Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
Menejerlarning xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsatish shakllari
. Хосильмуродов И. · Султоналиева Г. Тафаккур услубининг фалсафий-методологик · . Spanov M. · Xosilmurodov I. YANGILANAYOTGAN O ‘ZBEKISTONDA
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2022
Аннотация
Menejer har qanday sharoitda o‘z xodimlariga ta’sir o‘tkazishning eng ta’sirli shakllarini topa olishi va qo‘llay bilishi kerak. Ta’sir o‘tkazish darajasi kishilarning mayl va extiyojlaridan foydalanishga asoslangan taqdirdagina eng yaxshi samara beradi. Shunda menejerning buyruq va farmoyishlari, topshiriqlari kutilmagan natijani beradi. Kalit so‘zlar; menejer,oliy ta’lim, psixologik ta’sir,ma’naviy manfaatdorlik. 539 So‘nggi yillarda oliy ta’lim, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash va o‘rta maxsus professional ta’limi boshqarmalari xodimlarining butun turmush tarzida katta o‘zgarishlar bo‘lganligini hisobga olish lozim. Bilim va malaka saviyasi oshdi, ehtiyoj va mayllar jiddiy o‘zgardi. Xodimlarning ayrim professional guruhlari mayllarining belgilarini e’tiborga olish kerak. Bu esa menejerga har bir aniq holda kishiga yoki xodimlar guruhiga qanday qilib, qanday ehtiyojlar orqali yaxshiroq ta’sir o‘tkazishni to‘g‘ri hal etishga yordam beradi. Xuddi mana shu yerda menejer: «Bu odamning muddaosi nima»? – degan savolga javob topish uchun, o‘z xodimining shaxsini o‘rganish jarayonida uning nimani ko‘proq qadrlashi to‘g‘risida to‘plagan ma’lumotlari foydalidir. Xodimga ta’sir o‘tkazish tadbirlari sirasida ma’naviy va ijtimoiy manfaatdorlik muhim o‘rin egallaydi. Bugun respublikamiz tuman va shaharlarida, mexnat jamoalari va qishloqlarda moddiy ma’murchilik uchun jiddiy harakat bo‘layotgan hozirgi vaqtda bu kabi tadbirlarning ahamiyati ortib bormoqda. Har bir kishi mamlakatning xo‘jayini ekanligi, hamma narsa insonlar manfaati uchun xizmat qilishini anglashi kishilarni mustaqil Vatanimiz farovonligi yo‘lida yaxshiroq mehnat qilishga, xalq boyliklaridan tejab-tergab foydalanishga undaydi. Shuning uchun menejer ishni shunday tashkil qilishi kerakki, toki xalq ta’limi, fan, madaniyat, korxona va tashkilotlar hamda sog‘liqni saqlash xodimlari o‘z mehnatining butun mamlakatni rivojlantirish vaxalq farovonligini o‘stirishdagi ma’naviy-ijtimoiy ahamiyatini his etsin. Xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimining menejerlik amaliyotida ma’naviy rag‘batlantirishning turli ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Bunga xodimning xizmati, o‘z mehnati natijalaridan shaxsiy mamnunlik, ijod quvonchi, o‘z mehnatidan ham, uning natijalaridan ham ma’naviy zavqlanishi, bilishga intshshsh, ishdagi o‘rtoqlari va menejer bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, hurmat va ehtirom, musobaqada g‘olib chiqish va ijtimoiy rag‘batlantirish kiradi. Shu o‘rinda katta hayotiy va menejerlik tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Qahramoni, yurtparvar vafidoyi inson Murodulla Saidovning quyidagi hayotiy mulohazalarini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir: «... Yosh menejerlarga shuni ta’kidlamoqchimanki, kattami-kichikmi, har qanday jamoada ish boshladingizmi, avvalo, kishilarning moddiy ahvoli, ehtiyoji bilan qiziqing. Insoniyag paydo bo‘libdiki, hali zug‘umu qo‘pollik bilan biror-bir menejer yutuqqa erisha olmagan. Har qanday jamiyatda ham jamoaning moddiy manfaatdorligini oshira olmadingizmi, bilingki, ishingiz yurishmaydi. Obro‘ ortgira olmaysiz. Yaxshisi, o‘z xohishingiz bilan vazifangizni o‘zgartiring». Yoki «... Menejerning maqsadi qaysi yo‘l bilan bo‘lmasin rejani bajarish, soxta obro‘ olish bo‘lmasligi kerak. Axir, har qanday rejani amalga oshirish orqasida xalqning manfaati turibdi-ku! Xalqning kosasi oqarmasa, menejerning soxta obro‘si tezda barham topadi. Menejer qo‘l ostidagi odamlarning haqini esa, halolini harom qilsa, noto‘g‘ri yo‘llardan yursa, bilingki, xalqning shashti pasayadi, ishonchi so‘nadi, oxir-oqibat o‘z menejeridan ranjiydi, hafsalasi pir bo‘ladi». Shuningdek, «Menejer o‘z jamoasi oldida har qancha shohona so‘zlamasin, odamlar uning so‘zi o‘z xatti-harakatlariga to‘g‘ri keladimi- yo‘qmi, o‘z tarozilari bilan o‘lchaydilar. Xatti-harakatlari, amali gapiga to‘g‘ri kelsagina jamoa oldida bunday menejerning obro‘si baland bo‘ladi va unga ergashadilar...». «...Menejerning o‘zi qonunni mensimasa, atrofdagilar ham unga monand bo‘lishga harakat qiladilar. Bunday menejer kelgusidao‘zi ishlayotgan joyda, albatta, notinchligu tartibsizliklarni keltirib chiqaradi». Garchi bu donishmandona fikrlar qishloq va xalq xo‘jaligi sohasidagi menejerlar hayoti- faoliyatiga taalluqli bo‘lsa-da, hech shubhasiz, xar qanday ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining menejerlik soxasiga ham foydalidir. Chunki bu fikrlarni menejerlik faoliyatining nechog‘lik o‘xshashlik tomonlari borligida ko‘rish mumkin. Shunday qilib, ta’lim tizimi menejerlari ma’naviy rag‘batlantirishning yangi texnologiyasini takomillashtirishda faol 540 ishtirok etishlari kerak. Hozirgi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarning menejerlari bugungi kunda moddiy rag‘batlantirishning eng qulay ta’sirli shakllarini tanlash uchun katta imkoniyatga egadirlar.
Доказательный фрагмент
«Menejer har qanday sharoitda o‘z xodimlariga ta’sir o‘tkazishning eng ta’sirli shakllarini topa olishi va qo‘llay bilishi kerak.»
Образец извлечения
Демо-превьюMenejer har qanday sharoitda o‘z xodimlariga ta’sir o‘tkazishning eng ta’sirli shakllarini topa olishi va qo‘llay bilishi kerak. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- менеджер, higher education, ma’naviy manfaatdorlik, психологическое влияние, menejer, manager, oliy ta’lim, spiritual interest, psixologik ta’sir, psychological influence, высшее образование, духовный интерес
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021