Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Adabiyot darslarida hikoyalarni tahlil qilish
Умида Усмонова (Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 23 · 722-750 · 2026
Аннотация
Ishda badiiy asar tahlili bosqichlari hamda adabiyot darslarida hikoyalarni tahlil qilish matnni o‘qish jarayonida satrma-satr savollar berish orqali tushunib borishning 516 afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Tajriba sifatida Legston Hyuzning “Rahmat sizga, xonim” hikoyasi asosida o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarining mazmuni bayon etilgan. Kalit so‘zlar: badiiy tahlil bosqichlari, hikoya tahlili, matn bilan ishlash, “Rahmat sizga, xonim” hikoyasi asosida tuzilgan savol va topshiriqlar Adabiyot darslarida o‘quvchilarning badiiy adabiyotga qiziqishini o‘stirish va tahlil qobiliyatini rivojlantirish uchun qisqa hikoyalarni o‘qitish samarali. Qisqa hikoyalar dars jarayonida to‘liq matn bilan tanishish va bir paytning o‘zida matn tahlilini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Badiiy matn tahlili qarama-qarshi fikr, detallarni topish, syujetni yoki mazmunni o‘zgartirish orqali noto‘g‘ri talqinni tasavvur qilish, muhim qismni ajratish, matnni soddalashtirib tasvirlash, noaniqliklarni tushuntirish, ichki va tashqi qiyoslar o‘tkazish [1] yoki savollar asosida o‘qish, asosiy fikr, hodisalar va nomlarga ahamiyat qaratish, shaxsiy munosabatni o‘ylab ko‘rish, aniq dalillar va parchalarni topish uchun matnni qayta o‘qish, so‘ng muhokama qilish [2] kabi bosqichlarda amalga oshiriladi. Shuningdek, hikoyalarni auditoriyada tahlil qilishda ham jarayonni muhit, obraz, syujet tuzilishi, hikoyachining nuqtayi nazari, muammo, konflikt, mavzu, uslub bosqichlarga bo‘lib ko‘rib chiqish muhim. Biroq darsda buning bariga ulgurish qiyin. O‘quv tahlili joy (auditoriya yoki sinf) va vaqt (bir dars yoki uning qismi) jihatidan ham cheklangan bo‘ladi. Tahlil asnosida o‘quvchilarning yosh va intellektual darajasi hisobga olinishida namoyon bo‘ladigan intellektual-ma’naviy chegara ham mavjud Shu jihatdan o‘quv tahlilini amalga oshirish filologik tahlilga nisbatan murakkabroqdir. [3] Ish hajmini qisqartirib, quyidagi ko‘rinishdagi savollardan foydalanish mumkin: Voqea boshlangan joy qanday yaratilgan? Kunning qaysi qismi? Ob-havo qanday? Atrof-muhit tasviri qanday? Hikoyadagi makon tasvirlari shunchaki fon vazifasini bajaryaptimi yoki mavzuni ifodalash uchun xizmat qilganmi? Eng muhim voqea qaysi? Voqeaning sodir bo‘lishiga sabab nimada? Hikoyada keskin vaziyat qachon sodir bo‘ldi? Hikoyaning burilish nuqtasi bormi? Tasvir uchun foydalanilgan detallarni umumlashtirib hikoya mavzusini ayting. [4] Ammo bu savollar asar mazmuniga kirib borishga yetarli emas. Auditoriyada hikoyalar tahlili hikoya matni bilan satrma-satr ishlab, o‘qish jarayonida tug‘ilgan savollarga javob berib borish tarzida amalga oshirilsa, asarning mazmun va estetik jihatlari to‘liq tahlil qilinadi, vaqtdan mutanosibligiga erishiladi. Savollarni tuzishda yuqorida keltirilgan tahlil bosqichlarini ko‘zda tutish foydali. Quyida biz Lengston Hyuzning “Rahmat sizga, xonim” hikoyasi asosida tuzilgan savol va topshiriqlarga namuna keltirdik. Savollarga javob olingandan so‘ng matnning davomini o‘qish, javoblardan kelib chiqib yozuvchi uslubi yutuqlariga ahamiyat qaratib borish lozim. Unutmaslik kerakki, o‘qituvchida o‘rganilayotgan asarga oid kontekst ma’lumotlari avvaldan tayyorlab qo‘yilishi kerak. 1. Sumkadan hamma narsa topilishi ayol haqida qanday tasavvur uyg‘otadi? Sumkasida koʻp narsa solib yuradigan insonlar qanday boʻladi? 2. Ayol haqidagi maʼlumotlarni ayting – U o‘n birda ishdan qaytyapti, katta sumka koʻtargan (aniqlashtirish uchun ba’zi javoblar berildi). Aytilganlardan xulosa chiqaring. Boylar qanday sumka tutadi? Ayol boymi, sizningcha? To‘ladan kelgan ayol va semizgina sumka ayol xarakterini ochishda ramziylik bo‘lishi mumkinmi? Qanday? 3. Sumkani koʻtara olmay yiqilib tushgan bola tasviridan kelib chiqib uning oʻgʻrilik sababini taxmin qiling. 4. – Uyingda birortasi yuzingni yuvib yur, deb aytmaydimi?[5] Ayol savolni nima maqsadda berdi. Uning ota onasi bor yoʻqligini aniqlash uchun. 5. Bola haqidagi maʼlumotlarni toʻplang va xulosa chiqaring. Oʻgʻrilik qilmoqchi boʻldi. Sumkani koʻtarolmay yiqildi, demak, u juda zaif, shuningdek, u oʻgʻrilik qilmagan. Oʻgʻrilar har xil vaziyat uchun tayyor turadi. U oʻgʻri boʻlsa, zaif boʻlsa ham, 517 yiqilmasligi kerak edi. Arzon kiyimda ust boshi kir. Uyida hech kim yoʻq. Balki, uyi ham yoʻq. Demak, u ovqat uchun oʻgʻrilik qilgan. 6. Tozalikka amal qilish tarbiya belgisi. Fikrni hikoyaga bog‘lab tushuntiring. 7. Ayolning uyi tasviri orqali ayol va qo‘shnilarning ijtimoiy ahvolini ayting. 8. Nega ayol eshikni ochiq qoldirdi? 9. Rojerning yuz yuvishga beixtiyor ketishi nimani anglatadi? 10. Ayol bolaga uyidagi kechki ovqatga ham kech qolganligini eslatishdan maqsadi nima edi? Uning yolgʻiz yashashini bilib boʻlgan edi-ku? Ayol bola haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘ramaganidan kelib chiqib ayol tabiatini tushuntiring. 11. Zamsha tuflini odatda kimlar kiyadi? Bolaning aynan zamsha tufli olishni orzu qilgani sabablari nimada? 12. Ayol bir o‘g‘iz so‘rasa, berishini aytganida bolaning ajablanishidan uning oʻtmishi haqida ni
Доказательный фрагмент
«Ishda badiiy asar tahlili bosqichlari hamda adabiyot darslarida hikoyalarni tahlil qilish matnni o‘qish jarayonida satrma-satr savollar berish orqali tushunib borishning 516 afzalliklari haqida so‘z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюIshda badiiy asar tahlili bosqichlari hamda adabiyot darslarida hikoyalarni tahlil qilish matnni o‘qish jarayonida satrma-satr savollar berish orqali tushunib borishning 516 afzalliklari haqida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interfaol doskalar, ilmiy ta'lim, ta'limdagi texnologiyalar, fanni o'qitish, lady", badiiy tahlil bosqichlari, stages of artistic analysis, этапы художественного анализа, «Спасибо вопросы и задания по мотивам рассказа «Вам, matn bilan ishlash, xonim” hikoyasi asosida tuzilgan savol va topshiriqlar, “Rahmat sizga, narrative analysis, working with the text, работа с текстом, барыня», “Thank you questions and assignments based on the story "to you, hikoya tahlili, повествовательный анализ
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026