Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OID QISMINI IJRO QILISHDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich O‘zbekistan Respublikasi Xuquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti.
ULARNING YECHIMLARI · Beshimov G‘ulomjon Raxmatullaevich
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail. In particular, a number of problems and their solutions encountered in the practice of court decisions on criminal cases, a number of problems and their solutions that arise in the process of full implementation of court decisions in property collection were considered. Also, the need to protect the rights and interests of the victims and to comply with the legal requirements of the property owners was highlighted. Key words: Criminal cases, investigation, preliminary investigation, procedural actions, executive body, investigative bodies, deposit, state bailiff, decision, immunity, legal basis, criminal procedure, compensation, property. Kirish. Davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish murakkab jarayon ekani barchamizga ma’lum. Mulkiy undiruvlarga oid ijro hujjatlari talabini bajarish maqsadida qarzdorning mol-mulkini aniqlash, ularga qidiruv e’lon qilish, xatlash va realizastiya qilish orqali uni naqd pul holatiga keltirish uchun muayyan vaqt va prostessual harakatlari talab 458 Fevral, 2025-Yil etiladi. Biroq, ba’zi hollarda ijro jarayoniga qadar undirib, vaqtinchalik surishtiruv va tergov organlarining depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari ham qonunda belgilangan muddatlarda realizastiya qilinmay qolinayotgani kuzatiladi. Xususan, Qonunning 486-moddasida undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘lariga qaratish xususiyatlari belgilab berilgan. Mazkur tartibga ko‘ra, surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qo‘yilgan, shu jumladan fuqaroviy javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘lar sifatida olib qo‘yilgan, shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablag‘lari sud tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori talablarini ijro etishga qaratilishi kerak. Ish yuritishida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘larini uch kunlik muddat ichida Byuro organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha turgan pul mablag‘larini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik taqsimlash uchun Byuro organining depozit hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shartligi qonun bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Biroq, amaliyot qonunning ushbu talabi to‘laqonli ishlamayotganligi, aniqroq aytadigan bo‘lsak, aksariyat holatlarda surishtiruv va tergov organlar tomonidan surishtiruv va dastlabki tergov davomida olib qo‘yilib, ushbu organlarning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan naqd pul mablag‘larini davlat ijrochilari tomonidan realizastiya qilish (egasiga qaytarish yohud undiruvni ushbu mablag‘larga qaratish)da belgilangan muddatlar buzilayotganini ko‘rsatmoqda. Ya’ni, davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilganidan keyin ushbu organlarning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan naqd pul mablag‘larini Byuroning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish bo‘yicha berilgan talabnomalar belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmasligi kuzatilmoqda. Davlat ijrochisiga ushbu holatda pul mablag‘lari mazkur organlarning hisobvaraqlaridan inkasso topshiriqnomasi orqali olib qo‘yish vakolati berilgan bo‘lsada, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va nazorat funksiyalariga ko‘ra 459 Fevral, 2025-Yil (masalan, prokuratura organlari tomonidan Byuro organlarining nazorat qilinishi) davlat ijrochisi amalda ushbu vakolatdan umuman foydalanmaydi. Adabiyotlar tahlili va muhokama. Ijro ishini yuritishga oid qonun hujjatlari asosan imperativ normalar bo‘lib, bu jarayonda sud yoki boshqa vakolatli organ qarori muhokama qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shunday bo‘lsada, davlat bir butun mexanizm bo‘lib, asosiy funksiyasi fuqarolarining huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Davlat va uning organlarini men inson tanasiga qiyoslagan bo‘lar edim. Huddi inson tanasining har bir organi yagona umumiy maqsadda harakat qilganidek, davlatning ham har bir organi asosiy maqsadga erishish, fuqarolarga farovon hayotni ta’minlash yo‘lida xizmat qilishi kerak. Davlatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi birinchi navbatda fuqarolarning minimal yashash sharoitini kafolatlashi, ularni to‘lovlarga qobilligi haqida g‘amxo‘rlik qilishiga ham bog‘liqdir. Chunki, har qanday mamlakatda ham fuqarolarning moliyaviy holati iqtisodiy munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. A
Доказательный фрагмент
«In this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, issues related to property recovery of court decisions in criminal cases are analyzed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Criminal cases, investigation, preliminary investigation, procedural actions, kompensatsiya, jinoyat-protsessual, tergov organlari, huquqiy asos, ijro organi, mulk., surishtiruv, Jinoyat ishlari, dastlabki tergov, depozit, daxlsizlik, prostessual harakatlar, qaror, davlat ijrochisi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024