ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishning tashkiliy huquqiy asoslari
HUQUQIY ASOSLARI · Komilov Dostonbek Ro‘zimboy o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qilinayotgan say harakatlar, ishlab chiqilayotgan yangi qaror va qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek O‘zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda ichki turistlarga berilayotgan imkoniyatlar va eng ko’p mahalliy aholi tashrif buyuradingan O‘zbekistonning turistik maskanlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar:Turistik industriya, turizm siyosati, chora tadbirlar, tarixiy shaharlar,turistlar xavfsizligi, tadbirkorlik faoliyati. O‘zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun investitsiyalarni keng jalb qilish, sohaga innovatsion gʻoya va texnologiyalarni joriy etish hamda mamlakatning boy tabiiy, madaniy va tarixiy merosi resurslari va imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish lozim. Bu borada respublikamizda turizmni rivojlantirish bilan bogʻliq bo‘lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turizmni rivojlantirish borasidagi aniq vazifalari belgilab berildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus farmoni qabul qilindi.[1] Mazkur qabul qilingan huquqiy hujjatlar turizm sohasida yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etish borasidagi mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qaratilgan. Chunki, mamlakatning katta qismida turistik faoliyati bilan shugʻullanishning imkoniyatlari katta. Buning uchun O‘zbekistonda iqtisodiyot sohalarini isloh qilish turizm sohasini boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bogʻliq hisoblanadi. Hamda mazkur yo‘nalishda rivojlanib kelayotgan turizm tarmoqlarini jadal yuksaltirish birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga kiradi. Jahon integratsiyasida faoliyat ko‘rsatayotgan respublikamiz iqtisodiyoti sohasining rivojiga dunyoda yangi iqtisodiy istiqbolli va samarali yangi sohalarni kiritishni zamon va vaqt talab qiladi. Bu esa yangi iqtisodiy tarmoqlardan eng muhimi bo‘lgan turizm sohasini jadal rivojlantirishni talab qiladi. Ma’lumi, bugungi kunda turizm jahon iqtisodiyotining eng rivojlanayotgan muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Chunki, jahonda turizm dunyo bozorida sotilgan tovar va xizmat turlarini 27 foizini tashkil etadi. Turizm sohasi jahon yalpi milliy mahsulotining 11 foizini, jalb qilingan investitsiyalarni 10 foizini, har 16 ish o‘rnining birini hamda dunyo bo‘yicha iste’mol xarajatlarini 11 foizini tashkil qiladi.[2] Turizm sohasi barcha sohalarga ta’sir o‘tkazib, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib oldi. Bunda iqtisodiyotning boshqa sohalari singari turizm sohasi ham muhim tarmoqlardan biri sifatida e’tibor berilib kelindi. O‘zbekistonda turizmni rivojlanishi sohaga bo‘lgan 166 munosabatlarni yildan-yilga ortib borishi bilan belgilanadi. Chunki, O‘zbekiston sharoitida hozirgi iqtisodiy barqarorlikning mavjud bo‘lishi va bu sohani ham jadal sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini tug’dirmoqda. Turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistlik mahsulot yaratilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarmoqdagi zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirib borilmoqda. Ya’ni, turizm sohasidagi islohotlarning birinchi bosqichida tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog’ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Avvalo, davlatning turizm sohasidagi siyosati ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Ya’ni, davlatning turizm sohasidagi siyosati - turizm industriyasi va turizm bozori subyektlarini rivojlantirish, fuqarolarga turizm xizmat ko‘rsatish shakllarini takomillashtirish hamda shu asosda o‘z siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha davlat faoliyatidir.[3] Biroq, turizm siyosati O‘zbekistonning barcha hududlarida amalga oshiriladi. Xususan, alohida subyektlar darajasida undagi mavjud bo‘lgan turizm bilan mintaqa iqtisodiyoti o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi. Hamda davlatning turizm siyosati iqtisodiyot majmualarini rivojlantirish va saqlab qolish, aniq maqsadlarga erishish uchun turizm sohasi faoliyatiga davlat ta’sirining shakllari, usullari va ta’sir qilish yo‘nalishlari yig’indisidan iborat bo‘ladi. Shuningdek, qabul qilingan “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunning 4- moddasidaushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari koʻrsatilgan[4] Mazkur qonunda ta’kidlanishicha, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: - turizm va turistik industriyani rivojlantirish. Bu turizmni rivojlantirish uchun turistik industriya, ya’ni turistlarga xizmat koʻrsatuvchi mehmonxonalar, turistik majmualar, kempinglar, pansionatlar, umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchala
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qilinayotgan say harakatlar, ishlab chiqilayotgan yangi qaror va qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish uchun qilinayotgan say harakatlar, ishlab chiqilayotgan yangi qaror va qonun loyihalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tourism industry, tourist safety, tadbirkorlik faoliyati, безопасность туристов, historical cities, turizm siyosati, Туристическая индустрия, external events, внешние мероприятия, туристическая политика, Turistik industriya, turistlar xavfsizligi, tarixiy shaharlar, tourism policy, chora tadbirlar, предпринимательская деятельность., исторические города, entrepreneurial activity
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙРозимова Кундуз Юлдашевна2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025