Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yoshlar ijtimoiy faolligining ahamiyati
IJTIMOIY FAOLLIGINING AHAMIYATI · Orif Shukurov
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2012
Аннотация
Maqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va tavsiflar berilgan. Kalit so‘zlar: globallashuv, yoshlar, dunyoqarash, jamiyat, islohotlar, ijtimoiylashuv, innovatsiya, tashabbus, mas’uliyat. Bugungi kunda milliy yuksalish va ijtimoiy rivojlanish jarayonlarida fuqarolarning, ayniqsa, yoshlar o‘zlarining ijtimoiy faolligi, fuqarolik mas’uliyati va huquqiy madaniyati bilan ishtirok etishi muhim mezon ekanligi ko‘rinib qolmoqda. Zamonaviy sharoitda islohotlarning yangi bosqichga ko‘tarilgan davrida jamiyatda yoshlarning Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, irodalilik, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni shakllantirish, ma’naviy jihatdan ma’suliyatini shakllantirish muhim masala hisoblanadi. 428 Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda jamiyatda yoshlarning ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zlarining munosib ishtiroki muhim hisoblanadi. Bu jarayonda yoshlarning qarashlari, manfaatlari, ijtimoiy faolliklarida o‘sish darajalari sezila boshlaydi, yoshlar jamoalari faoliyatida hamjihatlik ta’minlanadi. Ijtimoiy va siyosiy jihatdan barqaror, ma’naviy sog‘lom jamiyat yoshlarining ijtimoiy ongi va dunyoqarashi rivojlanib boradi, bu esa, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Sog‘lom va barkamol yoshlar jamiyatda ijtimoiy taraqqiyotda xizmat qiladigan muhim kuch bo‘lib maydonga chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida zamonaviy sharoitda islohotlar amaliyotini samarali ta’minlashda yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini yuksaltirish, fuqarolik mas’uliyati va innovatsion tashabbuskorligini oshirish lozimligi yuzasidan quyidagilarni ta’kidlaydi: “Umuman, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz”[1]. Jamiyatda islohotlar samaradorligini oshirish, milliy yuksalish tamoyillarini ro‘yobga chiqarish, barqaror taraqqiyot sur’atlarini ta’minlashda yoshlarni innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy jarayonlarning to‘laqonli ishtirokchisiga aylantirish taraqqiyotga oid tamoyillarni amaliy asoslarini namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu ma’noda “Mehnat unumdorligini oshirish, sifatini yaxshilashga va insonning ijodiy tashabbuskorligiga ko‘maklashuvchi inson omilini faollashtirish ushbu ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy vazifalarning to‘g‘ri, ilmiy asoslangan holda qo‘yilishi bilan bog‘liqdir” [2]. Jamiyatda yoshlar ijtimoiy faolligini yuksaltirishda ularni ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy, huquqiy va ma’naviy bilimlarini rivojlantirish, ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularni zamonaviy ijtimoiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq qonuniyatlar amal qiladi. Yoshlar bilan bog‘liq tizimlarni rivojlantirishni ta’minlashning mexanizmlari amaliyotga tadbiq etishda yoshlarning ma’suliyatsizligini vujudga kelishining oldini olish, bu sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha ilmiy xulosalarni berish tadqiqot ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. A.Saitkasimovning ta’kidlashicha, “Fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil qilish, uni jamiyat siyosiy jarayonlarida o‘ziga xos o‘ringa ega ekanligini hamda mamlakatda barqaror muhitni asrash borasida asosiy vazifalardan birini bajarishi bo‘yicha tegishli xulosalarni berish muhim ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzini, xalqimizning tinchligi, osoyishtaligi, faol mehnat munosabatlari va ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirib borish bilan bog‘liq jarayondir” [3]. Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, ularning huquqiy va ma’naviy faolligini oshirishda mamlakatimizda fuqarolar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat, jamoat, nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘ziga xos mas’uliyati, vazifalari va xatti-harakatlari muhim ahamiyatga egadir. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzini, xalqimizning tinchligi, osoyishtaligi, faol mehnat munosabatlari va ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirib borish bilan bog‘liq jarayondir. Ijtimoiy faollikini shakllantirishning muhim xususiyatlaridan biri yoshlar mas’uliyatini yuqori bo‘lishidir. Jamiyatda ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda yoshlar o‘zlarining faolligini namoyon etishi ularning tafakkuri, innovatsion bilimlari, ma’naviy qarashlari, axloqiy tarzidan, milliy manfaatlarni anglashidan kelib chiqadi. B.Mamatyusupovning ta’kidlashic
Доказательный фрагмент
«Maqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha t…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash sharoitida yoshlarning jamiyatning turli sohalarida faolligi va ijtimoiylashuv xususiyatlarini shakllanishi tadqiq qilingan, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha t… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- социализация, islohotlar, innovation, глобализация, dunyoqarash, общество, jamiyat, socialization, globalization, youth, initiative, outlook, реформы, globallashuv, yoshlar, новаторство, tashabbus, reforms, инициативность, мировоззрение, ответственность., молодежь, innovatsiya, ijtimoiylashuv, responsibility., mas’uliyat, society
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025