Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ОБЯЗАТЕЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ ГРАЖДАНСКОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ПЕРЕВОЗЧИКА
Rahmonova Zulfiya Bahromovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
The author of this article reflected on insurance related to the activities of individual entrepreneurs, including LLC, which provides passenger and cargo transportation services in the private sector, which is rapidly developing in the conditions of today's market economy. Key concepts: passenger, freight, carrier, civil liability, accident, traffic accident, compulsory insurance. ОБЯЗАТЕЛЬНОЕ СТРАХОВАНИЕ ГРАЖДАНСКОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ПЕРЕВОЗЧИКА Аннотация. автор данной статьи рассуждал о страховании, связанном с деятельностью индивидуальных предпринимателей, а также ООО, предоставляющее услуги пассажирских и грузовых перевозок в частном секторе, которое стремительно развивается в условиях сегодняшней рыночной экономики. Ключевые понятия: пассажир, доставка, перевозчик, гражданско-правовая ответственность, авария, дорожно-транспортное происшествие, обязательное страхование. Sug‘urta haqida gap ketganda, darhol muayyan baxtsiz voqea-hodisalar yuz berishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlarni tushunamiz. 87 Qonunchiligimizda sug‘urtaning turli ko‘rinishlari haqidagi qoidalar belgilab berilgan bo‘lib, ulardan biri tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 26 mayda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘RQ-386-son Qonun 1 i, Ushbu qonun ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 sentyabrda 266-son “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida qarori 2 qabul qilindi hamda ushbu qaror bilan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonunida mazkur sug‘urtaning mazmun-mohiyatini aniqroq tushunish uchun baʼzi atamalarning huquqiy mazmuni ko‘rsatib berilgan. Avvalo, tashuvchi kim? Tashuvchi bu mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda transport vositasiga egalik qiladigan, qonunchilikka muvofiq yo‘lovchilarni hamda ularning mol-mulkini tijorat asosida tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan va buning uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati bo‘lgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Mazkur sug‘urta bilan nimalar sug‘urtalanadi? Demak, aholiga yo‘lovchi yoki yo‘lovchilarning mol-mulkini tashish bilan bog‘liq xizmatni ko‘rsatish jarayonida baxtsiz hodisalar, yo‘l-transport hodisalari yuz berishi natijasida tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilishi davrida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararlarni qoplashga qaratilgan sug‘urta turini tushunishimiz lozim. Tashuvchi faoliyatini yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun o‘z fuqarolik javobgarligini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlanguniga qadar belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart hisoblanadi. Shu o‘rinda yana bir normani aytib o‘tish kerak, basharti tashuvchilarning fuqarolik javobgarligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga muvofiq tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish yuzasidan belgilangan sug‘urta pulidan kam bo‘lmagan miqdorda sug‘urtalangan bo‘lsa, ularga nisbatan tashuvchining o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish majburiyati tatbiq etilmasligi belgilandi. 1 O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonuni 2015 yil 26 may O‘RQ-386-son. lex.uz›docs/2652779. 2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2015 yil 15 sentyabr 266- son qarori. https://lex.uz/docs/2752511. 88 Ushbu sug‘urta turida yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan chog‘dagi mulkiy manfaatlari tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bilan bog‘liq munosabatlarning subyektlari sifatida tashuvchi, sug‘urtalovchi, yo‘lovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchilar eʼtirof etiladi. Mazkur sug‘urta munosabatlari ham fuqarolik-huquqiy munosabat bo‘lganligi sababli shartnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi. Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi ommaviy shartnomalardan hisoblanadi. Tash
Доказательный фрагмент
«The author of this article reflected on insurance related to the activities of individual entrepreneurs, including LLC, which provides passenger and cargo transportation services in the private sector, which is rapidl…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe author of this article reflected on insurance related to the activities of individual entrepreneurs, including LLC, which provides passenger and cargo transportation services in the private sector, which is rapidl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sug urta, fuqarolik javobgarligini, tashuvchining fuqarolik, javobgarligini majburiy, majburiy sug, urta qilish, qilish risida
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026