Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
позволяют детям носить легкую спортивную одежду даже в самое холодное время года и снижают заболеваемость простудными заболеваниями среди дошкольников. Ключевые слова: Школьники, туристические походы, физические упражнения,
Kushbakova S.E.
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Highly active activities, games and exercises during walks allow children to wear light sportswear even in the coldest time of the year and reduce the incidence of colds among preschoolers. Key words: Schoolchildren, hiking trips, physical exercises, outdoor games, physical education. Dolzarbligi. Bolalarninig sayrdagi harakat faoliyatini tashkil etishda sport o’yinlari va mashqlariga katta o’rin beriladi. Sayrlardagi sport o’yinlari va mashqlari quyidagi tarzda taqsimlangan. Sentyabr, may va iyun oylarida -velosiped uchish, badminton, stol tennis va gorodki o’yinlari; oktyabr, noyabr-arg’imchidan sakrash, koptok va obruch bilan mashqlar bajarish; dekabr-fevralda-rolikka yurish, yaxli yo’llaklardan sirpanish, qor o’yinlari, qorda konkisiz koptokli xokkey o’yini o’ynash. Ochiq havoda tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida bolalarni sport mashqlari va sport o’yinlari elementlariga o’rgatiladi. Bu ishni asosan tarbiyachi olib boradi. Lekin bolalarning sport mashqlarini bajarish malakalarini egallab va sport o’yinlari o’ynashni bilib olishlari uchun ularni doimo sayrlar vaqtida takrorlash va mustahkamlab borish kerak (ularni o’zlashtirib olishga doir konkret tavsiyalar har bir hafta uchun berilgan). Haftalik rejaning har birida mustahkamlash uchun sport o’yinlari va mashqlarining bir necha turi rejalashtirilgan. Ob-havo sharoiti, sport inventarining bor-yo’qligi, bolalarning u yoki bu sport o’yini va mashqlarni egallab olish darajasiga qarab, tarbiyachi rejada ko’rsatilgan sport turlarini hafta bo’yicha (ertalabki va kechki) hamma sayrlarga taqsimlaydi. Ayrim hollarda bolalar bir necha oyin turlarini mashq qilishlari mumkun. Masalan, ba’zi-birlari velosiped uchadilar, boshqalari stol tennis va badminton o’ynaydilar, keyin esa ular o’zaro o’rin almashadilar. 2 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Boshqa vaqtlarda sayrda sport o’yinlarinin faqat bir turi, masalan, gorodki o’yini rejalashtiradi. Bunda bolalar ushbu o’yinni faqat tarbiyachi ishtirokida o’ynashlari kerak. Dastlab tarbiyachi sport o’yinlari va mashqlarida ishtirok etishga jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida mashqni yetarlicha o’zlashtirmagan bolalarni jalb etadi. Keyinroq esa hamma bolalarining faol bo’lishiga harakat qilish kerak. Bolalar faqat sport o’yinlari elementini o’zlashtirib olishi emas, balki ularning asosiy qoidalarini, foydalanilayotgan sport anjomlarining qismlari nomini, ularni asrab-avaylab saqlashni bilishlari lozim. Oyin faoliyati, u qanday shaklda bo’lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi. Juda ko’p kutilmagan quvnoq holatlarni vujudga keltiradigan harakatli o’yinlar esa bolalarda ijobiy his-tuyg’ular uyg’otishda muxim rol o’ynaydi. Mana shu quvnoq hayajon mobaynida o’yinlarning juda katta tarbiyaviy kuchi yashiringan. Har qanday o’yin-u xoh ijoiy, xoh didaktik, xoh musiqiy, xoh harakatli o’yin bo’lmasin, baribir tevarak atrofidagi olamni bilish vositasi sifatida bolaning hayotiy o’ziga hos, mihim rol’ o’ynaydi. Katta guruhlarda mashg’ulotlar, o’yinlar va mashqlar. Sentyabr oyi uchun- Bolalarni badminton o’yinida volanni urib qaytarishga o’rgatish. Qiya narvon bo’ylab navbatlantiruvchi qadam bilan tirmashib chiqishni mashq qildirish. Badminton raketkani oldida ushlab turish, volanni raketka bilan imkon boricha ko’p marta urib-urib o’rganish. Sport o’yinlari va mashqlari. Velosiped uchish. Pedallarni bir maromda aylantirib, to’g’ri yo’ldan va katta aylana bo’ylab ikki g’ildirakli velosipedda uchish. Velosipedga mustaqil ravishda o’stirish, to’htash va velosipeddan tushish. Harakatli o’yinlar va mashqlar. “Kim tezroq qadm qo’yadi?” o’yini. Bolalar yerda yotgan taxtalar yoniga keladilar va turgan joydan ikki oyoqlab depsinib, taxtadan sakrab o’tadilar, orqaga aylanadilar va yana sakraydilar (12-15 marta). So’ngra dastlab 90 C, keyin 180 C burilib taxtadan sakrab o’tadilar (10-12 marta). Oktyabr oyi uchun- Bolalarni koptokni oyoqlari bilan bir-birlariga oshirishga o’rgatish; arg’amchidan sakrashni mashq qilish. Qo’l harakatlariga mo’ljallangan topshiriqlarni bajarib yurish. Sekin yugurish, yugurish vaqtida bolalar keng qadam tashlab yuguradilar. Yurish. Bolalar ikki kishidan bo’lib taqsimlanadilar, qo’’lariga koptok olib, uni 2-3 m masofadan oyoqlari bilan bir-birlariga dumalatadilar. Koptok sherigining oyog’i yoniga yuboriladi u esa oyoq harakatlari bilan uni to’xtatadi (har bir oyoq bilan 10-15 martadan). Sport o’yinlari va mashqlar. “Kegliga tekkiz” o’yini. Bolalar keglilaridan 2 m masofa ikki kolonnaga saf tortib turadilar. Ular navbatma-navbat to’pni kegliga tekkizishga harakat qilb, dumalatadilar. Arg’amchidan sakrash. Avvalgi mashg’ulotlardagidek o’tkaziladi. Harakatli o’yinlar va mashqlar. To’siq polosasidan o’tish. Bolalar to’rt oyoqlab bir- birlarining ketidan o’rindiqdan emaklab boradilar, obruchlarning biridan o’tadilar va navbatdagi o’rindiqqa yuguradilar (2-3 marta) Noyabr oyi uchun. Bolalarni sherigining qo
Доказательный фрагмент
«Highly active activities, games and exercises during walks allow children to wear light sportswear even in the coldest time of the year and reduce the incidence of colds among preschoolers.»
Образец извлечения
Демо-превьюHighly active activities, games and exercises during walks allow children to wear light sportswear even in the coldest time of the year and reduce the incidence of colds among preschoolers. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Schoolchildren, hiking trips, physical exercises, outdoor games, physical, jismoniy tarbiya., harakatli o’yinlar, Maktab o’quvchilari, jismoniy mashqlar, turistik sayr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024