К содержанию
РецензированоUZ2023

Deviant xulqni tadqiq etishning ilmiy - amaliy tajribasi

Д Рахмонова (Ташкентский Государственный Педагогический Университет имени Низоми)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2023

Аннотация

Maqolada deviant xulqni tadqiq etishning ilmiy-amaliy asoslari, jahon tajribasi va nazariyasi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar; deviant, jamiyat, xulq-atvor, jamiyat normalari Ma’lumki, jamiyat har doim insonning o‘zini tutishi muammosiga alohida e’tibor beradi, chunki insonning ba’zi harakatlari jamiyatda umum qabul qilingan yoki rasmiy ravishda belgilangan ijtimoiy normalarga doim ham mos kelavermaydi. Deviant xulq-atvor masalasining dolzarbligi maxsus yo‘nalishdagi psixologiya - deviant xulq-atvor psixologiyasi doirasida amalga oshirilayotgan muhim ilmiy tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liqdir. Deviant xatti-harakatlar – bu inson xatti-harakatlarining jamiyat yoki guruhlar faoliyatiga, me’yorlar, xulq-atvor qoidalariga, g‘oyalar, va munosabatlarga hamda jamiyat qadriyatlariga mos kelmasligidir. Jamiyat normalari - bu doimiy o‘zgarishlar oldida ijtimoiy tizimni, hayotiy muvozanatni ushlab turuvchi mexanizmdir. Demak, har bir inson jamiyat qoidalariga amal qilib yashashi kerak, aks holda uning xatti-harakatlari qonun – qoidalarga zid sanaladi. Ye.V.Zmanovskayaning “deviantologiya” asarida berilishicha, “deviant – lotin tilida “deviatio” – “rad etish, inkor qilish” ma’nosini angalatadi. Ya’ni, deviant tushunchasi xulqi og‘ganlik, jamiyat hayotidagi me’yorlarni tan olmaslik, unga bo‘ysunmaslik ma’nosida qo‘llaniladi” [1,54 ]. Tom ma’noda “deviant xulq” tushunchasi insonlar xatti-harakatlarining jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy tartib-qoidalardan chetga chiqishi degan ma’noni bildiradi va ushbu tartib- qoidalarga rioya qilmaslik va ularni buzish bilan xarakterlanadi. Deviant xulq-atvor ayniqsa, o‘smir yoshlar uchun ko‘proq xosdir. Mazkur davrda o‘smir yoshlarning shaxsiy xislatlari shakllanadi, uning o‘z-o‘zini anglashi, dunyoni bilishi qaror topadi. Biroq shaxsning shakllanishi va rivojlanishi murakkab jarayon bo‘lib, u ba’zan o‘ziga xos qiyinchiliklar va og‘ishlar, ichki qarama-qarshiliklar hamda ijtimoiy hayotdagi turli vaziyatlarga ko‘nika olmasliklar bilan ham kechishi mumkin. Deviant xulqqa ega bo‘lgan o‘smir yoshlar ko‘pincha maktabda darsga bormaydilar, uydan qochib ketadilar, daydilik qiladilar, tilanchilik bilan shug‘ullanadilar, ichkilikka hamda giyohvand moddalarga ruju qo‘yadilar o‘rganadilar. Shuningdek, ular ko‘proq qonunbuzarlikka moyil bo‘lib, natijada jinoyatga qo‘l uradilar. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, ijtimoiy normalardan chetga chiqish ehtimolligi yuqori bo‘lishining asosiy sabablari nimada? Tadqiqotchi V.D.Mendelevich mazkur masalaning quyidagi sabalarini ajratib ko‘rsatadi” [2,54 ]: – Ijtimoiy tengsizlik- bu aksariyat aholining, ayniqsa yoshlarda turmush darajasining pastlagi, ba’zan baxtsizlik fenomeni bilan ham xarakterlanadi; – Jamiyatning boy va kambag‘allarga tabaqalanishida yoki ishsizlik, inflyatsiya, korrupsiya va boshqalar; – Deviant xulq-atvorning axloqiy omili – bu jamiyatning past axloqiy darajasi, undagi ma’naviyatning yo‘qligi hamda shaxslarda kechadigan “begonalashuv” hissi bilan ham 442 izohlanadi. Demak, ushbu uchala unsur yoshlarda deviatsiya paydo bo‘lishining asosiy sababi sifatida qayd etiladi. Darhaqiqat, global jamiyatda dunyo shiddat bilan rivojlanmoqda. Insonlarning yashash sharoitlari ham tubdan o‘zgarmoqda. Buning uchun insondan o‘ziga xos aql – zakovat va kasbiy bilimdonlik talab etilishi tabiiy holdir. Insonlar o‘rtasidagi bunday tafovut ya’ni ijtimoiy tengsizlik va axloqiy darajaning pastligi o‘z – o‘zidan deviant xulq –atvor paydo bo‘lishiga keng zamin yaratmoqda. Bundan tashqari, insonlardagi axloqning tanazzulga yuz tutishi ommaviy alkogolizm, bo‘shashish, giyohvandlikning tarqalishi, zo‘ravonlik va huquqbuzarliklarning ko‘payishida o‘z ifodasini topmoqda. M.Z.Shogenovning tadqiqotlaridan shu narsa ma’lum bo‘lganki, aksariyat deviant xulqli o‘smirlar kam ta’minlangan oilalardan kelib chiqadi[3,156 ]. Ya’ni bu oiladagi noqulay turmush sharoiti va noto‘g‘ri tarbiya, o‘smir tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishdagi muammolar hamda boshqa hayotiy muvaffaqiyatsizliklar, boshqalar bilan munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar, sog‘liq bilan bog‘liq bo‘lgan turli muammo kabilar ularda ruhiy inqiroz yoki hayot mazmunining yo‘qolishiga olib keladi. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, zamonaviy ijtimoiy fanlarda norma va rollarga mos kelmaydigan xatti-harakatlar “deviant” deb ataladi. “Norma” tushunchasi esa, har qanday xulq og‘ishlarini o‘rganish uchun boshlang‘ich mezondir. N.V.Shaxnazarovaning ta’kidicha, deviant xulq –atvorni tadqiq etish quyidagicha amalga oshadi[4,199]: – Xatti-harakat turi sifatida; – Insonning salbiy xulq-atvori sifatida; – Ijtimoiy hodisa sifatida. Muallif mazkur tasnifda muammoning sof ijtimoiy – psixologik jihatlarini nazarda tutadi. Zamonaviy psixologiyada “deviant xulq”ning quyidagi turlari farqlanadi: 1.Zararli xatti-harakatlar: affektiv harakat, mahrum bo‘lish hissi, o‘z joniga qasd qilish va o‘ziga qaramlik. Insondagi bunday xatti-harakatlar aqliy va shaxsiy rivojlanishdagi og‘ishlar bo‘lib, aqliy zaiflik va psixologik noqulayliklar bila

Доказательный фрагмент

«Maqolada deviant xulqni tadqiq etishning ilmiy-amaliy asoslari, jahon tajribasi va nazariyasi haqida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada deviant xulqni tadqiq etishning ilmiy-amaliy asoslari, jahon tajribasi va nazariyasi haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
behavior, societal norms, jamiyat normalari, xulq-atvor, девиант, общество, deviant, социальные нормы, jamiyat, поведение, society
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники