К содержанию
РецензированоRU2024

ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ОБРАЗА МИСТИЧЕСКОЙ ЛОГИСТИКИ

SHaxnoza Buriyeva

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article analyzes the essence of the concept of Sufism, its emergence and development in the Islamic world, as well as the first scientific-theoretical views and studies related to Sufism scholars, and describes the process of their development as an image. Key words: shaykh, manoqib, Tabaqati Sufi, religious-educational story. ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ОБРАЗА МИСТИЧЕСКОЙ ЛОГИСТИКИ Аннотация. В данной статье анализируется сущность понятия суфизм, его возникновение и развитие в исламском мире, а также первые научно-теоретические взгляды и исследования, относящиеся к ученым-суфизму, и описывается процесс их развития как образа. Ключевые слова: шейх, манкиб, суфий Табакати, религиозно-просветительский рассказ. Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridayoq tasavvuf va unga aloqador mavzularda bir qator yangiliklar, ilmiy izlanishlar olib borildi. Jumladan, mustaqillikdan so’ng tasavvuf allomalari va ularning ilmiy merosiga yuksak hurmat va ehtirom ko’rsatildi. Xususan, 1993-yilda Xoja Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyi, 2003- yilda Xoja Abdulholiq G’ijduvoniyning 910 yilligi, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning 600 yillik yubileyi keng nishonlandi. Bundan tashqari, 2008- yildan e’tiboran “Naqshbandiya” ilmiy-irfoniy jurnal nashr etilib kelinmoqda. Shuningdek, tasavvuf allomalarining hayoti va faoliyatiga doir asarlar tarjima qilinmoqda. Jumladan, 1991- yil Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” to’plami, 1993-yilda Xoja Bahouddin Naqshband hayot yo’li va ma’rifiy merosini yoritishga bag’ishlangan Muhammad Boqir ibn Muhammad Alining “Maqomati Xoja Bahouddin Naqshband” asari, 2003-yilda Hakim Termiziyning “Manozil ul-ibod min al-iboda” asari, 2004-yilda Xoja Ahror Valiyning to’rt asari jamlanib, “Tabarruk risolalar” to’plami ostida nashr etildi. Shuningdek, I.Haqqulovning “O’zbek tasavvuf she’riyatining shakllanishi va taraqqiyoti (g’oyaviylik, izdoshlik, obrazlar olami)” (1995), A.Abduqodirovning “Tasavvuf va Alisher Navoiy ijodiyoti (Vahdat ul-vujud problemasi bo’yicha)”, K.Mullaxo’jayevning “Alisher Navoiy g’azaliyotida tasavvufiy timsol va badiiy san’atlar uyg’unligi (“Badoye ul-bidoya” asosida)” doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida tasavvuf ta’limotidagi badiiy nafosat, she’riy san’at, ramz va ishoralar xalqimiz uchun ilmiy asosda sharhlanib soddalashtirilgan holda taqdim etilgan. 2 05 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tasavvuf allomalari haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, uning mohiyati, yaratilishi bilan bog’liq ilmiy-nazariy fikrlarni tadqiq etish lozim. Ma’lumki, islom dinining shakllanishi, uning butun sharqqa yoyilishi bir qancha jarayonlarni qamrab olgan. Turk adabiyotshunos olimi Fuad Koprulu o’zining “ Turk adabiyotida ilk mutasavvuflar” nomli kitobida Carra de vauxning ushbu fikrini keltiradi: “Islom dinining yoyilishi jarayonida Erondan boshqa mamlakatlarda ham turli urf-odatlar, e’tiqodiy qarashlar, hind madaniyati, qadimgi yunon faylasuflarining tarjima asarlari asnosida paydo bo’lgan umumiy nazariyalar muhim ahamiyatga ega edi va bularning bari Islom mamlakatlarining har tarafida farqli mazhab va tariqatlar vujudga kelishiga sabab bo’ldi”(1,7-8). Asrlar o’tishi bilan islom dinini qabul qilgan turli madaniyatli xalqlar orasida o’ziga xos e’tiqodiy qarashlar paydo bo’la boshladi Ularning ichida eng ko’p shuhrat qozongani tasavvuf edi. Tasvvuf insonni ruhiy va axloqiy komillikka yo’naltiruvchi ta’limot hisoblanib, islom dini ahkomlari asosida insonning botiniy va zohiriy olamini yuksaltirgan. Ushbu tushuncha dastlab Eronda paydo bo’lib, mashhur tarixchi ibn Xaldunning ta’kidlashicha, tasavvuf “suvf” ya’ni “po’stin”, “jun” so’zidan kelib chiqqan. Qadimdan tarki dunyo qilib, dunyo ne’matlaridan voz kechgan insonlar ustilariga jundan qilingan xirqa kiyishgan. Ya’ni kiyimlarining oddiy odamlarnikidan ajralib turishi tariqatga kirganliklarining belgisi hisoblangan. Ushbu tushunchaning aynan qachon kelib chiqqani haqida aniq ma’lumot yo’q, ammo shunisi aniqki, tasavvuf vakillarining aksariyati sunniy mazhabiga mansub bo’lgan. Xususan, fors shoiri, mutasavvuf olim Abdurahmon Jomiyning ta’kidlashicha, ilk bor Abdulloh ibn Muhammad ibn al Hanafiya “So’fiy“ nomi bilan atalgan. Movarounnahrda islom dini yoyilgandan so’ng Eron va Xuroson orqali tasavvuf ham kirib keldi. Hirot, Nishopur, Marvda hijriy III asrda mutasavvuflar ko’paya boshlagan bo’lsa, hijriy IV asrda Buxoro, Farg’onada ham paydo bo’la boshladi (2,18). Hattoki, Farg’onada turklar o’z shayxlarini bob, ya’ni bobo nomi bilan atashardilar. Xurosonda paydo bo’lgan tasavvuf vakillari ta’sirida turklar orasida ham bu ta’limot yoyila boshladi. Mashhur so’fiy Abu Said Abul Hayrining ziyoda hurmat qilgan insonlaridan bo’lgan Muhammmad Mashuq Tusiy va Amir Abu Holislar turk edilar (3,275). Ayni shu kabi omillar asnosida turklar orasida ham tasavvuf ta’limoti asta-sekin kengayib bordi va Buxoro, Samarqand kabi buyuk islom markazlaridan butun O’rta Osiy

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the essence of the concept of Sufism, its emergence and development in the Islamic world, as well as the first scientific-theoretical views and studies related to Sufism scholars, and describes t…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the essence of the concept of Sufism, its emergence and development in the Islamic world, as well as the first scientific-theoretical views and studies related to Sufism scholars, and describes t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaykh, manoqib, Tabaqati Sufi, religious-educational story
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники