К содержанию
РецензированоRU2024

ЗНАЧЕНИЕ ИГРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЕНКА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Berdiyeva Muborak Baxtiyorovna · Murodova Shahnoza Abdurahmon qizi (Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi)

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article talks about the importance of the type of activity in the formation of a child's personality, game tools, and game technologies, since the main activity of preschool children is play. Keywords: game, technology, interactive, creative, game tools, interaction. ЗНАЧЕНИЕ ИГРОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ РЕБЕНКА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ Аннотация. Поскольку основной деятельностью дошкольников является игра, в данной статье рассматривается значение вида деятельности в формировании личности ребенка, игровых средств и игровых технологий. Ключевые слова: игра, технология, интерактив, креатив, игровые инструменты, взаимодействие. Oʻyin - maktabgacha yoshdagi bolalar hayotining mazmunini tashkil etadi. Bejizga “O‘yinni bolalikning hamrohi" deyish deb qabul qilinmagan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehnat, oʻqish, oʻyin faoliyatlari ichida oʻyin faoliyati yetakchidir. Oʻyin bolani rivojlantirish, tarbiyalashning asosiy vositasidir. Oʻyinning asosiy xususiyati uning ijodiyligidir. Bola oʻyinda markaziy oʻrinni egallashni xohlaydi, gʻolib boʻlishga intiladi. Bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi. Bola oʻyinni oʻzi tanlaydi unda faol ishtirok etadi. Oʻyin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar mavjud. Har qanday texnologiyada, jumladan oʻyin texnologiyalarida ham oʻquv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad toʻgʻri qoʻyilishi uchun bolaga nimani oʻrgatmoqchi boʻlganligi aniq boʻlishi kerak. Bitta mashgʻulotda bitta maqsad qoʻyilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va hokazo. Oʻyin texnologiyalari (ayniqsa maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkuruni rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Rol o‘ynaydigan o‘yinlar tufayli bolalarda tasavvur paydo bo‘ladi. 2 14 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq bilan gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o‘rniga o‘zi gapiradi. So‘z obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Buning natijasida bolalarda nutqi yaxshilanib boradi. Nutq esa o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o‘z histuyg‘u, kechinmalarini o‘rtoqlashadi. Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning gʻoyalari hozirgi zamon bolalar oʻyinlar nazariyasi uchun ahamiyatlidir. Xususan, Yan Amon Komenskiy oʻyinga quvnoq bolalik va bolani uygʻun rivojlanish sharti sifatida qarar ekan, kattalarga bolalar oʻyinlariga e'tiborli munosabatda boʻlishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni maslahat bergan. Bolalar oʻyini koʻp asrlik tarixga ega, insonning oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol oʻyinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu oʻyinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Interfaol oʻyinlar jarayonida bola mustaqil fikrni toʻgʻri bayon etishga boshqalarni tinglashga oʻrganadi. Boshqacha qilib aytganda interfaol oʻyinlar orqali kelajakda har bir bolada ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Oʻynayotgan bolani kuzatib uning qiziqishlarini, kattalarga va oʻrtoqlariga boʻlgan munosabatini bilib olish mumkin. Ayniqsa jamoaviy oʻyinlar bolalarni koʻpchilik oʻrtasida oʻzini erkin tuta olishga mustaqil fikrlashga undaydi. Bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Tarbiyachining asosiy vazifasi oʻyinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. O‘yinning tarbiyaviy ahamiyati ko‘p jihatdan o'qituvchining kasbiy mahoratiga, uning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bolaning psixologiyasini bilishiga, bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga to‘g‘ri uslubiy rahbarlik qilishga, o‘yinni aniq tashkil etish va o‘tkazishga bog'liq. O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg‘atishi mumkin. Tarbiyachi o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur. Ijodiy oʻyinlarda bilim egallash jarayoni yuzaga keladi. Undan tashqari bola oʻyinda aqliy kuchini ishga soladi. Oʻyin bolaning tafakkurini, hayolini, diqqatni, xotirani faollashtirishni talab qiladi. Jumladan, biz bolaning tafakkur, hayolini rivojlantiruvchi oʻyin sifatida quyidagi oʻyinni misol keltirishimiz mumkin. Bolalarni 2 guruhga boʻlamiz. Doskaga aytaylik, varoqga biror chiziqni yoki raqamlarni yozamiz. Bola esa undan biror rasm chiza olishi kerak. Bu oʻyin orqali bolaning dunyoqarashi, tafakkuri kengayadi, hayol qilish jarayoni yaxshilanadi. Bolalarning xotira d

Доказательный фрагмент

«This article talks about the importance of the type of activity in the formation of a child's personality, game tools, and game technologies, since the main activity of preschool children is play.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the importance of the type of activity in the formation of a child's personality, game tools, and game technologies, since the main activity of preschool children is play. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
game, technology, interactive, creative, game tools, interaction
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники