К содержанию
РецензированоRU2023

5-6 sinf ona tili ta’limida o‘quv topsрiriqlarini tavsifi va tasnifiga doir metodik yondashuvlar

Рано Холикова (Ташкентский университет прикладных наук)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023

Аннотация

maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-6- sinf ona tili darslari misolida o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o‘quv topshiriqlariga namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: o‘quv topshiriqlari, pragmatika, pragmatik yondashuv, bilim, ko‘nikma va malaka, hayotiy ko‘nikmalar, savol, mashq, topshiriq, takomillashtirish Mamlakatimizda xalq ta’limi sohasini modernizasiyalash moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali yosh avlod dunyoqarashini shakllantirishning innovasion usullarini joriy etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “umumiy ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish [2] muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish” [3] kabi ustuvor vazifalar belgilangan bo‘lib, bu borada umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat talablari va o‘quvchilarining tayanch kompetensiyalarini shakllantirishda uzviylikni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda so‘nggi yillarda ona tili darslarida kreativ fikrlaydigan, ona tili o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarining lingvodidaktik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda ravon ifodalay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan barkamol shaxsni kamol toptirish, ona tili ta’lim mazmunining bosh maqsadi sifatida belgilangani, 5-6 sinf o‘quvchilarining ona tili darslari asosida lingvodidaktik kompetensiyalarini metodik rivojlantirishning me’yoriy asoslari yaratilgan. Bugungi kunda mustaqil, kreativ fikrlash yoshlar tarbiyasining negizi sifatida mamlakatimizdagi qonun va farmonlar mazmunida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmonida “...o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish” [4;1-b] vazifalari darslarda ona tili ta’lim mazmuni 5-6 sinf o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga, ularni shaxs sifatida shakllantirishga, hayotiy faoliyatida ta’limiy-tarbiyaviy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yondashib, ongli ravishda faol ishtirokini ta’minlashga asos bo‘ladi. Respublikamizda xalq ta’lim tizimida ona tili ta’lim mazmunini keng joriy etish, yangi Renesans sharotida 5-6 sinf o‘quvchilarining-kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 5-6 sinf o‘quvchilarining ona tili ta’lim mazmunini metodik jihatdan lingvodidaktik kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan, dars jarayonida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni takomillashishiga olib kelish ko‘zda tutilmoqda. Ona tili ta’lim mazmunini o‘rganishga qo‘yilgan aniq malaka talablari asosida (tinglab tushunish), (gapirish), (o‘qish) va 535 (yozish) ko‘nikmalari metodik imkoniyatlarini yanada kengaytirish zarurligini ko‘rsatip umumiy orta ta’lim sharotida Ona tili fanlarini metodik jihatiga, darslarining metodik kompetentligini pedagogik tizimi va texnologik modelini ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishning, pedagogik shart-sharoitlarini rivojlantirishni taqozo etadi. Ona tili ta’lim mazmunida o‘quv topshiriqlari muhim ahamiyat kasb еtadi, shu sababli mazkur jihatga metodikaga doir tadqiqotlar olib borilganda alohida е’tibor qaratilishi lozim. Bu borada dunyo olimlari jiddiy tadqiqotlarni olib borgan, jumladan, Markaziy Osiyoda ham mazkur mavzu atroflicha o‘rganilgan. O‘zbekistonda ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarining turlari va vazifalarini aniqlash masalasi I.Allayorov, O.Rozikov, R.Ibragimov, B.Adizov, M.H.Mahmudov I.E.Davronovlar tomonidan ta’lim oluvchining o‘quv-biluv faoliyatini rivojlantirish, o‘quv topshiriqlari orqali o‘quvchi faolligi oshirish muammolari ham o‘rganilgan. Rus pedagoglari A.N.Leontev, J. A. Ponomarev, S.L.Rubenshteyn, avstraliyalik olim Jak Richards ingliz tilining ona tili va ikkinchi til sifatida o‘qitilishida o‘quv topshiriqlarini tadqiq qilgan. Uning o‘quv topshiriqlari tavsifi va tasnifiga doir yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalaniladi. E. Davronov maqolasida taniqli psixologlar va didaktika nuqtai-nazaridan “topshiriq” tushunchasining mohiyati ochib berilgan, ona tili darslariga nisbatan mashq va topshiriqning vazifalari bayon etilgan. Olim topshiriqlarga ham maqsad, ham vosita sifatida qaraydi. D

Доказательный фрагмент

«maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
жизненные навыки, образовательные задачи, pragmatic approach, упражнение, o‘quv topshiriqlari, improvement, exercise, hayotiy ko‘nikmalar, knowledge, educational tasks, вопрос, прагматический подход, улучшение, question, takomillashtirish, life skills, mashq, topshiriq, ko‘nikma va malaka, pragmatik yondashuv, pragmatics, skills and qualification, savol, прагматика, assignment, знания, bilim, pragmatika, задание, умения и навыки квалификация
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники