К содержанию
РецензированоUZ2026

Interfaol metodlarning pedagogik va psixologik xususiyatlari

Maksimova Natalya Leonidovna

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 3 · 2026

Аннотация

Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot o‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni dunyoqarashini shakllantirish ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishni talab etadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘quvchi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib shunday yozadi: “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. Bilim qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchi dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Hozirgi kunda o‘quvchilar uchun informatsion savodxonlik ta’lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Dars jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishda interfaol metodlarning ahamiyatini o‘rganish orqali, uning mohiyatini ochib berish hamda x darslarda foydalanish mumkin bo‘lgan interfaol metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Interfaol, konstruktivizm, intellect, taksonomiya, mahorat, maket, abstrakt, konseptual, verballingvistik, musiqiy-ritmik intellect Interfaol metodlarning pedagogik-psixologik asosi konstruktivizm nazariyasi (Dj.Dyui), bola intellektining rivojlanishi (J.Piaje), eng yaqin rivojlanish sohasi (L.S.Visotskiy), intellektning ko‘p turliligi (G.Gardner) hamda yuqorida bayon etilgan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi (B.Blum) haqidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lib, ularni bilish va amalda foydalanish har bir o‘qituvchiga o‘z pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun zarur. Pedagogika fanida konstruktivizm nazariy va amaliy yo‘nalishlarga ega. Konstruktivizm nuqtai nazaridan ta’lim — bu fikrlash faoliyati yordamida va shaxsiy tajriba asosida bilimlarni shakllantirib boriladigan faol jarayondan iborat deb hisoblanadi. Bunda haqiqatni bilishga tomon harakat jarayoniga asosiy e’tibor qaratiladi. So‘nggi 30 yil davomida konstruktivizm pedagogikada nazariy hamda amaliy yo‘nalish sifatida ommalashdi. Unga ko‘ra ta’lim o‘quvchining fikrlash faoliyati yordamida bilim yaratiladigan jarayon hisoblanadi. Hech kim hech kimni hech nar saga o‘rgata olmaydi, o‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak. Ta’lim odamlar o‘z tajribasi asosida bilimlarni yaratadigan faol jarayon. Odamlar g‘oyalarni tayyor holda olmaydilar, ularni yaratadilar. Bu g‘oya J.Piajening konstruktivistik nazariyalariga asoslangan. Unga ko‘ra «bola o‘z intellektining me’mori». SHunday qilib, o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘qishiga yordamlashuvchi rahbar bo‘lib qoladi. Bola tajriba va bilimni muammoli ta’lim muhitini tadqiq qilish, turli maketlar, sxemalar tayyorlash, tajribalar o‘tkazish, bahsli savollarga javoblar topish va umu-man, xususiydan umumiyga qarab chiqish, ya’ni bilishning induktiv metodini qo‘llash jarayonida «amalda bajarish» yo‘li bilan o‘rganishi lozim. Bu pedagogik konsepsiya «instrumental pedagogika» nomini olgan. Bolaga stixiyali izlanishlar yo‘li xos va bu uning uchun eng tabiiy yo‘l. Bola mustaqil tadqiqot jarayonida narsalar va hodisalarning xususiyatlari va qadriyatlarni o‘zi uchun kashf qilishi zarur, pedagog esa faqat bolaning savollariga, agar savollar bo‘lsa, javob berishi mumkin. Bilimlarni ta’lim oluvchiga tayyor holda berib bo‘lmaydi, har kim o‘z hayoti davomida o‘zining atrof-muhitni tushunishini konstruksiyalaydi. Aynan shuning uchun har kim o‘z dunyoqarashi, e’tiqodlari bilan betakrordir. 445 Konstruktivizm bola tomonidan yangi bilimlarni o‘rganish bo‘yicha o‘z tajribasi, bilimlari bilan tashqi, noma’lum reallik orasidagi bilish ziddiyatini engib o‘tish jarayonini ifodalaydi. —Konstruktivist o‘qituvchi dars beruvchi o‘qituvchi emas, u ta’lim oluvchilarning muammoli yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyatiga konsultant, tashkilotchi va muvofiqlashtiruvchi hisoblanadi. U o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyati uchun sharoitlar yaratadi va ularning tashabbuslarini har tomonlama quvvatlaydi. O‘quvchilar esa o‘z navbatida, ta’lim jarayonining to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lib qoladilar va ta’lim jarayoni hamda natijalari uchun o‘qituvchi bilan birga javobgar bo‘ladilar. —O‘qituvchi dars maqsadlarini belgilashda tasniflang, asoslab bering, tekshirib ko‘ring, umumlashtiring, tahlil qiling, bashorat qiling, baholang, modelini yasab ko‘ring va shu kabi faoliyat atamalaridan foydalanadi. Ta’lim maqsadlarini hamda o‘quv muammolari va vazifalarini shunday belgilash o‘quvchilarning dars materiali bo‘yicha chuqurroq fikrlashi, ularni mazmunli bahs-munozaraga jalb qilish, o‘z nuqtai nazarlarini, mulohazalarini va taxminlarini aytish motivlarini shakllantiradi. —XX asr oxirida ta’lim oluvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan faol muammoli va izlanishli ta’lim metodlari va shakllarining ommaviy rivojlanishi munosabati bilan D.Dyu rivojlantiruvchi tanqidiy fikrlashni shakllantirish tamoyillari va metodikasini ishlab chiqdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar: —ko‘p ma’nolilikka ega bo‘lish kerak, ya’ni tushunchalar, nazariyalarni so‘zlar, rasmlar, matematik ifodalar yordamida bera olish, istalgan konsepsiyani o‘z so‘zlari yo

Доказательный фрагмент

«Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot o‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni dunyoqarashini shakllantirish ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishni talab etadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bugungi tez o‘zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy hayot o‘quvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni dunyoqarashini shakllantirish ilg‘or pedagogik texnologiyalardan keng foydalanishni talab etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intellect, концептуальный, Interfaol, вербально-лингвистический, интеллект, maket, Интерфаол, intellekt, конструктивизм, махорат, mahorat, konseptual, musiqiy-ritmik intellect, музыкально-ритмик-интеллект, таксономия, musiqiy-ritmik intellekt, taksonomiya, макет, konstruktivizm, abstrakt, абстракт, verballingvistik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники