Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Buxoro amirligi Qushbegi hujjatlarining umumiy tavsifi
Гайрат Хамраев (Джизакский государственный педагогический университет Jizzax davlat pedagogika universiteti)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2022
Аннотация
s. – 2023. – Т. 2. – №. 02. BUXORO AMIRLIGI QUSHBEGI HUJJATLARINING UMUMIY TAVSIFI Xamrayev G‘ayrat G‘aniyevich Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qushbegi arxivi materiallari va arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Qushbegi, arxiv materiali, lavozim, hokimiyat, sunniy, shia, mazhab, Musojon Saidjonov, Ark, chopar, beklik, devonxona, oliy hokimiyat, bosh vazir, poytaxt, Amir Haydar, Muhammadshoh Qushbegi. Buxoro amirligi tarixini yoritishda bugungi kunda saqlanayotgan Qushbegi arxivi materiallari tarixchilar uchun muhim tarixiy materiallardir. Buxoro amirligi Qushbegi arxivining hozirgi holatigacha bo‘lgan shakllanish jarayonlari ham uzoq davrni bosib o‘tgan bo‘lib, buni quyidagi jihatlarda ko‘rib chiqish mumkin. Buxoro amirligi poytaxtidagi oliy maʼmuriy hokimiyat mamlakatning birinchi martabali shaxsi hisoblangan va amir Buxoro shahrida boʻlmagan davrida boshqaruv amir noibi boʻlgan Qushbegiga tegishli bo‘lgan. Darhaqiqat, Qushbegi nafaqat poytaxt boshlig‘i, balki o‘ziga xos bosh vazir yoki sharq tili bilan aytganda, bosh vazir ham bo‘lgan. U amirlikning barcha maʼmuriy va xoʻjalik ishlarini boshqargan. Shuningdek, Qushbegi Buxoro viloyatini boshqargan, yaʼni. amirlik poytaxtiga tutash hudud. Shu bilan birga, barcha beklarning beklari – amirlik hududlari ham unga tobe edi. Barcha amaldorlarni u tayinlagan, faqat oliy mansabdor shaxslarni amirning o‘zi tayinlagan [1, С.18]. Buxoro amirligida eng yuqori mansab nomlaridan biri bo‘lgan “Qushbegi” lavozimining mavqei amirlikning ilk va so‘nggi yillarida birmuncha o‘zgarib turgan. Masalan, Amir Haydar davridan boshlab ular mahalliy urug‘ boshliqlarining markaziy hokimiyatga qarshi kurashlarini cheklash maqsadida, davlat mansablariga o‘zlarining eronlik qullarini jalb qilish siyosatini qo‘llay boshladilar [2, B. 164 а]. Bu siyosatni amir Nasrullo va Muzaffarxonlar ham davom ettirdilar. Natijada quyidan to eng yuqoriga qadar boshqaruv va ijro hokimiyati asta – sekinlik bilan eroniy shialar qo‘liga to‘plana bordi. Masalan, so‘nggi to‘rtta qushbegi eroniy qullar 525 avlodidan bo‘lgan. Ayniqsa, amir Muzaffar ko‘pgina ishlarni Muhammadshoh qushbegi ixtiyoriga tashlab qo‘yadi [3, С. 161-66]. Davlat boshqaruvida shialar foaliyatining kengayib borishi tabiiy ravishda mahalliy sunniy amaldorlarning noroziligiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, harbiy va diniy aristokratiya vakillari o‘z noroziliklarini turli ko‘rinishda bildirishgan. Urug‘ boshliqlari qo‘zg‘olonlar qilishsa, sunniy ulamo vakillari shialarga raddiya sifatidagi doksografik asarlar yozdilar. Davlat lavozimlari uchun zimdan olib borilgan ko‘p yillik kurash Buxoro shahrida 1910-yilda sunniy-shialarning qonli to‘qnashuviga olib keldi [4, С. 24]. Buxoro amirligining so‘nggi o‘n yilliklarida qushbegi huzurida saqlangan turli mazmundagi hujjatlar: vasiqalar, hisobotlar, statistik mazmundagi turli ma’lumotlar, arizalar va hokazolar saqlanib qolgan bo‘lib, ular sobiq Sovetlar davrida ilmiy jamoatchilikdan birmuncha uzoq tutildi. Faqat mustaqillik davriga kelib ularni ilm ommasiga havola qilish ishlari boshlab yuborildi. A.Muhammadjonov mas’ul muharriligida Buxoro Qushbegi hujjatlarining yaqin yillarda chop etilishi bunga misol bo‘la oladi [5, С. 121]. Oʻtmish ajdodlardan qolgan tarixiy yozma manbalar qatoridan haqli ravishda oʻrin olgan hujjatlardan biri Buxoro amiri Qushbegi Arxiv hujjatlaridir. Ushbu arxiv hujjatlari XIX asr uchinchi choragi XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarixini oʻrganish uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi. Oʻtgan asrning 30-yillarigacha Buxoro amirligining Qushbegi arxivi mavjudligi fanga noma’lum edi. 1931-yilda Buxoro arkining yertoʻlasidan tartibsiz yotgan arab grafikasida tojik tilida yozilgan hujjatlar topilgan. Arxivning bir qismi, Buxoro-Rossiya diplomatik va savdo munosabatlariga doir qismi oʻsha vaqtda Moskvadagi “Qadimgi hujjatlar Markaziy Davlat arxivi”ga, yana bir qismi “Oʻzbekiston markaziy Davlat tarix arxivi”ga topshirilgan. Moskvada saqlanayotgan hujjatlar Buxoro, Xiva va Balx xonliklarining Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan boʻlgan siyosiy va iqtisodiy aloqalari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy- siyosiy tarixi, iqtisodiyoti va boshqa masalalarni oʻrganishda muhim manba ro‘lini oʻynaydi. Lekin bu fond hali yaxshi oʻrganilmagan. Buxoro amirligidagi arxiv o‘z faoliyatini 1865-yil, ya’ni Amir Muzaffar davridan boshlagan. Yana shuni taxmin qilish mumkin-ki, arxivning vujudga kelishida rus ma’muriyatining ta’siri ham bo‘lgan. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining noziri olim va tarixchi Musojon Saidjonovning yozishicha, Buxoro amirligining arxivi ikki qismga bo‘lingan edi: Birinchi bo‘lim: Buxoro amirligining shaxsiy devonxona arxivi; Ikkinchi bo‘lim: Buxoro Qushbegisining devonxonasi arxivi. Shuni aytib o‘tish kerakki, Buxoro amirligi devonxona arxivi b
Доказательный фрагмент
«s. – 2023. – Т. 2. – №. 02. BUXORO AMIRLIGI QUSHBEGI HUJJATLARINING UMUMIY TAVSIFI Xamrayev G‘ayrat G‘aniyevich Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligi tari…»
Образец извлечения
Демо-превьюs. – 2023. – Т. 2. – №. 02. BUXORO AMIRLIGI QUSHBEGI HUJJATLARINING UMUMIY TAVSIFI Xamrayev G‘ayrat G‘aniyevich Jizzax davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada Buxoro amirligi tari… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qushbegi, Ark, bosh vazir, столица, Кушбеги, mazhab, авторитет, Amir Haidar, shia, деванхана, authority, position, sect, sunniy, lavozim, Арк, beklik, devankhana, chopar, положение, Амир Хайдар, arxiv materiali, Amir Haydar, supreme authority, Sunni, Muhammadshah Kushbegi, capital, шииты, hokimiyat, Kushbegi, высшая власть, беклик, prime minister, Musojon Saidjonov, chapar, poytaxt, archival material, Muhammadshoh Qushbegi., секта, devonxona, Мусоджон Саиджонов, архивный материал, чапар, oliy hokimiyat, сунниты, Мухаммадшах Кушбеги, премьер-министр
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024