Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PIRIMQUL QODIROVNING TARIXIY ASARLARIDA QOʻLLANILGAN ARABCHA KISHI NOMLARI Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli Termiz davlat universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Telefon: +998937616566
NEW RENAISSANCE · ARABCHA KISHI NOMLARI · Nazarov Zokir Muxammat oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida qoʻllanilgan arabcha kishi nomlarining qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chiqishi kabi jihatlarini yoritishni maqsad qildik. Kalit soʻzlar: leksema, semantik, leksik maʼno, leksik tushuncha, sifat, ot, sifatlovchi aniqlovchili, soʻz birikmasi, soʻz turkum. Pirimqul Qodirovning Bobur hayotiga bagʻishlangan tarixiy asarlarida Allohning sifatlari bilan va diniy tushunchalar bilan bogʻliq boʻlgan ismlardan tashqari koʻplab arabcha otli tarixiy shaxslar nomlari va ularning qilgan ishlari xususida ham fikr yuritiladi va baho beriladi. Shuning uchun biz ilmiy tadqiqotimizning ushbu boʻlimini “Boburnoma” asarida keltirilgan arabcha ism shaxslarning nomlarini leksik-semantik va grammatik tahlilini amalga oshirishga bagʻishladik. Ushbu asarda arabcha erkaklar ismlari bilan bir qatorda ayollarning ham ismlari keltirilgan: “Yana bir qiz Ruqiya Sultonbegim derlar edi, ikkalasi mirzoning vafotidan soʻng boʻldilar. “Boridin ulugʻ Robia Sultonbegim edi, Qorakoʻzbegim derlar edi. “ikkinchi qizi Soliha Sultonbegim derlar edi, Oqbegim derlar edi”. “Mehir Nigorxonim bilan Qoshgʻargʻa tushti. Uchinchi qiz Oysha Sultonbegim edi. Boridin kichik qizi Maʼsuma Sultonbegim edi. Habiba Sultonbegim edi. Men Xurosongʻa borgʻanda koʻrub, xushlab, tilab, Kobulgʻa kelturub oldim. Beshinchi qiz Zaynab Sultonbegim edi”. Asardan keltirilgan iqtiboslarda arabcha ayollar ismlaridan “Ruqiya” keltirilgan. Bu soʻz sof arabcha boʻlib, ot soʻz turkumiga mansub. Maʼno jihatidan oʻzbek tiliga “sehr, tutmoq” soʻzlari orqali tarjima qilinadi. Shu bilan birgalikda, mazkur iqtiboslarda “Robiya”, “Soliha”, “Oysha”, “Maʼsuma”, “Habiba”, “Zaynab”, “Mahduma” kabi arabcha boʻlgan ayol kishilar ismlari qayd etilgan. Arab tilida jinslar mavjud. Ayollar jinsiga taaluqli boʻlgan barcha narsalar shuningdek, ismlar ham ayollar jinsidagi predmetlar nomini hosil qiluvchi-a qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasaladi. Shu sababli, har bir ayollar jinsiga mansub boʻlgan predmet, narsa yoki ismlar oxiri 284 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 –a qoʻshimchasiga tugagan boʻladi. Hozirgi kunda ham ayollarning arabcha ismlari oxiri –a qoʻshimchasi bilan yakunlanadi. Bularni eʼtiborga olib, arab tilidagi ayollar (muannas) jinsini hosil qiluvchi qoʻshimchalar oʻzbek adabiy tiliga oʻzlashib, oʻzbek tilida jinslik kategoriyasi boʻlmasa ham, jinslikni ifodalab kelmoqda, deb aytishimiz mumkin. Masalan: Zaif-Zaifa, Feruz-Feruza, Kamol-Kamola, Zarif-Zarifa, Olim-Olima, Shoir-Shoira, Fozil-Fozila kabi. Keyingi iqtibosda keltirilgan ”Soliha” soʻzining leksik maʼnosiga keladigan boʻlsak, “solih” soʻzining ayollar jinsiga mansub leksemasi boʻlib, oʻzbek adabiy tiliga leksik jihatdan Pokiza, Ozoda, diyonatli, taqvodor, xudojoʻy kabi maʼnolarda tarjima qilinadi. Keyingi gapda “Oysha” soʻzi shaxs ismi sifatida qayd etib oʻtilgan. “Oysha” soʻzi ham arabcha boʻlib oʻzbek tiliga yashovchi, barhayot, mustahkam kabi sifat soʻz turkumi ifodalagan leksik maʼnoni anglatadi. Asardan keltirilgan parchada arabcha “Maʼsuma” ismli ayol kishi nomi taʼkidlab oʻtilgan. Maʼsuma soʻzi soʻz turkum jihatidan sifat boʻlib, leksik jihatdan “kamtar, toza, pokiza, tinch kabi maʼnolarni ifodalaydi. Keyingi ism “Habiba boʻlib, bu “habib” soʻziga –a ayollar jinsiga mansub soʻzlarni hosil qiluvchi qoʻshimcha yordamida yasalgan ismdir. Bu ism leksik jihatidan oʻzbek adabiy tilidagi “doʻst, oʻrtoq, sevimli, suyukli” kabi soʻzlar maʼnosiga mos keladi. Navbatdagi ism “Zaynab” boʻlib, bu soʻz har ikkala jinsga taalluqli yaʼni har ikki (ayollar va erkaklar) jinsida ham birdek ishlatiladigan soʻzlar sirasiga kiradi va oʻzbek tilida “kelishgan, goʻzal, chiroyli, toʻla” kabi soʻzlar maʼnosini ifodalaydi. Soʻnggi ism “Mahduma”dir. Bu soʻz arabcha “mahdum” soʻzining ayollar (muzakkar) jinsiga mansub “mahduma” shaklidir. Mazkur shakl “hamd” (maqtov) soʻzidan yasalgan boʻlib, asosiy maʼnosi “maqtalgan, hamd qilingan, madh qilingan” va semantik maʼnosi esa “janob, asilzoda, din ilmining bilimdoni” kabidir. Bundan tashqari, arabcha har-xil soʻzlardan yasalgan erkaklar ismlari ham uchraydi: Mirzoxonni Muborakshoh qalam Zafargʻa tilaganda Abubakr Qoshgʻariyning chopqunigʻa yoʻliqdi(B.N.:28). Ushbu asardan keltirilgan gapda “Abobakr” va “Muborak” kabi kishi ismlari taʼkidlab oʻtilgan. Mazkur ismlarning har ikkalasi ham sof arabcha boʻlib, “muborak”, “baraka” soʻzidan yasalgandir. Bu ism arab tilida faqat erkaklarga qoʻyiladi. Shuning uchun bu soʻz erkaklar ismi sanaladi va oʻzbek tiliga “barakali” kabi maʼnoni anglatadi. Lekin hozirgi kunda ayollarga ham shunday ism qoʻyilmoqda. Abubakr soʻziga keladigan boʻlsak, bu soʻz ham arabcha boʻlib, arab tilida “Abubakr” deb talaffuz qilinadi. Mazkur soʻz asli arab tilida moslashmagan aniqlovchili soʻz birikmasi hisoblanadi va ikki leksik maʼnoni ifodalovchi soʻzga boʻlinadi. Birinchisi “abu” boʻlib, i
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida qoʻllanilgan arabcha kishi nomlarining qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chi…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada hozirgi zamon oʻzbek tilshunosligidagi kam oʻrganilgan muammolardan biri – Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida qoʻllanilgan arabcha kishi nomlarining qoʻllanilishi, uning maʼnosi, tarkibi kelib chi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soʻz turkum., leksik tushuncha, leksik maʼno, sifatlovchi aniqlovchili, semantik, soʻz birikmasi, ot, sifat, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024