К содержанию
РецензированоUZ2026

Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati

Аслиддин Ташбаев (Джизакский филиал Национального университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026

Аннотация

Maqolada buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati. Shuningdek ularning turlari va xususiyatlari haqida arxeologik tadqiqotlar hamda tarixiy manbalarga suyanilgan holda atroflicha fikir yuritiladi. Kalit so‘zlar: buyuk ipak yo‘li, Qadimiy ulov vositalari, tuyachilik, savdo aloqalari, savdo karvonlari, yuk tashish xizmati. Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan Oʻzbekiston bugungi kunda mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalar tizimida yetakchi oʻrin tutib kelmoqda. Shu sababli, yangi Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlarni rivojlantirish, tarixiy madaniy merosni oʻrganish, saqlash va targʻib etish davlat ahamiyatiga ega muhim vazifalar qatoriga koʻtarildi. Bu vazifalarni hal etish Buyuk ipak yoʻli boʻylab olib borilgan xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalar va karvon yoʻllarida ulov va transport vositalari faoliyati tarixini yangi ilmiy qarashlar asosida tahlil qilishni, bu yoʻnalishdagi ilmiy muammolarga yangicha yondoshuvlarni shakllantirishni taqozo etmoqda. Mintaqadagi qadimgi yo‘llar tizimida ulov-transport vositalari muxim o‘rin tutib ulardan foydalanish Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarda, elchilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishda, aholi migratsiyasida katta ahamiyatga ega edi. Mintaqamizda ham aloqa yo‘llarining shakllanishi va rivojlanishiga mos ravishda hamda turli hududlarining tabiiy iqlimi va geografik holatidan kelib chiqib ilk ulov-transport vositalari paydo bo‘lgan va takomillashib borgan. Buyuk ipak yo‘lida asosan quruqlikda harakatlanishga mo‘ljallangan ulov-transport vositalaridan foydalanilgan. Ot, tuya, eshak va boshqa hayvonlarning xonakilashtirilishi bronza davridan boshlab ulardan ulov vositasi sifatida foydalanishni keng yoyilishiga olib kelgan. Keyingi tarixiy davrlarda tuya boqish va zotdor otlarni yetishtirishga ixtisoslashgan qabilalar va ular o‘zlashtirgan hududlar alohida mavqega ega bo‘lib borgan. O‘rta Osiyoning turli hududlarining o‘zaro iqtisodiy aloqalarida, aholi migratsiyasida, ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvador qabilalarining mavsumiy ko‘chishlarida ot va tuyalar ulov vositasi hamda yuk tashishda asosiy o‘rin tutgan. Buyuk ipak yo‘li shakllanib, Xitoydan to O‘rta yer dengizi sohillarigacha yetib borgan qadimiy karvon yo‘llari bo‘ylab olib borilgan halqaro iqtisodiy-savdo aloqalarida, savdo karvonlari uchun ulov va yuk tashish xizmatini tashkil qilishda joylarning tabiiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tuya, ot va eshak (xachir)lardan foydalanish keng yoyilgan. Qadimiy ulov vositalari ichida quvvati va chidamliligi, og‘ir yuk ko‘tara olishi bilan ajralib turadigan tuyalarning ahamiyati, ayniqsa, katta edi. Tuyalarga ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvador xo‘jaliklarda ham, turli yo‘nalishdagi iqtisodiy-savdo aloqalaridan manfaatdor bo‘lgan o‘troq dehqonchilik vohalarida ham talab katta edi. Bu extiyoj asosiy ulov vositasi sifatida qadrlangan tuyalarning ahamiyati bir qadar ilohiylashtirilishiga ham olib kelganini ko‘ramiz. Arxeologik tadqiqotlar mintaqamizda tuyalardan xam bronza davridan boshlab keng foydalanilganligini ko‘rsatmoqda. Andronov madaniyatiga mansub dasht qabilalari birinchilardan bo‘lib ikki o‘rkachli baqtriya tuyalarini xonakilashtirgan bo‘lishi mumkin. Janubiy Turkmanistondagi Oltintepa yodgorligidan topilgan tuya suyaklari hamda aravaga qo‘shilgan tuyaning sopol haykalchasi 488 o‘troq dehqonchilik markazlarida ham bu davrda tuyalardan ulov vositasi sifatida foydalanilganini tasdiqlaydi. Mintaqaning qadimgi shaharlaridan bo‘lgan Yerqo‘rg‘ondan va uning yaqinidagi yodgorliklardan tuyalarning sopol haykalchalari topilishi, Qadimgi Baqtriya muhr va tangalarida hamda Xorazmning afrig‘iylar davri tangalarida tuya tasviri mavjudligi, Varaxshadagi hukmdor saroyida qanotli tuyalar tasviri va ikki o‘rkachli tuya shakliga o‘xshash ishlangan hukumdor taxti, Afrig‘iy hukmdorlar tojini tuya tasviri bezab turgani va boshqa misollar, bir tomondan, tuyaning mintaqaning katta geografik kengliklarida tarqalganidan, ikkinchidan u davlat miqyosida ham e’zozlanganidan dalolat beradi. Ko‘chmanchi xalqlar badiiy ijodi namunalarida ilohiy “qanotli tuya” tasvirlari va haykalchalari keng tarqalgan. Shu jihatdan, o‘zbek xalqi mifologiyasida tuyalar kuch-qudrat, omad va g‘alaba timsoli hisoblanishi, “Avesto”da (“Bahram Asht” alqovida) qut-baraka ma’budi Veretragna tuya ko‘rinishida tasavvur qilingani ham e’tiborga loyiqdir. Tuyalar o‘zining tabiiy xususiyatlari – suvsizlikka, ochlikka chidamliligi, suv manbalarini seza olishi tufayli, ayniqsa, suv yetarli bo‘lmagan dasht va cho‘llar orqali o‘tuvchi yo‘llarda insonning eng yaqin hamrohiga aylanar edi. Mintaqamizda havo ancha isib ketgan bronza va ilk temir davridan boshlab ulov vositalariga bo‘lgan ehtiyoj O‘rta Osiyo va unga qo‘shni mintaqalarda tuyachilikning jadal rivojlanishiga olib kelgan. O‘rta Osiyoda qadimdan tuyalarning 2 ta turi - bir o‘rkachli (dromedar – tez chopuvchi) lo‘k

Доказательный фрагмент

«Maqolada buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojida qadimgi ulov vositalaridan biri tuyalarning o‘rni va ahamiyati. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
savdo aloqalari, великий шелковый путь, trade relations, yuk tashish xizmati., tuyachilik, cargo transportation service., древние орудия охоты, the great silk road, camel breeding, Qadimiy ulov vositalari, trade caravans, верблюдоводство, торговые отношения, buyuk ipak yo‘li, услуги по перевозке грузов., торговые караваны, ancient hunting tools, savdo karvonlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники