Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 203-guruh talabalari. Toʻlanova Mahliyo
Ababakirova Feruzabonu · Muhammadjonova Madinabonu · Toʻlanova Mahliyo (Andijon davlat pedagogika institute,)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This thesis discusses the concept of pedagogical ability and the types of pedagogical ability, the teacher's will, patience, his self-will and the ability to influence others, abilities and intelligence, the teacher's development of his abilities. Keywords: ability, pedagogical ability, pedagogical skills, intelligence, creativity, activity, teacher's will. KIRISH. Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi. 702 Aprel, 2025-Yil Demak, qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yig`indisi hisoblanadi. Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u shubhasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi. O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi - pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zehn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi. Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo‘linadi: 1. Maxsus qobiliyatlar; 2. Umumiy qobiliyatlar. Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo‘lmog`i va uni rivojlantirilib borilmog`i lozim. Bilish qobiliyati – fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va boshqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Tushuntira olish qobiliyati – o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki problemani aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg`otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim. 703 Aprel, 2025-Yil Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsani o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi. Kuzatuvchanlik qobiliyati – o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko‘zata olish qobiliyati. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi belgilar asosida, o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham faxmlab oladi. Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr hamda his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim. Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi. Obro‘ orttira olish qobiliyati – o‘quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‘sir ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosda emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va boshqa asosida ham qozonadi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat‘iyligi, talabchanligi va boshqalarga) o‘quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini his etishga ham bog‘liqdir. O‘quvchilar ko‘pollik qilmaydigan,
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the concept of pedagogical ability and the types of pedagogical ability, the teacher's will, patience, his self-will and the ability to influence others, abilities and intelligence, the teacher's…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the concept of pedagogical ability and the types of pedagogical ability, the teacher's will, patience, his self-will and the ability to influence others, abilities and intelligence, the teacher's… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ability, pedagogical ability, pedagogical skills, intelligence, creativity, ijodkorlik, pedagogik qobiliyat, pedagogik mahorat, o‘qituvchi irodasi., zehn, faoliyat, qobiliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025