Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalari tahlili
Tirkasheva Sobira O‘ktamovna (доир: Зокиров Мирзарахим Абдуалиевич, Қўқон педагогика институти тадқиқотчиси)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada bugungi kunda adabiy tafakkur jarayonida o‘zining alohida o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalari tahlilga olingan. Bunda yozuvchining badiiy mahorati, estetik tafakkur jihatlari, obrazlarning psixologik tahlillari ko‘rib chiqildi. Tayanch so‘zlar: ijod labaratoriyasi, sotsiologik metod, pafos, qahramon ruhiyati talqini, psixologik tahlil metodi. Kirish. Bugungi kun zamonaviy adabiyotimizda paydo bo‘lgan ko‘plab e’tiborga tushgan asarlar, o‘zbek adabiyotida ham yozuvchilik mas’uliyatini anglagan adiblar borligidan dalolat bermoqda. Ushbu yozuvchilar Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon jasoratining davomchilari bo‘lib ko‘zga tashlanmoqda. Mana shunday ijodkorlardan biri Xurshid Do‘stmuhammad desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xurshid Do‘stmuhammad milliy adabiy an’analarini ham, dunyo adabiyoti tajribalarini ham puxta o‘rgangan, doimiy novatorlikka intilgan ijodkor. Adibning o‘zi e’tirof etganidek, ”Uslub o‘zgarmasa, dunyoqarash, hayot murakkabliklarini badiiy idrok va ifoda etish yo‘sinlari o‘zgarmasa, shu yo‘lda turli tajribalarga qo‘l urmasa, bunday yozuvchi nafaqat milliy adabiyotda, loaqal o‘z ijodida ham biror bir yangilik yaratishi amrimahol”[1]. Adib Xushid Do‘stmuhammad asarlarida yaxshilik, insoniylik, komillikka eltuvchi g‘oyalar bir so‘z bilan aytganda, insonparvarlik deya atalmish bebaho tuyg‘ular mujassamlashgan. Bilamizki, adabiy asarlar vaqt, zamon va makon tanlamaydi. Qachonki, kitobxon mutolaa qila boshlasagina asarlar yana yangidan yashay boshlaydi. Adibning ayniqsa, hikoyalarida har bir qahramonning ichki, kechinmalari ko‘z oldimizda jonli aks etadi. Hikoyalarini o‘qiy boshlagan paytingizda go‘yoki, spektakl aktyorlari ko‘z oldingizda yaqqol gavdalanadi. Yozuvchining ham mahorati shunda, aslida. Har bir yozuvchi alohida bir dunyo. Xurshid Do‘stmuhammadning o‘zi ham ta’kidlaganidek: -“Har bir ijodxona o‘zicha bir olam: shakl-shamoyili, ish tartibi, muhiti va hokazolari bilan. Juda ko‘p ishlar kayfiyatga bog‘liq”.[1] Darhaqiqat, har bir yozuvchining o‘z ijod labaratoriyasi bo‘ladi. Ushbu labaratoriyada yangi tug‘ilajak asar uchun asos bo‘ladigan xotira va esdaliklar, yozuvchining qalb tug‘yonlarini ifodalovchi o‘zi boshidan o‘tkazgan hayotiy lavhalar mujassamlashadi. X.Do‘stmuhammad hikoya janrida mahoratli ijod qiladi. Ijodining o‘ziga xos 493 jihatlaridan biri shundaki, tarixga hurmat, milliylik ifodasi badiiy talqinda o‘zgacha bir pafos bilan tasvirlanadi.Ushbu jihatlar adibning tarixiy hikoyalarida ko‘zga tashlanadi. Adibning “Oq libos” nomli hikoyasida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida xonliklar hayotidan lavhalar aks etgan.[1] Undagi Toshkent hokimi Yunusxo‘ja obrazi orqali o‘sha davr hokimiyat boshliqlariga xos umumlashma obraz sifatida tasvirlanadi. Yunusxo‘janing onasi Omila xonim yurtning ertasini o‘ylab tashvishda. Bemor yotgan holida o‘g‘lidan yurtning osoyishtaligini ta’minlashini, xalqni birlikka chorlashini so‘raydi. Yunusxo‘ja avvaliga onasining so‘ziga muvofiq ish tutadi. Ammo keyinchalik ba’zi kaltafahm amaldorlar hamda yoshlik qoni qaynagan, hayotning oq-u qora tomonlarini to‘liq anglab yetmagan o‘g‘illarining gapiga kirib, O‘rdaga hujum uyushtiradi, alaloqibat ushbu boshboshdoqliklarning natijasi esa tarixdan ham siz-u bizga ma’lum. Bu yerda Piri Tarxon obrazi ham alohida o‘ringa ega. Ne-ne hukmdorlarni ko‘rgan, hokimiyat siyosatidagi ne-ne o‘zgarishlarning guvohi bo‘lgan bu donishmand Yunusxo‘janing muzofot haqidagi qaroridan qaytarishga urinadi. Ammo ketma-ket g‘alaba nashidasidan sarmast bo‘lgan hokim o‘z bilganidan qolmaydi. X.Do‘stmuhammad ushbu hikoyasida ham xulosani kitobxonning o‘ziga qoldiradi. Hikoya so‘ngidagi Piri Tarxon tomonidan Yunusxo‘jaga aytilgan jumlalarga diqqat qiling: “Omila onam oq libosda xalq huzuriga chiqdilar…Yurt notinch-onalar notinch,to‘ram…” - Yana gapir, Tarxon… - Bir, ikki, uch… - Nima deyapsan,Tarxon, qanday raqamlar, bular? Tarxon javob bermadi lekin u dilida “ming bir yuz yetmish ikki…ming bir yuz yetmish ikki…hijriy” deb takrorlar, o‘zaro qirg‘inbarot yuz bergan bu sanaga mingdan ming la’natlar yog‘dirar edi… [2] Hikoyaning nomlanishi ham asosiy g‘oyasi ham shu yerda oydinlashadi. X.Do‘stmuhammad tarixni shunchaki hikoya qilish asnosida yozmaydi. Tarixiy haqiqatni badiiy haqiqat darajasiga olib chiqadi. Xulosa. Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalarining — boshqa o’zbek adiblari ijodida juda kam uchraydigan — yana bir fazilati ularning aksariyatida o‘zbek va jahon she’riyati ohanglarining namoyon bo‘lishidadir. Bu ayniqsa, “Oqimga qarshi oqqan gul”, “Qoyalardan balandda”, “Qor odam” kabi hikoyalarda yorqin namoyon bo’ladi. Bu esa Akutagavaning “Haqiqiy adib shoir bo’lishi kerak” degan gapini yodimga soladi. Akutagavaning fikrini davom ettirsam, haqiqiy, teran proza hamma vaqt va faqat poetik asosga asos bo‘ladi. Zero, poeziya, mening nazarimda, har qanday so‘z san’atining zaminidir. Hatto buyuk Tolstoy ham “Tazarru”sida bekorga o‘zini yozuvchi yoki romanist deb emas,” Men san’atkorman, shoirman” deb aytmaydi. Tolsto
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bugungi kunda adabiy tafakkur jarayonida o‘zining alohida o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalari tahlilga olingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bugungi kunda adabiy tafakkur jarayonida o‘zining alohida o‘rniga ega bo‘lgan yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad hikoyalari tahlilga olingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative laboratory, социологический метод, психика героя интерпретация, hero's psyche interpretation, method of psychological analysis, pafos, pathos, метод психологического анализа, пафос, psixologik tahlil metodi, sociological method, ijod labaratoriyasi, qahramon ruhiyati talqini, sotsiologik metod, творческая лаборатория
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025