Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
To’qimachilik korxonalari faoliyatida internet marketingdan foydalanishning ahamiyati va zarurati
И Ниёзова (Бухарский государственный университет)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2019
Аннотация
ushbu maqolada to’qimachilik korxonalari faoliyatida internet marketingning mazmun mohiyati nazariy ma’lumotlar asosida ochib berilgan hamda uning turlari Nazari va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Kalit so’zlar: internet marketing, internet marketing turlari, SEO, SEM, SMM, PPC, kontent marketing, e-mail marketing, raqamli platforma Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida mamlakatimizda to’qimachilik korxonalari o’z xizmatlari, mahsulotlari, ishlarini sotish va xarid qilish uchun internetdan foydalanmoqda. Bu shundan dalolatki, maqsadli iste’molchiga erishmoqchi bo'lgan va raqobatbardosh bo'lishni xohlaydigan korxona kuchli internet-marketing tizimiga ega bo'lishlari kerak. Shuni aytish joizki, keyingi yillarda barcha tarmoq va sohalarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va takomillashtirishga oid bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, 218 bu hujjatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga doir ko‘plab qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab qo’yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3832-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-6079- sonli qarorlari[1][2][3]ga asosan Respublikada raqamlashtirishni rivojlantirish, yaqin kelajakda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy avtomatlashtirilgan texnologiyalarini samarali joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarish bo’yicha amalga oshirilayotgan maqsad va vazifalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Hozirgi kunda odamlar biznes ochishni yoki mavjud biznesni yaxshilashni rejalashtirmoqchi bo'lsa, onlayn marketing agentligi xizmatlaridan foydalanishi juda foydali bo'lib qoldi. Internet marketing - (Internet marketing deb ham yuritiladi)bu mahsulot va xizmatlarni tadbiq qilish uchun Internet va kompyuterlar, mobil telefonlar va internetga ulanadigan boshqa raqamli texnologiyalardan foydalanadigan marketing tarkibiy qismidir. Uning 1990 va 2000- yillardagi rivojlanishi brendlar va korxonalarning marketing uchun texnologiyadan foydalanish usullarini oʻzgartirib yubordi. Raqamli platformalar marketing rejalari va kundalik hayotga tobora koʻproq kiritila boshlaganligi sababli[8] va odamlar jismoniy doʻkonlarga tashrif buyurish oʻrniga raqamli qurilmalardan tobora koʻproq foydalanishlari sababli,[5] [4] qidiruv tizimini optimallashtirish (SEO), qidiruv tizimi marketing (SEM), kontent marketing, influenzer marketing, kontentni avtomatlashtirish, kompaniya marketingi, maʼlumotlarga asoslangan marketing, elektron tijorat marketingi, ijtimoiy media marketingi (SMM), toʻgʻridan-toʻgʻri email marketingi, displey reklama qilish, elektron kitoblar va optik disklar, oʻyinlar kabi kombinatsiyalaridan foydalanish odatiy holga aylandi. 1-rasm. Internet va raqamli internetning rivojlanishi.[11] Umuman olganda, internet marketing faoliyatining takomillashtirilishi marketing tadqiqotchilari uchun bir qator qulayliklar va imkoniyatlarni keltirib chiqarmoqda.[9] Raqamli texnologiyalar yordamida yaratilgan noyob ma'lumotlar bazasi turli xil fotosuratlar, videolar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlar orqali tadqiqotchilar foydalanish imkoniyatiga ega bo’lyapti. Ushbu turdagi yangi ma'lumotlar manbalaridan tadqiqotchilar, mijozlar foydalanishlari mumkin. bevosita marketing qarorlarini qabul qilishda Durmuşog'lu va Barczaklar tomonidan olib borilgan tadqiqot bunga sifatli misol bo'la oladi, ularning so'zlariga ko'ra, bunday axborotlardan foydalanish AQSh va Kanada kabi mamlakatlardagi ma'lumotlar bazasi mahsulotga ijobiy ta'sir ko'rsatayotganligi aniqlangan. Internet marketing bo'yicha tadqiqotlar soni har yili ortib bormoqda. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilda 55% dunyo aholisi Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldi. 2023 yilda bir guruh olimlar tomonidan o'tkazilgan bibliometrik tadqiqot yordamida 1979 yildan 2020 yilgacha Scopus ma'lumotlar bazasiga kiritilgan 924 ta maqoladan foydalanilgan. Ma’lumotlarga ko'ra, internet marketing tahlili bo'yicha tadqiqotlar yildan-yilga ortib bormoqda va birgina 2019 yilda internet marketing tahliliga oid 163 ta maqola chop etildi. Ushbu tadqiqotlarda nafaqat raqamli marketingning o'ziga xos xususiyatlari, balki uning jarayondagi ishtiroki marketing tadqiqotlari muhokama qilingan. [6] 219 Internet-marketing keng qamrovli atama bo'lib, to’qimachilik korxonalari undan foydalanishda, turli xil faoliyat turlarini rivojlantirish va takomillashtirishga erishadilar. To’qimachilik korxonalari internet-marketingning turlari orqali qidiruv tizimini optimallashtirish, ya’ni (SEO) orqali yangi mijozlarni ko’paytirish va ularni o’ziniki qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar, kontent marketingda esa ijodiy qobiliyatni ishga solish, klik uchun to'lov (PPC) reklamasidan xizmatlar va mahsulot sotuvida foydalanganda o’z mahsuloti yoki xizmatining brend kuchiga ishonganlari uchun
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada to’qimachilik korxonalari faoliyatida internet marketingning mazmun mohiyati nazariy ma’lumotlar asosida ochib berilgan hamda uning turlari Nazari va amaliy jihatdan yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada to’qimachilik korxonalari faoliyatida internet marketingning mazmun mohiyati nazariy ma’lumotlar asosida ochib berilgan hamda uning turlari Nazari va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- SMM, Интернет-маркетинг, internet marketing, цифровая платформа., types of internet marketing, email marketing, digital platform, контент-маркетинг, SEO, SEM, internet marketing turlari, content marketing, e-mail marketing, email-маркетинг, kontent marketing, raqamli platforma, internet marketing, PPC, виды интернет-маркетинга
Смежные источники
Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
Научные исследования и инновации в индустрии 4.0.Н Талипова2022
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021