Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Oʼquvchilarda leksik kompetensiyalarni rivojlantirishning nazariy modeli
based Europe, paragraph · /(INI)). European Parliament Documents · Explanatory Statement · NAZARIY MODELI. (6. Смирнова Е.В. Социальная ответственность бизнеса в странах Центральной) · Odiljonova Kamola Abduvosit qizi (6. Смирнова Е.В. Социальная ответственность бизнеса в странах Центральной)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 3 · 27-38 · 2001
Аннотация
Ushbu maqolada ona tili bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosi umummadaniyatining zaruriy elementi bo‘lib, umumta’lim maktabini tamomlagan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotning turli jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan erkin, samarali, o‘rinli foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish kabi zaruriy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlari kerakligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: bilim, ko‘nikma, malaka, metodika, maktab ta’limi, savodxonlik, kompetensiya, leksika. Dunyo til ta’limi nazariyasida lingvistik kompetensiyalar sirasida so‘z turkumlari tasnifi, so‘zning leksik va grammatik ma’nolari, morfologik shakllari, kategoriyalariga doir yuksak bilim, malaka va ko‘nikmalar majmuyi bo‘lgan leksik kompetensiyaning muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga egaligi e’tirof etilgan. Leksik kompetensiya o‘quvchilarning nafaqat leksikologiyaga oid, balki fonetik, morfologik, morfemik, sintaktik, uslubiy kompetensiyalarini aloqadorlik, bog‘liqlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida mukammallashtiruvchi, takomillashtiruvchi va rivojlantiruvchi hamda ularda faol ijodiy, mustaqil, tanqidiy fikrlash, izlanuvchanlik sifatlarini shakllantiruvchi mohiyatga egaligi bilan tavsiflanadi. Shuni nazarda tutgan holda ona tilini o‘qitish jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash, o‘quvchilarda nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishning ilmiy-metodik tizimi va zamonaviy texnologiyalarini yaratish muhim omil hisoblanadi. O‘zbek tili metodikasida leksikologiyani o‘qitishga mavjud adabiyotlarda alohida e’tibor berilgan o‘rinlar ko‘p uchraydi. Masalan, A.G‘ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova,N.Alavutdinova, V.Karimjonovalarning “Ona tili o‘qitish metodikasi”[1] nomli darsliklarida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tilini o‘qitish sohasida yuz bergan 426 yangiliklar va o‘zgarishlar hisobga olingan holda bu fanni o‘qitishning metodik jihatlari bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy ma’lumotlarni amaliyotga tatbiq etish usullari, maktabda leksikologiyani o‘qitishning ahamiyati va vazifalari haqida ma’lumot berilgan. B.To‘xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodovalarning “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”[2] deb nomlangan o‘quv qo‘llanmasida talabalar va o‘quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, ona tili mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, til darslari samaradorligini hozirgi zamon talablari darajasiga olib chiqish va leksikologiyani o‘qitish usuli hamda vositalari bilan birgalikda darslarda foydalanish uchun topshiriqlar va testlar berilgan. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, Sh.Sariyevlarning “Ona tili o‘qitish metodikasi”[3] darsliklarida boshlang‘ich sinf ona tili o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o‘rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish metodikasi, imlo o‘qitish metodikasi va o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi ta’limi oldiga qo‘yilgan zamonaviy talablar keltirilgan. O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyevlarning “Ona tili didaktikasi”[4] darsliklarida ona tili didaktikasining tamoyillari xususida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, ona tili ta’limida foydalanish mumkin bo‘lgan metodlar, ona tili ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, lingvistik mashq va ularning turlari, ta’lim texnologiyasi, ta’limni optimallashtirish kabi masalalar ham o‘z ifodasini topgan. M.Abduraimova, M.Qodirov, G.Abdumatovalar muallifligida yaratilgan “Ona tili. 8-sinf. O‘qituvchi metodik qo‘llanmasi”[5] da “Mustaqil so‘z turkumlari” mavzusini takrorlashda amaliy topshiriqlardan foydalanish bo‘yicha namunalar keltirilgan. T.Almamatov, Q.Yadgarov, Sh.Almamatova hammuallifligida yaratilgan “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi nazariyasi jadvallarda va saytlarda”[6] deb nomlangan o‘quv qo‘llanmada o‘zbek tili o‘qitish metodikasining nazariy kursi – ma’ruza materiallari ko‘rgazmali tarzda aks ettirilgan. Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta’lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta’lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Barcha fanlar qatori ona tili bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosi umummadaniyatining zaruriy elementi bo‘lib, umumta’lim maktabini tamomlagan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotning turli jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan erkin, samarali, o‘rinli foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish kabi zaruriy bilim, ko‘nikma hamda malakalarga ega bo‘lishlari kerak. Buning uchun esa, ona tili mashg‘ulotlarini shu talablar asosida tashkil etilishiga e’tibor qaratilmog‘i zarur. Amaldagi ona tili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ona tili bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosi umummadaniyatining zaruriy elementi bo‘lib, umumta’lim maktabini tamomlagan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotning turli jabhalarida…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ona tili bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosi umummadaniyatining zaruriy elementi bo‘lib, umumta’lim maktabini tamomlagan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotning turli jabhalarida… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- leksika., competence, literacy, knowledge, savodxonlik, словарный запас., skills, methodology, компетентность, vocabulary., malaka, kompetensiya, maktab ta’limi, ko‘nikma, школьное образование, metodika, bilim, знания, грамотность, school education, умения, методика
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026