К содержанию
РецензированоUZ2026

Jizzax vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga mo‘g‘ullar istilosining ta’siri

ISTILOSINING TA’SIRI · Saidov Javohir Olimjon o‘g‘li

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlati tarkibidagi Jizzax vohasiga yurishlarining aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Xorazmshohlar, Chingizxon, Jizzax vohasi, Savdo-sotiq, Ustrushona, Zomin, Chig‘atoy, Xo‘jand. XIII asr boshi Xorazmshohlar imperiyasi o‘z qudratining cho‘qqisiga chiqqan davr hisoblanadi. Bu davrda Ustrushona hududlari, xususan, Jizzax vohasi ham Xorazmshohlar davlati tarkibida edi. Mo‘g‘ullar imperiyasi qo‘shni mamlakatlar hisobiga yanada kengayib bordi. Bunday sharoitda ikki buyuk imperiya to‘qnashuvi muqarrar bo‘lib qoldi. 1218-yilda Chingizxon tomonidan Urganch tomon yuborilgan savdo karvonining O‘tror shahri hokimi Inalxon tomonidan talanishi hamda karvon a’zolarini o‘ldirilishi oqibatida jang boshlanadi [1]. 1219-yilning kuzida Chingizxon (1155-1227) o‘z o‘g‘illari Jo‘chi (1182-1227), Chig‘atoy (1183-1242), O‘qtoy (1186-1241) va uyg‘ur xoni Yediqut, Olmaliq hukmdori Sig‘noq bilan birga 200 ming qo‘shin bilan Sulton Muhammad (1169-1219) mulkiga boradi. Chingizxon qo‘shinlari qadimgi yo‘l bo‘ylab Ili daryosidan o‘tib, Shimoliy Farg‘ona orqali Sirdaryo bo‘yidagi O‘tror shahriga birinchi zarba beradilar va egallaydilar [1:501]. Mazkur yurishlar davrida Jizzax vohasining mo‘g‘ullar qo‘shini tomonidan qay tarzda zabt etilganligi tarixiy manbalarda aniq qayd etilmagan. Jizzax tarixiga oid ayrim nashrlarda Jizzaxni zabt etishga boshchilik qilgan Chingizxonning o‘zi tomonidan bosib olingani tafsilotlari keltirilgan. Jizzax tarixi bo‘yicha tadqiqot olib borgan mualliflar H.Haydarov, Q.Usmonovlar Jizzax vohasi va unga tutash hududlar zabt etilishi bo‘yicha ma’lumot keltirib, Oloq nuyon va Suketu-cherbi boshliq qo‘shinlar 1219-yil dekabrda Binokat shahrini egallab, Ustrushonadagi Xo‘jand shahriga yurish qiladilar. 1220-yilda Xo‘jand egallanib, Ustrushona hududlari zabt etildi, deya ta’kidlashadi [2]. Ushbu davr ma’lumotlarni tahlil etgan ustrushonashunos olim M.Pardayev Jizzax vohasining bosib olinishi xususida fikrlarini bildiradi. Xususan, olimning ta’kidlashicha, Jizzax shahri Buxoro – O‘ror yo‘li bo‘yidagi mudofaa qal’alari tizimiga kirmasligini qayd etadi. Buxorodan kelayotgan karvonlar Samarqanddan o‘tishda tranzit yo‘li Nurota orqali Sharqqa, hozirgi Forish tumanidagi Xonbandi to‘g‘oni yaqinidagi karvonsaroyga (qadimgi Kaltepa arxeologik yodgorligining o‘rni) kelib, so‘ngra Shimolga Sirdaryo chorrahasiga buriladilar. Dovondan o‘tib, O‘trorga ketishadi [3]. Jizzax shahri mo‘g‘ullar tomonidan qanday bosib olingan degan masala bo‘yicha M.Pardayev quyidagicha fikr bildiradi: - “Ibn al-Asir (1160-1233)ning xabar berishicha, Chingizxon Samarqand qamalida o‘z qo‘shini tarkibidagi qamalgan va asir tushganlarga mo‘g‘ul harbiy kiyimini kiyishni buyurgan. Bu vaqtda Chig‘atoy va Ugedey O‘trordan ko‘proq asirlar bilan kelib, Samarqand qamaliga qo‘shiladilar [4]. Movarounnahrning eng qudratli va boy shahri qamalga qo‘shilishga oshiqayotgan Chingizxonning bu ikki o‘g‘lining O‘trorga eng yaqin yo‘l Jizzaxning Ilono‘tti darasi orqali kelgani boshqa yo‘l va marshrutlarga yaqinroqdir. Demak, o‘sha paytda O‘trordan qaytgan mo‘g‘ul qo‘shinlari Jizzaxga bostirib kirishadi. Juvayniyning yozishicha, mo‘g‘ullar istilosi davrida Oloq-No‘yon boshchiligidagi besh ming kishilik qo‘shin Banokatga bostirib kirish uchun yuborilgan. To‘rt kun o‘tgach, shahar mo‘g‘ullarga topshirilgan. Bu mo‘g‘ul otryadining Banokatdan keyingi harakatlarini tahlil qilib, V.Bartold uning Samarqand qamaliga yordamga kelib qo‘shilganligini qayd etadi [4:484]. Demak, Oloq-No‘yon boshchiligidagi qo‘shin ham 463 Jizzaxning Ilono‘tti darasi orqali Samarqandga jo‘natilgan va o‘z vaqtida Jizzaxni bosib olgan. Mo‘g‘ullar istilosi manbalariga ko‘ra, Samarqand zabt etilgandan so‘ng, Chingizxon Xo‘jandga qo‘shin yuborgan. Juvayniyning yozishicha, qo‘shinlar (yigirma ming mo‘g‘ul, yellik ming asir) Xo‘jandni qamal qilib, dastlab O‘trorni, keyinroq Buxoro va Samarqandni zabt etishda qatnashgan” [4:484]. Samarqand bosqinidan so‘ng, dushman qo‘shini Xo‘jand va Farg‘onaga yurish qilib, Ustrushonaning bir qancha shaharlari – Harakana (G‘allaorol), Dizak (Jizzax), Zomin, Sabat (Savot), Xovos (Eski Xovos) shaharlarini bosib oladi [3]. Umumiy holatda mo‘g‘ullar bosqini Jizzax vohasini chetlab o‘tmagan va voha hayotiga salbiy ta’sir etganligini ta’kidlashimiz lozim. XIII asrda mo‘g‘ullarning Movarounnahrga bostirib kirishi Jizzax vohasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, savdo aloqalariga katta ziyon yetkazdi. Mo‘g‘ullar bosqini Markaziy Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi. Movarounnahrning shahar va qishloqlari xarobaga aylantirildi, hunarmandchilik va savdo- sotiq inqirozga uchradi. Dehqonchilik vohalari dala va vodiylar payhon etildi. Chingizxon istilosi O‘rta Osiyoning iqtisodiy aloqalari va savdo yo‘llari faoliyati tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Asosiy savdo va hunarmandchilik markazlarining vayron etilishi, sug‘orish inshootlarining izdan chiqarilishi ichki va tashqi bo

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlati tarkibidagi Jizzax vohasiga yurishlarining aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Chingizxon boshliq mo‘g‘ullarning Xorazmshohlar davlati tarkibidagi Jizzax vohasiga yurishlarining aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jizzakh Oasis, Trade, Chingizxon, Зомин, Chigatoy, Jizzax vohasi, Ходжент., Чигатой, Чингисхан, Genghis Khan, Хорезмшахи, Khojand., Savdo-sotiq, Уструшона, Zomin, Khorezmshahs, Ustrushona, Xorazmshohlar, Chig‘atoy, Торговля, Джизакский оазис, Xo‘jand.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники