К содержанию
РецензированоUZ2026

Xalqaro huquqda tmklarning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasini takomillashtirishning ayrim masalalari (Oʻzbekiston misolida)

Комрон Нигматов (Университет мировой экономики и дипломатии)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 7 · 1-15 · 2026

Аннотация

Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun ularning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi jahon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida tahlil qilindi. Tahlillar Oʻzbekistonda bu javobgarlik turi xayriya va ehson sifatida tushunilishi aniqlandi. Shuning uchun, bu javobgarlikni milliy xususiyatlardan kelib chiqib, takomillashtirish masalasi oʻrganib chiqildi va yangi gipoteza ilgari surildi. Tadiqot davomida sotsiologik soʻrov va boshqa ilmiy uslublardan foydalanilgan. Mamlakatda inson huquqlarini transmilliy korporatsiyalardan (TMK) himoya qilishda xalqaro huquqni rivojlantirish ehtiyoji asoslantirilgan. . Kalit soʻzlar: transmilliy korporatsiyalar, inson huquqlari, ijtimoiy javobgarlik, davlat, xalqaro huquq, BMT, davlat. TMKlarning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi (KIJ) dastlab rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Gʻarbiy Yevropa, Avstraliya va h.k.) paydo boʻlib, ushbu davlatlarda atrof-muhit himoyasi, inson huquqlari va boshqa global muammolar jamoatchilik eʼtiborini tortgan. havo va suvni ifloslanishi, chiqindilar koʻpayishi, ish sharoitlariga oid inson huquqlari buzilishi va plastmassalar okeanlarni toʻldirishi natijasida uglerod dioksidi koʻpayib, iqlim salbiy tomonga oʻzgargan va bu uchun hukumatlar koʻproq javobgarlikni talab qilishgan. Bu orqali ekologik “brend”lar yoki “eko-tamgʻalash”dan foydalanish jarayoni keng tarqalib, ular orqali u yoki bu tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq ijtimoiy yoki ekologik jarayon isʼtemolchi ongiga singdiriladi [1]. Ijtimoiy javobgarlik konsepsiyasi oʻzining rivojlanishi yoʻlida 3 bosqichni bosib oʻtdi. Birinchi bosqichda asosan kompaniyalarning qisqa muddatli manfaatlari va maqsadlariga, ikkinchi bosqichda esa tadbirkorlikning uzoqmuddatli rejalariga eʼtibor qaratildi. Amaldagi uchinchi bosqich tadbirkorlikdan jamiyat hayotining muhim masalalarida, xususan kambagʻallik, atrof-muhit ifloslanishi va boshqa masalalarida foydalanishni maqsad qilgan [8]. Yevropa Komissiyasining “Korporatsiyalarning ijtimoiy javobgarligiga oid Yashil kitobi”da ijtimoiy javobgarlik tushunchasiga quyidagicha taʼrif berilgan: “ijtimoiy (sotsial) javobgarlik konsepsiyasi orqali kompaniyalar ixtiyoriy asosda yanada mukammallashgan jamiyat qurilishi hamda yanada sof atrof tabiiy muhitni yaratilishiga oʻz hissalarini qoʻshadilar” [9]. KIJ doirasida Yevropa komissiyasi va biznes yetakchilari oʻrtasida “Yevropa biznes Deklaratsiyasi” imzolandi. Lissabonda qabul qilingan maxsus murojaatnomada barqaror rivojlanish, teng imkoniyatlar, mehnatni tashkil etish va oʻquv usullarini takomillashtirish uchun ijtimoiy javobgarlik masalalari koʻtarildi. [6]. Yevropa komissiyasi KIJ boʻyicha Yashil kitobi va KIJ boʻyicha Yevropa Ittifoqi strategiyasiga oid Hujjatini qabul qildi [7]. Oʻzbekistonda bu tushuncha mamlakat uchun yangi ekanligi va kam sonli tadbirkorlar undan xabardor ekanligini hamda oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovga asoslanib, respondentlarning aksariyati KIJni homiylik sifatida tushunishili qayd etildi. [2]. Anʼanaviy yondashuvga koʻra, xalqaro huquq davlatlar va kam holatlarda jismoniy shaxslarga majburiyatlarni yuklasada, fikrimizcha, xalqaro huquqiy tizim TMKlar uchun ham majburiyatlarni belgilay oladi. Nazarimizda, xalqaro huquq bunday majburiyatlar bilan TMKlarni taʼminlay oladi va taʼminlashi ham kerak. Amerikalik olim A. Keroll tomonidan kashf etilgan “KIJ piramidasi”ga koʻra, KIJ bu iqtisodiy, huquqiy, axloqiy va xayriya javobgarligidan iborat. Daromad davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq qonuniy ravishda olinishi kerak, bu biznesning huquqiy javobgarligi hisoblanadi. Axloqiy javobgarlik TMKning barcha manfaatdor tomonlarga va birinchi navbatda jamiyatga nisbatan axloqiy xatti-harakatlarini anglatadi. Axloqiy xatti- harakatlar qonun bilan belgilanmagan boʻlsa-da, koʻplab kompaniyalar oʻz xodimlarining axloqiy va axloqsiz xatti-harakatlarni ajrata olishlari uchun “axloq kodekslarini” ishlab chiqadilar. Xayriya majburiyatlari bu jamiyat turmush darajasini yaxshilashga hissa qoʻshadigan TMKning ixtiyoriy faoliyati (xayriya, homiylik, ijtimoiy loyiha va h.k.) tushuniladi. [3]. Qozogʻistonda korxonalarda korporativ ijtimoiy javobgarlikni joriy etish masalarini tahlili korporativ ijtimoiy javobgarlikning qozoq modeli ishlashi uchun korporativ ijtimoiy javobgarlik siyosatini ishlab chiqishda tizimli yondashuvni shakllantirish kerakligini koʻrsatdi. Qozogʻistonda KIJ global tendensiyalarga muvofiq rivojlanayotgan boʻlsada, ammo bu jarayon 424 tezroq kechishi mumkin. Sohadagi eng asosiy muammolar qatorida, masalan, KIJni rivojlantirish siyosatini shakllantirishda tizimsiz va tartibsiz yondashuv, davlat va biznes oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jarayonlarining toʻliq ochiq emasligi, KIJni ragʻbatlantirish boʻyicha mavjud iqtisodiy chora-tadbirlarning asossizligi va fuqarolik jamiyati sektorining jarayonga sust jalb etilishi sanab oʻtilgan. Muammoning yechimi sifatida aynan tizimli yondashuv zarurligi va davlatning ragʻbatlantirish siyosatiga aralashuvini toʻliq

Доказательный фрагмент

«Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun ularning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi jahon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalarning inson huquqlarini buzganlik uchun ularning ijtimoiy javobgarligi konsepsiyasi jahon, Qozogʻiston va Oʻzbekiston miqyosida tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
state., государство, state, davlat., BMT, inson huquqlari, social responsibility, транснациональные корпорации, ijtimoiy javobgarlik, ООН, xalqaro huquq, социальные ответственность, международное право, UN, davlat, государство., international law, human rights, transnational corporations, transmilliy korporatsiyalar, права человека
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3