Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Efficient approaches for instructing english verbal skills in a non-language-focused university setting
Sattorova Dilnoza (A NON-LANGUAGE-FOCUSED UNIVERSITY SETTING)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada ta’lim tizimining alohida yo’nalishlaridan biri kasbiy ta’limda pedagogika metodologiyasi tushunchasining tahlili va professional ta’limning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘tni va ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, kasb ta’limi, metodologiya, tadqiqot, professional ta’lim, ta’lim samaradorligi, qonun, o‘qituvchi-tadqiqotchi. Bugungi kunda, fan-texnikaning jadal taraqqiyoti sharoitida har bir davlat o‘zining istiqbol rejalarini belgilar ekan, kelajakda ushbu rejalarni amalga oshiruvchi yosh avlod qobiliyatlarini rivojlantirishga, intellektual salohiyatini yuksaltirishga, ma’naviyatini boyitishga alohida e’tibor berishi davr talabidir. Shu sababli mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish hamda ularning haq-huquqlarini muhofaza qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, birgina 2023 yilni oladigan bo‘lsak, Davlat budjeti xarajatlarining 49 foizi ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgani ham kelajagimiz vorislariga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. Zero, yoshlar bugungi niyatlarimizni ertaga ro‘yobga chiqaradigan, mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlaydigan, har bir sohada o‘z iqtidori va iste’dodini to‘la-to‘kis namoyon eta oladigan avlod sifatida shakllanishi zarur. Buning uchun esa, mamlakatimizda Buyuk ajdodlarimiz qadimdan “Bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi” – degan fikrga tayangan holda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish yo‘lida ko‘plab amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, avvalo 2020 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637 son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son farmonining qabul qilinganligi esa kasb-hunar ta’limi tizimida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish imkoniyatlarini berdi. Ammo bu islohotlarni amalga oshirishda kasb-hunar ta'limi muammolarini hal qilish uchun mavjud bilimlarni umumlashtirish va yangi ilmiy bilimlarni olish zarurati dolzarb bo‘lib qoldi. Kasb-hunar ta'limi yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalarga ta’lim beruvchi o‘qituvchi- tadqiqotchi zamonaviy metodologiyani o‘zlashtirishi kerak - bu uning tadqiqot madaniyatining zarur tarkibiy qismi va kognitiv faoliyat samaradorligining sharti hisoblanadi. Faoliyatni tashkil etish haqidagi ta’limot sifatida metodologiya ilmiy bilimlarga asoslanadi. O‘qituvchi-tadqiqotchi ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanar ekan, fan nima ekanligini, u qanday tashkil etilganligini, fanning rivojlanish qonuniyatlarini, ilmiy bilimlar tuzilishini tavsiflashi, aniq va ongli ravishda tushunishi kerak. Ular quyidagilar: pedagogik tadqiqotning 473
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ta’lim tizimining alohida yo’nalishlaridan biri kasbiy ta’limda pedagogika metodologiyasi tushunchasining tahlili va professional ta’limning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘tni va ahamiyati to‘g‘risida s…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ta’lim tizimining alohida yo’nalishlaridan biri kasbiy ta’limda pedagogika metodologiyasi tushunchasining tahlili va professional ta’limning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘tni va ahamiyati to‘g‘risida s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- expertise, interaction, higher education, advanced learning, углубленное обучение, экспертиза, высшее образование, взаимодействие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025