Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
КРАТКИЕ МЫСЛИ О СТРАХОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ
Kamolova Shaxlo Tirkashevna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
In this article, the author briefly points out the relationship with insurance, the concept of insurance, the provisions established in some of our legislation, including the Constitution, the Civil Code of the Republic of Uzbekistan, the law of the Republic of Uzbekistan on insurance activities. Key words: insurance, economic category, insurer, insurer, beneficiary, voluntary insurance, compulsory insurance, reinsurance. КРАТКИЕ МЫСЛИ О СТРАХОВЫХ ОТНОШЕНИЯХ Аннотация. В данной статье автором кратко рассмотрены отношения, связанные со страхованием, понятие страхования, правила, установленные в некоторых наших законодательных актах, в том числе в Конституции, Гражданском кодексе Республики Узбекистан, Законе Республики Узбекистан “О страховой деятельности”. Ключевые слова: страхование, экономическая категория, страхователь, страховщик, бенефициар, добровольное страхование, обязательное страхование, перестрахование. Bugungi kunda sug‘urta munosabatlari jamiyat hayotidagi ijtimoiy munosabatlarning bir turi sifatida ancha rivojlangan, madaniy tus olgan, o‘zining qonunchilik mexanizmiga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Maʼlumki, sug‘urta jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy manfaatlarini himoya qiluvchi samarali vosita biri sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Avvalo, sug‘urta mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlari tizimida salmoqli ahamiyat kasb etadi va moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Odatda, moliya yalpi ichki mahsulotni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida vujudga keladigan maqsadli pul fondlarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarini ifodalasa, kredit aholi, korxona, tashkilotlar ixtiyoridagi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlarining majmui hisoblanadi. Sug‘urta deganda esa oldindan bilib bo‘lmaydigan tabiiy va boshqa hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘riladigan zararlarning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq maqsadli pul fondlarini shakllanishi va undan foydalanish bo‘yicha pul munosabatlari yig‘indisi tushuniladi. prof. H.Sobirov ilmiy adabiyotlarda sug‘urta tushunchasiga quyidagicha taʼrif beradi: “ko‘pchilik adabiyotlarda sug‘urta so‘zi xavf-xatar, dahshat, vahima maʼnosida ishlatiladi, chunki 2 02 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ko‘rsatilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodisalar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zarar yetkaziladi. Lekin sug‘urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki bular orasida vujudga kelgan va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda zararlar va ularni kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar, zarar natijasida vujudga kelgan kamomadning o‘rnini to‘ldirish, bu yo‘nalishda yuzaga keladigan sug‘urtalovchi tashkilotlar va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘zda tutiladi”1. O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabr O‘RQ-730-son “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi2 da sug‘urta bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlardagi asosiy tushunchalar xususida taʼriflar keltirilgan va unga ko‘ra, sug‘urta deganda muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar majmui tushuniladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasning Fuqarolik kodeksining ham bir qator moddalari, jumladan, 914-961-moddalari bevosita sug‘urta bilan bog‘liq fuqarolik huquqiy munosabatlari tartibga soladigan normalarni belgilab beradi. Sug‘urta faoliyati bu sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining sug‘urtani va qayta sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatidir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq, sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘urta tashkiloti (sug‘urtalovchi) bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Demak bu munosabat shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Qonunchilikka asosan sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi. Ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslarga, ularning roziligi bilan ko‘rsatiladi. Ixtiyoriy sug‘urta turlariga yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki sug‘urtasi, transport vositalarisug‘urtasi, hayot sug‘urtasi, moliyaviy va tadbirkorlik risklari sug‘urtasini misol tariqasida keltirish mumkin. Ixtiyoriy sug‘urtadan farqli ravishda majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlariga asosan o‘tkaziladi va bunda ko‘rsatilgan yuridik hamda jismoniy shaxslarning manfaati ularning irodasidan qatʼi nazar, majburiy sug‘urta qilinadi. Sug‘urta turi deganda sug‘urta tashkiloti tomonidan bir yoki bir nechta sug‘urta klasslari doirasida ishlab chiqilgan va taqdim e
Доказательный фрагмент
«In this article, the author briefly points out the relationship with insurance, the concept of insurance, the provisions established in some of our legislation, including the Constitution, the Civil Code of the Republ…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the author briefly points out the relationship with insurance, the concept of insurance, the provisions established in some of our legislation, including the Constitution, the Civil Code of the Republ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insurance, economic category, insurer, insurer, beneficiary, voluntary
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025