К содержанию
РецензированоRU2020

Zamonaviy shaxsni tarbiyalsh аhloqiy fаzilаtlаrni yuksаltirish tamoyillari

YUKSАLTIRISH TAMOYILLARI (автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.) · Ortiqov O.X. (автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.) · Mamatqulov Z. (автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.) · O‘z MU Jizzax filiali talabasi (автореферати. Тошкент, 2018. 13-14 бетлар.)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2020

Аннотация

Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini, ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi ifodalangan. Kalit so‘zlar: Milliylik, taʼrbiya, huquq normalari, innovatsiya,individualizm, sogʼlom avlod,ilm-maʼrifat, ma’naviy tahdid. Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash mumkin bo’ladi. Bugungi davr jahon xalqlati hayoti tez suratlarlarda o'zgarib borayotgan, shu kungacha boshidan kechirgan jamiyat bosqichlaridan tubdan farq qiladigan o'ta tezkor, shiddatli va butun murakkabliklarni to'la namoyon qilayotgan tarixiy davrda yashamoqda. Keyingi yillarda 430 "globallashayotgan dunyo", "global jamiyat", "global integrasiya", global taraqqiyot" kabi so'zlar, tushunchalar tildan tushmay qoldi. Insoniyat yangi bir voqelikka - global o'zgarishlar davriga duch kelib, uni anglashga, undagi ijobiy jihatlardan unumli foydalanib taraqqiyotini ta'minlashga intilmoqda. Ammo global o'zgarishlarni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to'la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, milliy g'oyaga salbiy ta'sir etuvchi belgilarga ega. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat,milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.Ta’lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Azaliy qoida mavjudki yoshlar tarbiyasi, ularni ilmli va har tomonlama etuk qilib voyaga etkazish barcha zamonlarda muhim vazifa hisoblangan. Mutafakkirlarimiz tomonidan yozib qoldirilgan bunday nodir asarlaro'sib kelayotgan yosh avlodni salbiy illatlardan asrab, axloqan pok, haqiqiy inson bo'lib etishishlariga undagan.Bugun maʼnaviyat va yoshlarningahloqiy tarbiyasi haqida soʼz borar ekan, bu xaqdagi bilimlarimizni takomillashtirish, dunyoqarashimizni kengaytirish hamda yoshlarni ana shu yoʼlda birlashtirish, kamol toptirishda milliy gʼoya xususida toʼxtalish muhimdir. Chunki taraqqiyot va texnika asri deb atalmish XXI asr yoshlari qalbida maʼnaviy boylik, komil inson darajasiga erishish, yurt-u xalqqa sadoqat hamda muxabbat tuygʼularini shakllantrishdek ezgu maqsad yotadi. Faxrlanarli tomoni shundaki, bunday muqaddas tushunchalar yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va bunyodkorlik ishlari bilan uygʼunlashib bormoqda. Adabiyotshunos olim Abdurauf Fitrat “Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi bolalikdan o'z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq. Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o'xshaydi, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar”, deydi.Inson ahloqiy fazilatlari samarasi borasidagi bildirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, tashqi olamning goʼzalligi inson ichki olamining goʼzalligi samarasidir-tashqi olamning vayronligi inson ichki olamining xunkligidir. Bu boradagi insonning ezgi fazilatlarini roʼyobga chiqarish borasidagi yosh avlodning taʼlim -tarbiya jarayonlari uzluksizligi amalda keng yoʼlga qoʼyilganligini ijobiy ishlardan deb baholash mumkin. Аyni paytda yana va yana global koʼlamlarda aynan yoshlar tarbiyasida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini tan olishimiz, eʼtirof etishimiz kerak. Oʼzi va oʼzgalarning taqdiriga, kelajagiga befarqlik, shafqatsizlik, ishyoqmaslik, halol mehnatdan boʼyin toblash, axloqsizlik, yengil-yelpi va boshqalar hisobiga kun kechirish, giyohvandlik, oʼgʼirlik, jinoyatchi guruhlar, ekstremistlar vaterroristlar faoliyatida ishtirok etish ham jamiyatning aynan navqiron yoshdagi aʼzolarini oʼz domiga tortayotgani sir emas. Ilm o

Доказательный фрагмент

«Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini, ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishnin…»

Образец извлечения

Демо-превью

Zamonaviy shaxs, etuk barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalaridan ta‟lim –tarbiya, tarbiya mohiyati, fuqarolikpozitsiyasi, vatanparvarlik tuygʼularini, ularda mafkuraviy-maʼnaviy immunitetni shakllantirishnin… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
индивидуализм, sogʼlom avlod, Национальность, правовые нормы, education, innovation, инновации, духовная угроза, individualism, здоровый поколение, taʼrbiya, knowledge, huquq normalari, spiritual threat, Nationality, образование, Milliylik, legal norms, ilm-maʼrifat, individualizm, знание, innovatsiya, ma’naviy tahdid, healthy generation
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3