К содержанию
РецензированоUZ2025

LAYOQATI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti 1-talabasi.

NEW RENAISSANCE · Rustamov Xojiakbar Raufjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu tezisda voyaga yetmaganlarning muomala layoqati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor berildi. Kalit so‘zlar: muomala layoqati, voyaga yetmaganlik, oilaviy munosabatlar, delikt majburiyatlar. Shaxs sifatida qayd etilgan har bir fuqaro huquq hamda muomala layoqatiga ega bo‘lishga haqli hisoblanadi. Muomala layoqati hamda huquq layoqati farqli xususiyatlarga ega bo‘lib bunda muomala layoqati bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan dinamik holat sifatida qayd etiladi. Fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikka asosan shaxsning yoshi, uning jismoniy, aqliy holatidan kelib chiqib muomala layoqatini belgilanadi. Muomala layoqati bilan bog ‘liq muammoli hamda tahlil qilinishi zaruriy ahamiyat kasb etadigan holatlar voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq munosabatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Kodeks voyaga yetmaganlarning huquq layoqati umumiy tartibda yuzaga kelishi uchun ularni huquqlarini ro‘yobga chiqarish ota onalar, vasiylar hamda farzandlikka oluvchilar shu jumladan boshqa aloqador uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini mexanizmini belgilaydi. Hozirgi kunda oila qonunchiligini tartibga solish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini keng o‘rganish hamda xalqaro tajriba asosida mamlakatimizda keng islohotlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda keltirish mumkinki, aynan Toshkent davlat yuridik universiteti oilaviy munosabatlar bilan bogʻliq quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shoraxmetova U.Sh. “Nikoh tuzish shartlariga rioya qilmaslik oqibatlarini belgilovchi qonunchilikni takomillashtirish muammolari”, Maxmudxodjayeva U.M. “Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni oilaviy va fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”, Babajanova D.I. “Surrogat onalik bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish istiqbollari” mavzusida ilmiy ishlar amalga oshirildi. Keltirib o’tilgan ilmiy ishlardan Maxmudxodjayeva U.M. “Ota-ona va bolalar oʻrtasidagi munosabatlarni oilaviy va fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi doirasida ota ona hamda farzand 568 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 o‘rtasidagi munosabatlar shu bilan birga voyaga yetmaganlarning muomala layoqati keng o‘rganib chiqilganligini ko‘rishimiz mumkin. Muomala layoqati tushunchasi milliy sivilist olimlar tomonidan atroflicha o‘rganilgan.Uni ta’riflashda turlicha yondashuvlar hamda fikr-mulohazalar uchraydi. I.B.Zokirov fikricha, muomala layoqati yuridik harakatlar qilish, ya’ni qonun bo‘yicha ma’lum huquqiy oqibatlar qilish (masalan shartnomalar tuzish, yetkazilgan zararni to‘lash va hokazolar) layoqatidir1 Voyaga yetmaganlar fuqarolik munosabatlarining subyekti bo‘lishi uchun muomala layoqatlilik masalasi ham atroflicha tahlil qilinishi mumkin. Chunki Oila kodeksi, oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik voyaga yetmaganlarni subyekt sifatida baholashi, shu bilan birga ularning huquqlarini ta’minlash choralarini ko‘rilishini keltirish lozim. Bu borada turli fikrlarni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. I.B.Zokirov fikricha muomalaga layoqatlilik bu fuqarolik munosabatlarida yuridik faktlarni vujudga kelishidagi ishtirok natijasi, harakat yoki harakatsizlik huquqini berishi bo‘lgan tushuncha sifatida tushunilishini keltirib o‘tmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik munosabatlaridagi muomala layoqatini ayrim olimlar bitimlar tuzish va delikt layoqatlari bo‘yicha farqlasalar, ayrimlari delikt layoqatini mustaqil mulkiy javobgarlik bilan izohlaydi. N.F.Imomov ta’kidlashicha, fuqarolik huquqida fuqarolarning muomala layoqati odatda ikkiga bo‘linadi. Birinchisi, bitimga layoqatlilik deb nomlasa, ikkinchisi delikt layoqatlilik deyiladi2. Demak, huquq va muomala layoqati toifalarining mustaqil huquqiy ahamiyati shundan iboratki, huquq layoqatini amalga oshirish (ayrim istisnolardan tashqari) nafaqat muomala layoqati, balki qisman muomala layoqati, shuningdek o‘rindosh muomala layoqati, birgalikdagi muomala layoqati orqali ham amalga oshirish mumkin. Ya.R.Vebersning fikricha, voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini tartibga solish huquqni qo‘llash maqsadlarini ko‘zlaydi. Voyaga yetmaganlarga muomala layoqatini berish ularning o‘z huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega ekanligini anglatadi. Voyaga yetmaganlarda mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantirish, hech qanday holatda ularning manfaatlariga qarshi qo‘llanilmasligi kerak. Muallif voyaga yetmaganlarning muomala layoqatini tartibga solishning yana bir maqsadi- tarbiyaviy, ya’ni voyaga yetmaganlarning aqliy rivojlanishi va moliyaviy mustaqilligi darajasiga mutanosib ravishda fuqarolik-huquqiy munosabatlarda mustaqil ishtirok etish 1 Зокиров И.Б. Фуқаролик ҳуқуқи. – Тошкент: ТДЮИ,2009 Б.143 2 Фуқаролик ҳуқуқи. 2-қисм. Тошкент.Адолат,2007 Б.579 569 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda voyaga yetmaganlarning muomala layoqati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda voyaga yetmaganlarning muomala layoqati va uning o‘ziga xos xususiyatlari, shu bilan birga hozirgi kunda qonunchilikdagi muammoli jihatlar, ularning tahlili hamda taklif va tavsiyalarga alohida e’tibor b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
delikt majburiyatlar., voyaga yetmaganlik, oilaviy munosabatlar, muomala layoqati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники