К содержанию
РецензированоUZ2017

O‘zbek etnomadaniy sinkretikligida etnogumanizmning namoyon bo‘lishi

NAMOYON BO‘LISHI · Yuldashev Izzat Ikramovich

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek etnomadaniyatida etnogumanizmning ahamiyati, voqe bo‘lishi, xalqchilligi va ijtimoiy-ma’naviy roli ochib berilgan bo‘lib, bunda etnomadaniy jarayonlar uyg‘unlashuvi orqali, etnogumanizmning sinkretik tarzda namoyon bo‘lishi asoslab berilgan. Kalit so‘zlari: etnomadaniyat, sinkretizm, etnogumanizm, tarbiyaviylik, axloqiylik, estetiklik. Butun insoniyatning umuminsoniy birlik g‘oyasi tubida, uning tarixiy-madaniy o‘zagida etnosga xos insoniylik, ya’ni etnogumanizm yotadi. Etnogumanizm etnos hayotining barcha jabhalarida sinkretik tarzda namoyon bo‘lib kelgani uchun ham, u etnomadaniy hayotdagi jamoaviy-kommunikativ birlikning eng muhim ustunidir. Etnogumanizm – bu etnos hayotida aks etgan tenglik, tolerantlik, xurfikrlilik, erkinlik, hamjihatlik va mehr-oqibatni ham o‘z ichiga olgan tushunchadir. Etnos o‘z etnogumanizmi orqali, etnomadaniyat markazida turgan insonning ijtimoiy-hayotiy, axloqiy, estetik va tarbiyaviy muammolarini doim olib chiqqan. Etnomadaniyatga mansub inson o‘zidan boshqa madanyatga mansub insonlarga etnogumanistik tarzda munosabat bildirishi – bu tabiiy hol. Tadqiqotchi O.Nishonova esa: “Etnomadaniyatda etnosning mangu, umrboqiy qadriyatlari, an’analari, artefaktlari mujassam. Etnos mazkur qadriyatlari, an’analari, artefaktlari orqali o‘zini ham umrboqiy etnik birlik sifatida sezadi, idrok etadi. Yangi avlodlar madaniyatning ustki qatlami ta’siriga qancha berilmasin, etnos o‘zining umrboqiy, mangu qadriyatlari, an’analari, artefaktlaridan voz kechmaydi, balki mudom ularni asrashga, rivojlantirishga intiladi” – deya ta’kidlagan [9.133.]. Etnos o‘zining artefaktlarini etnogumanistik g‘oyalar bilan to‘yintirib kelgan. Etnos tomonidan artefaktlar qabul qilinishi, singdirilishi uchun, birinchi galda, ular etnogumanizmni aks ettirishi talab etiladi. Ushbu talab bajarilsagina etnos artefaktlarni o‘ziga singdiradi. Zero, etnosning ma’naviy-ruhiy olamiga kirmagan, etnopsixologik sintez amaliyotida muvofiqlashmagan artefakt etnomadaniyatda joy ololmaydi [3.444-446.]. 541 Tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov: “Odamlarda turli birlashmalar, uyushmalar, kishilar guruhlarida birgalikda yashash ko‘nikmasi mavjud. Bu ularning insoniylik darajasini belgilaydi” – deya ta’kidlagan edi [6.101.]. Etnos o‘z tarkibidagi insonlar birligi, jamoaviyligi asosida, u etnoartefaktlarni ruhiy va madaniy tarzda gumanizatsiyani o‘ziga singdirib boradi. Etnogumanizm o‘zidagi ezgulik, tenglik, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi g‘oya va qarashlar birligini (sinkretikligini) etnos uchun ideallik sifatida ko‘tarib chiqishga harakat qilgan. Lekin bunday g‘oya va qarashlar biriligi faqat bitta etnos ijodi mahsuli bo‘lib emas, balki ular turli etnoslarning bir-biriga integratsiyasi sifatida yuzaga keladi. Chunonchi, biror-bir etnos o‘zining folklori, etnolingvomadaniyati, etnosan’ati va turli etnoartefaktlarini boshqa etnoslarga ulashish, bo‘lishib borish orqali etnomadaniyatlar integratsiyasi ro‘y berib boraveradi. O‘zbek xalq madaniyati bilan boshqa qardosh xalqlar etnomadaniyatlari integratsiyasi ayni shu yo‘sinda amalga oshgani o‘laroq, bunda, axloqiy-estetik, badiiy-tarbiyaviy ideallar ham namoyon bo‘lib kelgan. Demak, etnoslarning etnomadaniy integratsiyasi orqali, etnik jamoalarning insoniylashuv (gumanizatsiya) jarayonlari ta’minlanadi. O‘zbek etnosan’atiga o‘zbeklar bilan turli xalq va elatlarning badiiy-estetik jarayonlari, g‘oyalari, badiiy obraz va ideallari muttasil tarzda bir- biriga ta’sir etib kelgan [9.75-80.]. Bunda, etnoslarning etnolingvomadaniy sinkretikligi va integratsiyasi ham g‘oyatda muhim rol o‘ynagan. Ye. Makarova ta’biricha, etnomadaniy muhitdagi til orqali xalqning butun bilimlari, tajribalari, uning axloqiy, ijtimoiy-estetik, badiiy va tarbiyaviy ideallari yaxlit tarzda aks ettirilgan [7.42.]. Xalqchillik holatiga ko‘ra, etnosning insoniylashuvi tomon harakat tendensiyalari hayotiy reallik kayfiyati, ruhiyati sifatida aks etiladi. Etnos o‘z hayotidagi murakkab, qaltis masalalarni hal qilish yo‘llarini etnogumanistik asosda izlab kelgan. Ba’zida o‘zbek etnomadaniyatida xalqchillik etnos orzu-umidlari bilan uyg‘unlashtirilgan holda, etnik jamoaning dilidagi haqqoniylik, tenglik, mehr-muhabbat va mehr-oqibat haqidagi qarashlari yaxlitligini ham ifodalaydi. Etnomadaniy muhitga mansub bo‘lgan inson san’atni xuddi mana shunday xalqchil tarzda tushunib, yangilab, ijro etib kelgan. Etnomadaniyatda xalqchillik aks etmasa, etnogumanizm etnosan’at bilan birga yaxlit tarzda bo‘lolmaydi. San’atshunoslar tadqiqoticha, boy yoki amaldor bilan kambag‘al insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni, etnosga qaratilgan zulm va erksizlikni, insonlarning bir-birini mensimasligini, reallikdagi noinsoniy xatti-harakatlarni etnosan’atkorlar ochib berishgan [10.24- 27; 11.65.]. Insonlar o‘zlarining hayotidagi qiyinchiligi, o‘tmishi, an’anaviy xotirasi, orzu- umidlari va mehnatini badiiy timsollar uyg‘unligida saqlab qoladi. Etnosning orzu-istaklari, irodali-zahmatli tarzda o‘tkazgan kechinmalari,

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek etnomadaniyatida etnogumanizmning ahamiyati, voqe bo‘lishi, xalqchilligi va ijtimoiy-ma’naviy roli ochib berilgan bo‘lib, bunda etnomadaniy jarayonlar uyg‘unlashuvi orqali, etnogumanizmning sinkr…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek etnomadaniyatida etnogumanizmning ahamiyati, voqe bo‘lishi, xalqchilligi va ijtimoiy-ma’naviy roli ochib berilgan bo‘lib, bunda etnomadaniy jarayonlar uyg‘unlashuvi orqali, etnogumanizmning sinkr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
etnogumanizm, axloqiylik, синкретизм, tarbiyaviylik, morality, этнокультура, ethnohumanism, этногуманизм, education, aesthetics, estetiklik., образование, ethnoculture, эстетика, etnomadaniyat, syncretism, sinkretizm, мораль
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники