К содержанию
РецензированоUZ2025

G’aniboyeva D Boshlang’ich ta’lim III-kurs talabasi

KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI · Xasanova M.T · G’aniboyeva D (TMS institute)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Today, the process of education and upbringing cosists of preparing the rising young generation for life based on a social order that reflects the demands of society Keywords: education, training, tradition, manners, wordview, values, skills, formation, development. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yеchish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich ta‘limda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatni ro‘yobga chiqarish, ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot - kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash va yanada takomillashtirish ko‘zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun ham boshlang‘ich ta‘limning asosiy maqsadiga erishish, ya‘ni bolada o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirish, o‘qish savodxonligi tarkib toptirish, bolalarni turli ma‘lumotlar bilan ishlashga o‘rgatish, asosiy matematik amallarni puxta bilishlariga va kundalik hayotda qo‘llay olishlariga erishish, ularda mantiqiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ularni yozma va og‘zaki muloqot me’yorlarini egallashga hamda o‘z-o‘zini boshqarish va tuta bilishga o‘rgatish uchun boshlang‘ich sinflarda sifatli ta’lim faoliyatni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish lozim. 51 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy salohiyati va ma’lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim metodikasini bilishi boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega [56]. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, sifat-samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an‘anaviy ta‘limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Barcha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta‘lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Zamonaviy sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishi, o‘z ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o‘zlashtirishga intilishi, o‘quv axborotlarini o‘quvchilarga qiziqarli tarzda yеtkazib berish uchun mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda . Binobarin, global axborotlashuv ijtimoiy subektlar, xususan, talabalar tomonidan ham istalgan ma’lumotni ixtiyoriy ravishda o‘zi uchun qulay sharoit va turli axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o‘zlashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday holatda ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati nihoyatda keng bo‘lsada, biroq shaxs tomonidan bu tahlitda o‘zlashtirilgan axborotlarning barchasi ham bilim sifatida namoyon bo‘lmaydi. Foydalangan adabiyotlar: 1. Avliyaqulov N.X., N.N.Musaeva Pedagogik texnologiya.:”Tafakkur bo‘stoni”.:2012- y.17-19-b. 2. Aripdjanova A.R.Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari pedagoglarning krerativ salohiyatini rivojlantirish. 3. Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi.-Toshkent.:Sharq,2000-y.64-65b 4. Barkamol avlod orzusi//Tuzuvchilar: Sh.E.Qurbonov, N.Saidov, R.Ahliddinov. To‘ldirilgan 2-nashri.-Toshkent:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.2000.-248-b. 52

Доказательный фрагмент

«Today, the process of education and upbringing cosists of preparing the rising young generation for life based on a social order that reflects the demands of society Keywords: education, training, tradition, manners,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Today, the process of education and upbringing cosists of preparing the rising young generation for life based on a social order that reflects the demands of society Keywords: education, training, tradition, manners,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, training, tradition, manners, wordview, values, skills, formation, tarbiya, shakllantirish, takomillashtirish., rivojlantirish, dunyoqarash, urf-odat, koʻnikma, taʻlim, qadriyat, odob
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники