Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном миреMAKTABGACHA TA’LIM, SHODIYEVA G. +32026
Stilistik ilmiy paradigmaning shakllanish tarixi
Mahliyo Saydaliyeva.
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2019
Аннотация
Stilistika dastlab tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasidagi soha sifatida shakllangan. Mazkur soha bugungi kunda oʻzining qator tadqiqotlar doirasiga ega. Stilistikaning bugungi rivoji uning tarixini oʻrganishga qiziqish uygʻotishi tabiiy. Mazkur maqola stilistik ilmiy paradigmaning shakllanish asoslarini tadqiq qiladi. Kalit soʻzlar: stilistika, ritorika, funksionalizm, strukturalizm, genesis, Ch.Balli, R.Yakobson. Kirish. Qadimgi davrlardan beri olimlar oʻrtasida aloqa vositasi boʻlgan til va undan foydalanishga boʻlgan qiziqish hozirgi kunga qadar davom etib ketmoqda. Til va undan foydalanish evaziga oʻz fikrlarini ifodalash masalalari tilshunoslikning dolzarb muammolari sifatida e’tirof etiladi. Tilshunoslik, hususan, stilistika sohasining paydo boʻlishi til haqidagi ilmning paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir. Muloqot jarayonida tafakkurda shakllangan gʻoya va fikrlarni ifodalash uchun muayyan tilga xos jamoa ongidagi lisoniy zahiralar tanlangan. Ular nutq vaziyati va boshqa omillar hisobiga fikrlarni aniq va ravshan ifoda qilish vazifasini bajargan. Stilistika sohasining paydo boʻlishi fikr ifodasi uchun lisoniy vositalarni tanlash jarayoni bilan bogʻliqdir. Nutqning ta’sirchan boʻlishi fikr ifodasi uchun xizmat qiladigan lisoniy vositalarni tanlanishi bilan bogʻliqdir. Shuning uchun ham ritorika sohasi mutaxassislari bu muammolarga asosiy e’tiborlarini qaratganlar. Yunon ritoriklari notiqlar nutqida qoʻllangan ta’sirchan, ishontirish kuchiga ega boʻlgan lisoniy vositalarni oʻrganishga qiziqish bildirishlari natijasida stilistika haqidagi dastlabki tushuncha va qarashlar paydo boʻla boshlagan. Nazariy asos. Fikrni lisoniy vositalar orqali ifodalash murakkab jarayon boʻlib, u muallifning stilistik imkoniyatlari yordamida amalga oshiriladi. Muallif bu jarayonda mantiqiy va grammatik tamoyillarga qat’iy rioya qiladi. Har bir fikr ifodasi uchun dastlab mantiqiy tamoyil ustuvorlik qiladi. Mantiq tizimiga qurilgan fikrlarning lisoniy moddiylashuvi uslubiy tanlovlar orqali amalga oshiriladi. Inson tafakkuridagi gʻoya va fikrlarni aytish istagi boshlanganidayoq uslubiy tanlovlar bilan bogʻliq kognitiv jarayonlar ishga tushadi. Matn yoki nutqni shakllanish jarayoni kognitiv mexanizmlarga bogʻliq boʻlib, bu jarayonda fikrlar ifodasi uchun lisoniy vositalar tanlovi amalga oshiriladi. Bu haqida ilmiy adabiyotlarda quyidagi fikrlar bildiriladi. “Matn tabiiy nutq oʻzining moddiylashish bosqichidayoq matnni yoki nutqni yaratish jarayonida ham uslubiy tanlovlar muhim oʻrin tutadi, hatto bu jarayon beixtiyor amalga oshirilsa ham, chunki bu tanlovlar matnning tuzilishi va talqin qilinishiga katta ta’sir koʻrsatadi”[1]. Tabiiy nutq(spontan)ning moddiylashish bosqichi avvalidayoq lisoniy vositalar tanlovi amalga oshiriladi, har bir fikr va ma’no uchun soʻz va ifoda shakllari tanlanadi. Muallif tomondan aytilishi zarur boʻlgan fikrlar uchun tanlangan soʻz va ifoda shakli muallifning kommunikativ maqsadini aniq va ravshan ifoda qilishga xizmat qilishi kerak. Fikr soʻzga mos boʻlishi barobarida soʻz ham oʻsha fikrni oʻzida toʻliq va mukammal ifodalay olishi zarur. Bu albatta, muallifning uslubiy tanlovlari orqali amalga oshiriladi. Sh.Balli. XX asr boshlarida fransuz tilshunosligida stilistika sohasiga qiziqish yuqori darajada boʻlgan. Stilistika hatto lingvistikaning sohalari ichida dolzarb va muhim masala sifatida qaralgan. Shuning uchun ham universitetlarning barcha yoʻnalishlarida alohida maxsus fan sifatida oʻqitilgan. Odamlar oʻz fikrlariga singdirish auditoriyani egallashi kerak boʻ;lgan, 465 stiliostikani oʻtgan,masdan bu ishlarni amalga oshirib boʻlmagan. ishontirish kuchiga ega boʻlish uchun stilistik tanlovlar ahamiyatini chuqur oʻzlashtirib borgan. Tilshunoslikning stilistika faniga shu darajada e’tibor berganlarki, stilistikaga lingvistika fanining gultoji sifatida qaraganlar. yoʻnalishiga fanning va universitetlarda fan sifatida ham oʻtilgan. Fransuz tilshunosi Sharl Ballining “Fransuz tili stilistikasi haqida qoʻllanma” [2] asarida stilistikani tilshunoslikning muhim sohalaridan biri sifatida e’tirof etadi. Bu kitob nashr qilingunga qadar ham Olim Jeneva universitetidagi oʻqigan ma’ruzalarida ham stilistika haqida muntazam ma’ruzalar qilib boradi. Uningh ma’ruzalari, nutqlari toʻplam qilib chiqarilganini eslaydi. Asar muqaddimasida muallif: “Tilning ekspressiv tomonlarini faqat eksperimental tadqiqotlar orqali ochib berish mumkin. Biz bunga hali tayyor emasmiz, ammo bu asar shu tipdagi tadqiqotlarga yoʻl ochadi, shunday tadqiqotlarni amalga oshirishga yordam beradi”[2], deb ta’kidlagan edi. Stilistika sohasining muallifi oʻz ilmiy qarashlarini imkon qadar sodda tilda, barcha uchun tushunarli qilib yozgani koʻzga tashlanib turadi. Ayni paytda muallif bu asar orqali tillarni stilistik jihatdan oʻrganishva tadqiqi etishda amaliy natija berishiga ishongan. “Stilistika - oʻzaro bogʻlangan til birliklarining ta’sir qiymati, tilning ifoda vositalari tizimini shakllantirishga yordam beradigan ekspressiv birliklar
Доказательный фрагмент
«Stilistika dastlab tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasidagi soha sifatida shakllangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюStilistika dastlab tilshunoslik va adabiyotshunoslik chorrahasidagi soha sifatida shakllangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- функционализм, Р. Джейкобсон., стилистика, структурализм, риторика, R. Jacobson., functionalism, Ch.Balli, strukturalizm, R.Yakobson., Ч. Балли, genesis, stylistics, генезис, structuralism, stilistika, ritorika, funksionalizm, Ch. Balli, rhetoric
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025