К содержанию
РецензированоRU2024

ELEKTRON LUGʻATLARNING TADRIJIY TARAQQIYOTI Abduvali Mamarajabov TerDU oʻqituvchisi.

Abduvali Mamarajabov

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The emergence of the first electronic dictionaries and their capabilities. Principles of dictionary creation. The need for electronic dictionaries. Keywords: dictionary, types of dictionaries, electronic dictionary, machine translation, automatic translation, dictionary article. ПОСТЕПЕННОЕ РАЗВИТИЕ ЭЛЕКТРОННЫХ СЛОВАРЕЙ Аннотация. Появление первых электронных словарей и их возможности. Принципы построения словарного запаса. Потребность в электронных словарях. Ключевые слова: словарь, виды словарей, электронный словарь, машинный перевод, автоматический перевод, словарная статья. Hozirgi globallashuv asrida fanning barcha tarmoqlari oʻzini yangilab, zamon talablariga moslashib, rivojlanib bormoqda. Bu, xususan, leksikologiyada ham kuzatiladi. Lugʻatlarning kitob, qogʻoz (albatta, bu davrda qogʻoz boʻlmagan) koʻrinishlaridagi anʼanaviy shakli bundan 4 ming yil muqaddam gloss, glosariy va vokabulariylar koʻrinishida vujudga kelgan[2.3]. Birinchi tarjima lugʻat eramizdan oldingi XXV asrda qadimgi Shummer sivilizatsiyasi davrida yaratildi. Shundan soʻng Xitoyda mill. avv. XX asr, Qadimgi Misrda mill. avv. XVIII asrda tarjima lugʻatlar vujudga keldi. Bundan 2000 yil avval Mesopotamiyada tuzilgan ikki va uch tilli lugʻatlarning parchalari saqlanib qolgan[3.14]. Anʼanaviy shakldagi lugʻatchilikning paydo boʻlishi uzoq davrlarga borib taqalsa-da, elektron lugʻatchilik tarixi unchalik katta emas. Elektron lugʻatlarning dastlabki koʻrinishini mashina tarjimasi deb belgilashimiz mumkin. Bu kabi lugʻatlarni yaratish gʻoyasi XVII asrda fransuz olimi R. Deskart (1596-1650) va nemis olimlari G. V. Leybnist (1646-1716) qarashlarida koʻzga tashlanadi. Faylasuf R. Deskart va G. V. Leybnistlar tomonidan jumla va soʻzlarning oʻzaro bogʻliqligini kodlash masalasi ilgari surilgan[1.8]. Mashinaning tarjima qila olishi haqidagi gʻoyani ingliz matematigi Ch. Bebbidj (1791-1871) 1836 — 1848 — yillarda raqamli analitik mashinalar ustida olib borgan ilmiy izlanishlarida qayd etgan[1.8]. Ch. Bebbidj izlanishlaridan qariyb bir asrdan keyin raqamli elektron mashinalar ixtiro qilina boshlandi. XX asrning 20 — 50 — yillarida Estoniyada A.Vaher, Fransiyada J.Astrounining nazariy qarashlarida bilingval lugʻatlardan foydalanish gʻoyasi ilgari surilgan. Xususan fransuz olimi J. Astrouni “Mehanik miya” deb nomlangan mashina tarjimasi ishlanmasi uchun patentga ega boʻldi [1.8]. Bu boradagi izlanishlarda rus ilmiy jamoatchiligi ham ortda qolmadi. 5 34 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1933-yil rus olimi P. P. Simirnov Troyanskiy tomonidan ikki funksiyani oʻz ichiga olgan tarjima tizimi yaratildi. Bu tizim esperanto tili asosida ishlar edi. Lekin bu davrda mashina tarjimasi hali toʻlaligicha shakllanib ulgurgan emasdi. Mashina tarjimasining nisbatan mukammal koʻrinishlari XX asrning ikkinchi yarmida paydo boʻla boshladi. Endi bu davrda gʻoyaxona Yevropa va Rossiyadan koʻchgan edi. Mashina tarjimasi borasidagi izlanishlarda Amerika ustunlik qila boshladi. Bunga bevosita “Sovuq urush” ning ta’siri katta boʻldi. Ikki gegamon davlat (ikkinchi tomon Sobiq Ittifoq) nafaqat qurollanish poygasida, balki ilm-fanning barcha jabhalarida ham raqobatlasha boshladi. Mashina tarjimasi (yaʼni avtomatik tarjima) harbiy razvedka maʼlumotlarni tezkor ravishda tarjima qilish, matnni dekodlash uchun ham zarur boʻlardi. Ammo, XX asrning oʻrtalarida mashina tarjimasi oʻziga yuklatilgan bu siyosiy vazifani toʻlaligicha bajara olmadi, Mashina tarjimasining rivojlanishida ENIAC (Electronic Numerical Integrator and Computer) larning kashf etilishi muhim hodisa boʻldi. 1945-yil AQSH armiyasining ballistik tadqiqot laboratoriyasida bu turdagi raqamli mashinalarning birinchisi yaratildi. Bu ixtiro IBM larning yaralishi uchun asos vazifasini oʻtadi. A.But va R.Richanslar tomonidan 1948-yil mashina tarjimasi boʻyicha ilk tajriba sinovi oʻtkazildi. 1949-yilda amerikalik olim Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish nazariyasi boʻyicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi. Shundan soʻng AQSHda mashina tarjimasi boʻyicha kollaboratsiyalar, hamkorlik loyihalari yaratildi. Mashina tarjimasi boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida oʻtkazildi [5.73]. 1954-yilda AQSHning Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan oʻtkazildi. U GAT tizimi (inglizcha «Georgetown Automatic Translation» birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajriba IBM – 701 rusumli tarjima qurilmasi (kompyuter)da amalga oshirildi. Qurilma 250 ta soʻzdan iborat 60 ga yaqin (jami 50 000 soʻz) ruscha gaplarni ingliz tiliga tarjima qildi[5.73]. Bu ishda P.Gavren, L.Doster, P.Sheridanlar ishtirok etdilar. Lugʻat “Dorster tajribasi” nomi bilan mashhur boʻldi. Mashina tarjimasi boʻyicha izlanishlardan Sobiq Ittifoq ham chetda qolmadi. 1955-yilga kelib sobi

Доказательный фрагмент

«The emergence of the first electronic dictionaries and their capabilities.»

Образец извлечения

Демо-превью

The emergence of the first electronic dictionaries and their capabilities. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
dictionary, types of dictionaries, electronic dictionary, machine translation, Dastlabki elektron lugʻatlarning vujudga kelishi va ularning imkoniyatlari. Lugʻat tuzish tamoyillari. Elektron lugʻatlarga boʻlgan ehtiyoj.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники