К содержанию
РецензированоUZ2021

Oʻzbekiston va Hindistonning ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorligi

Shapiyev Shavkat Tursunovich

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi qadimdan rivojlanib kelgan turli hamkorlik aloqalari qatorida 1991-2019-yillardagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalasi tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Hindiston, ilm-fan, ta’lim, Mikrobilogiya, ilmiy-texnologik markaz, Eroud, shishasozlik. Oʻzbekistonning Hindiston bilan oʻzaro ilmiy-texnik aloqalari hamkorlikning oʻtgan yillari davomida keng quloch yozib bormoqda. Ilk marotaba 1993-yilning 29-iyulida Oʻzbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi oʻrtasida imzolangan ilmiy-texnik sohadagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim va 1994-yil 5-yanvardagi ilmiy-texnik hamkorlikka koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston-Hindiston markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi protokol ushbu aloqalarni to yaqin kunlarimizgacha rivojlantirishning huquqiy asosi boʻlib xizmat qilib keldi. Lekin bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda ilm-fan va texnika taraqqiyoti nihoyatda tezlashib ketdi, oʻtgan yillar davomida Hindiston ilm-fan va texnika, axborot texnologiyalari sohasida ancha jadallashib, kerak boʻlsa jahon mamlakatlarini bu borada oʻzi bilan hisoblashishga majbur etadigan darajaga erishdi. Undan tashqari bugungi zamonaviy ilm-fan integrasiyalashuv natijasida rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qoʻyganligi davlatlar oʻrtasida shu sohadagi hamkorlikni uzviy ravishda olib borishni taqozo etmoqda. Shuning uchun 477 ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida “Fan, texnika va innovasiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati oʻrtasida bitim” imzolandi. Mazkur bitim asosida tomonlar qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat ilmi va texnologiyasi, muhandislik fanlari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari, amaliy matematika, ma’lumotlar bilan ishlash toʻgʻrisidagi fan va texnologiyalar, sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar, materialshunoslik fanlari, hayot fanlari va biotexnologiya, fizika va astrofizika, energetika, suv, iqlim va tabiiy resurslar, fan, texnologiyalar va muhandislik sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Undan tashqari, shu yoʻnalishdagi hamkorlik faoliyatining ustuvor sohalarini aniqlash va bitimning amalga oshirilish jarayonini kuzatib borish uchun hamkor tomonlar vakillaridan iborat “Qoʻshma qoʻmita” tuzilishi ham belgilandi [1]. To 2018-yildagi Bitim imzolangunga qadar ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi aloqalarda anchagina ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1995-yilda Toshkentda Hindiston– Oʻzbekiston ilmiy-texnologik markazi tashkil etildi. Uning oldiga ilmiy-texnik hamkorliklarini rivojlantirish vazifasi qoʻyilgan [2]. Ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy-texnik xamkorlikda ustuvor yoʻnalishlar sifatida qishloq xoʻjaligi, medisina, ekologiya, informatika, kompyuter texnikasi, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, quyosh energetikasi, lazer texnopogiyasi va boshqa sohalar belgilangan. Ushbu hamkorlik komileks qoʻshma ilmiy-texnik dastur aniq va muayyan ilmiy-texnik natijalarni olishni koʻzlovchi, koʻp ilm talab qiluvchi ilgʻor texnologiyalarni oʻrganishga yoʻnaltirilgan hamda ularning natijalarini Osiyo mintaqasining boshqa mamlakatlariga ham eksport qilishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan. Quyosh fizikasi ilmiy-tadqiqot birlashmasi Hindiston Milliy aeronavtika laboratoriyasi hamda tuzlar va dengiz kimyoviy birikmalari Markaziy ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda quyosh nuri bilan ishlovchi suvni koʻtaruvchi moslamalar yaratish ustida ilmiy tadqiqotlar olib borishi yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekistonlik olimlar turli surunkali kasalliklarni davolashda ishlatiladigan lazer uskunalarini yaratdilar. Ular Dehli shahridagi (Lala Ram Sarun-Gospital) sil kasalliklari intstitutida ochilgan lazer jarrohligi markazida oʻzbek va hind mediklari tomonidan samarali ravishda qoʻllanilmoqda. Shuningdek, ulardan Dehli shaqridaga Choytram-Gospital, Indor kabi yirik shifoxona va tibbiyot oliygohlarida va Umumhindiston Medisina fanlari institutida ham keng qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan yaratilgan lazer uskunalarini qoʻllash natijasida yukorida tilga olingan shifoxonalarda 1200 dan ortiq kishi sil kasalidan forigʻ boʻldi [3:211-212]. "Asil" ilmiy-texnik Markazining olimlari kogʻozning oqligini nazorat qiluvchi moslama yaratgan. Ushbu moslamani yaratishda ular Hindiston hukumatining Tadqiqotlar va elektronikani rivojlantirish departamentiga qarashli ilmiy markazdagi hindistonlik olimlarning elektron sxemalaridan foydalanishdi. Xozirgi kunda mazkur moslama Eroud shahridagi Seshaboy qogʻoz fabrikasida qoʻllanilmokda. Ikki davlat oʻrtasidagi kelishuvlarga muvofiq, ushbu moslama Hindistonning bir qator sanoat korxonalariga ham oʻrnatildi. Bundan tashqari issiklik stansiyalarida yoqilgʻini yoqish samaradorligini oshiruvchi moslamani yaratish hamda kimyo va toʻqimachilik sohasida qoʻllaniladigan boʻyash texnologiyasining samaradorligini oshir

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi qadimdan rivojlanib kelgan turli hamkorlik aloqalari qatorida 1991-2019-yillardagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalasi tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi qadimdan rivojlanib kelgan turli hamkorlik aloqalari qatorida 1991-2019-yillardagi ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik masalasi tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, научно-техническая деятельность центр, science, Uzbekistan, Mikrobilogiya, glassworks., ilmiy-texnologik markaz, O‘zbekiston, образование, ilm-fan, shishasozlik., Эруд, India, Микробиология, Microbiology, scientific and technological center, стекольный завод., Индия, ta’lim, Eroud, Hindiston, Узбекистан, наука
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники