.) ham bog‘liq bo‘ladi. Xiva xududi nisbatan tekis relefdan iborat bo‘lgani sababli bu omilni hisobga olmasak ham bo‘ladi. Shuning uchun mazkur maqolada, xudud uchun seysmik ta’sir orttirmasiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar sifatida geologik va gidrogeologik sharoitlar tahlil etilgan. Xiva xududi geologik va gidrogeologik sharoiti uchun seysmik ta’sir orttirmasini umumiy qiymati quyidagi ifoda yordamida baholandi[2,3]: I 1,67 lg(V )lg(V  )  e0,004h2 0 0 n n 240 Quyida soha mutaxassislari va olimlar tomonidan hududdagi geologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘rganish asosida kuzatuvlar natijalari grafik shaklida keltirildi. Kuzativ ishlari Xiva tumanining turli nuqtalarida olib borilgan bo‘lib, yilning sug‘orish mavsimidagi eng noqulay sharoit nazarda tutilgan va besh yillik o‘rtacha qiymat grafigi tuzilib umumlashtirilgan. Kuzatuv natijalari grafik shaklida quyida 2-4-rasmlarda keltirilgan. Скважина № 5 3 2,5 2,42 2,27 2 2,02 1,87 1,5 1,39 1 0,5 0 2004 2005 2006 2007 2008 2-rasm. Kuzatuv punkti Xiva 3-rasm. Kuzatuv punkti Xiva tumanining tumanida joylashgan. Xiva shahriga yaqin stansiyasida joylashgan. Grunt sharoiti: suglinok, qatlam Grunt sharoiti: to‘liq qumdan iborat. qalinligi 5,0m. 3-rasm. Kuzatuv punkti Xiva 4-rasm. Kuzatuv punkti Xiva shahri badiiy- tumani «Ogaxiy» sh/x hududida keramika zavodiga yaqin hududda joylashgan. joylashgan. Grunt sharoiti: qum qatlami >10,0m. Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, Xiva hududida yer osti suvlari sathi 5,15m. dan 0,56m.gacha diapazonda o‘zgaradi. Ko‘p yillik zilzila oqibatlarini o‘rganish natijasida prof.S.V.Medvedev quyidagi xulosaga kelgan va shu tadqiqotlar asosida yuqoridagi empirik ifoda taklif etilgan: yer osti suvlari sathi 10,0m. va undan chuqur joylashsa, bunda ularning joylashish chuqurligi zilzila intensivligiga ta’sir qilmaydi; yer osti suvlari sathi 10,0m.

Доказательный фрагмент

«Maqolada Xivaning geologik va gidrogeologik sharoitlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan instrumental kuzatuvlar natijalari bo'lajak zilzilalar paytida mintaqa intensivligining o'sishini baholash uchun taqdim etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Xivaning geologik va gidrogeologik sharoitlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan instrumental kuzatuvlar natijalari bo'lajak zilzilalar paytida mintaqa intensivligining o'sishini baholash uchun taqdim etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
zilzilalar, intensivlik. seysmik ta'sir, intensivlikning oshishi. geologik va, intensivlikning oshishi. geologik va gidrogeologik sharoitlar, Землетрясения, Earthquakes, seismic risk., интенсивность. Сейсмическое воздействие, сейсмическая опасность., intensity. Seismic impact, increasing intensity. Geological and hydrogeological conditions, seysmik xavf, увеличение интенсивности. Геологические и гидрогеологические условия
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники