Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ключевые слова: будущий учитель, начальная школа, базовые компетенции, эффективность образования, педагогическая деятельность, современные образовательные технологии.
NEW RENAISSANCE · Nosirova Dilfuza · Ikromboyeva Dilnoza Iskandar qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article discusses the issues of developing key competencies to enhance the effectiveness of future primary school teachers' activities. Key competencies are essential for teachers to succeed in their pedagogical work. The article explores methods for developing key competencies, modern educational technologies, and their impact on teachers' professional growth. Keywords: future teacher, primary school, basic competencies, educational effectiveness, pedagogical activity, modern educational technologies. 320 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Mamlakatimizda ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida 6 ta tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetensiyalar belgilandi. “O’qituvchi o‘z bilim malakasini oshirish usullarini puxta egallamog‘i, mustaqil ishlashini o‘rganmog‘i lozim” – degan edi A. Jomiy. Mamlakatimizda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta’lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi oliy ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ2909-sonli, 2017 yil 29 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli qarorlari, 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF5313- sonli Farmoni va boshqa ushbu sohaga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining o‘rni alohida hisoblanadi. Chunki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi maktabga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchilarning savodini chiqarishda, ularni shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur kompetensiyalarni boshlang‘ich sinflardan boshlab shakllantirish bugungi kunning asosiy talabi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib oddiy savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish, orasta kiyinish, o‘quvchilarning olgan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olish, o‘z-o‘zini boshqarish, jamoada o‘zini tutish, so‘z boyligini shakllantirish, yurish-turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishning dastlabki ko‘nikmalari shakllantiriladi. Kompetensiya (lot. compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – 1) muay-yan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. O’qituvchining kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar, ularning ulug‘lanishi Sharq mutafakkirlari Ismoil al-Buxoriy, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniylarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Oliy ta’lim 321 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 muassasalarida o‘qituvchilarni tayyorlash muammolari respublikamiz va chet ellik mutaxassislar tomonidan bir qator adabiyotlarda yoritilgan. Oliy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini shakllantirish, o‘z-o‘zini boshqarish asosida o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish va kasbiy shakllanganlikni tashxislash masalalari M.A.Abdullajonova, O.A.Abdulina, A.A.Akbarov, X.A.Abduraxmanova, S.V.Safonovalarning tadqiqotlarida o‘rganilgan. O’qituvchining kasbiy mahoratini tadqiq qilgan pedagog olimlar H.Abdukarimov, N.Azizxo‘jayeva, A.Aliyev, Yu.A.Axrorov, A.A.Verbitskiy, R.H.Jo‘rayev, B.R.Jo‘rayeva, J.G’. Yo‘ldoshev, S.M.Markova, G.M.Maxmutova, L.M.Mitina, A.G.Morozov, U.N.Nishonaliyev, M.Ochilov, B.Raximov, N.Saidahmedov, V.A.Slastyonin, O’.Tolipov, A.R.Xodjaboyev, A.A.Xoliqov, N.Shodiyev, O.Haydarova, A.A.Hamidov, F.R.Yuzlikayevlarning ishlarida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahorati, ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari, talabalarning dunyoqarashlari, kasbiy va muloqot madaniyatini rivojlantirish yo‘llari va usullari, shuningdek, o‘qituvchilarni kasbiy tarbiyalash va tayyorlash muammolari tadqiq etilgan. O’qituvchi shaxsini kasbiy tarbiyalashning psixologik va psixofiziologik jihatlari A.A.Bodalev, Ye.M.Ivanova, E.G’oziyev, M.G.Davletshin va boshqalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. O’qituvchin
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issues of developing key competencies to enhance the effectiveness of future primary school teachers' activities.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issues of developing key competencies to enhance the effectiveness of future primary school teachers' activities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- future teacher, primary school, basic competencies, educational, pedagogik faoliyat, bo'lajak o'qituvchi, ta'lim samaradorligi, zamonaviy ta'lim texnologiyalari., boshlang‘ich sinf, tayanch kompetensiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026