Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“KALILA VA DIMNA” QO‘LYOZMA NUSXALARIDA OBRAZLARNING BADIIY IFODALANISHI Fazliyeva Mohigul Xayriddinovna “Xadichayi Kubro” ayollar madrasasi o‘qituvchisi
NEW RENAISSANCE · Fazliyeva Mohigul Xayriddinovna · Barzuya, masal, hikoyat
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article discusses the artistic analysis of the main and various supporting characters in the parables in the introductory chapters of the Turkish manuscript of the work "Kalila and Dimna", which is equally beloved by all peoples. Keywords: "Kalila and Dimna", manuscript copy, Dobshalim, Bedapoy, Anushervan, Barzuya, parable, story, Kalila, Dimna. “Kalila va Dimna” asarining dunyo bo‘ylab o‘rganilishi va tadqiq etilishi necha asrlardan beri olimlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga qaratib kelmoqda. Ko‘plab o‘rta asrlarga tegishli arab badiiy asarlarida asosiy g‘oya axloqiy tarbiyalanish hisoblanib, aynan “Kalila va Dimna” muqaddimasida bu holat bosh maqsad darajasida ko‘tariladi. Buning sababi shunda ediki, VIII asrda kitobni arab tiliga tarjima qilgan zukko va faylasuf olim Ibn al-Muqaffa badiiy so‘zning vazifasi – insoniy moyilliklar va shaxs tabiatini tuzatish deb, qat’iy qarorga kelgan va buni o‘z asar-u tarjimalarida isbotlagan[4]. “Kalila va Dimna”ning maqsadi ham xuddi shu jihatdan insonlarni hajv va kulgi bilan majoziy obrazlar orqali to‘g‘ri yo‘lga solish hamda tarbiya berishdan iborat edi. “Kalila va Dimna” asaridagi obrazlar va xarakterlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, unda shoh Dobshalim va vazir ― faylasuf Beydabo (Turkiy qo‘lyozmalarda Bedapoy deb keladi) va ular atrofidagi saroy a’yonlari, shoirlar va maslahatchilardan tortib, hikoyat va masallar tarkibida keluvchi turli-tuman qahramonlar ― shaxslar-u hayvonlargacha barchasi asarda o‘ziga xos dolzarb o‘ringa ega. Dobshalim shoh o‘z yoniga brahmanlardan bo‘lmish faylasuf Bedapoyni chaqirib, u o‘zidan oldin o‘tgan shohlarning hikmat xazinalari bilan tanishganini, ammo hech narsani tushunmaganligini, shuningdek, Dobshalimga bag‘ishlab biror kitob yozilmaganligi, buning natijasida shoh dunyodan o‘tib ketgach, uning haqida avlodlar xabarsiz qolib ketishidan xavotirdaligini aytib qoladi. So‘ngra Bedapoyga buyuradiki, butun ilm-u hunarini ishga solib, u haqida bir ajoyib kitob yozsa va unda xalqni qanday idora etish va tarbiyalash lozimligini ko‘rsatib, shohlarning axloqi qanday bo‘lishini, raiyatning shohga qanday xizmat qilishi zarurligini bayon etsa ushbu asar undan yodgor bo‘lib qolgan bo‘lar edi. Shundan so‘ng Bedapoy sodiq va mehnatkash shogirdlaridan birini yoniga chaqirib, bir yil davomida uydan chiqmasdan bir kitob yozdiki, unda ham jiddiy va hazil-mutoyiba so‘zlar, ham hikmat va falsafaga oid fikrlar mujassamlangan edi. Bedapoy ushbu kitobga “Kalila va Dimna” deb nom qo‘yadi. Kitobda barcha 176 NEW RENAISSANCE 2025 OKTABR INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 gaplar vahshiy hayvonlar, darranda va parrandalar tilidan beriladi. Toki, kitob shakl jihatidan sodda, odamlarga ermak, mazmunan esa kishilarga ibrat bo‘lsin. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham insonga nima lozim bo‘lsa, hammasini ular bu kitobda topa olsinlar, shohga tobe bo‘lish yoki zararli narsalardan qochib qutula olish uchun qanday tadbirlar foydali ekanligini bundan o‘rgansinlar. Kitobning o‘ziga xosligi shunda ediki, uni johil odamlar o‘qisalar ma’nosini tushunmas edilar, hayvonlarning so‘zlashiga hayron qolib, uni hazil deb o‘ylashardi, kimki bu kitobni yaxshi o‘zlashtirmasa, undagi so‘zlarning ma’nosi uning uchun qorong‘i bo‘lib qolardi. Kitobning ilk muqaddimalarida kelgan asosiy obrazlardan Bedapoy xarakteriga e’tibor bersak, u nafaqat saroyning, balki o‘z zamonasining eng aqlli, adolatli va donishmand faylasufi sanalgan. U ham do‘st, ham dushmanlariga adolatli, mehribon va saxovatli kishi edi. Oddiy xalqqa, raiyatga mehribonlik qilib, ularning dard-u hollarini tinglab, doimo ularga xayrixohlik qilib yurardi. Bedapoyning “Ma’rifatli odamlar ham o‘zlaridan past va yuqori vazifadagi odamlar bilan maslahatlashmog‘i kerak. Xususiy masalalarni hal etishda bir aql ojizlik qilganidek, umumiy masalalarni yechishga ham kifoya qilmaydi”[2], degan gaplaridan ham uning qanday inson ekanligini anglab olamiz. Xuddi shunday fazilatlarga ega ekanligi uchun ham podshoh Dobshalim unga “Kalila va Dimna”ni yozishni topshiradi va ushbu kitobning taniqli bo‘lishiga ishonadi. Dobshalim shoh esa ko‘pchilik hukmdorlar obraziga o‘xshab, shuhrat va laganbardorlikni ko‘tarolmay o‘zidan ketadi, raiyat ahvolidan bexabar bo‘lib, ayshga beriladi, bechora xalq och- yalang‘och qolib, juda qiyin holatga yetadi. Ammo Bedapoyning maslahat va nasihatlari, uning yo‘l-yo‘riqlari orqali Dobshalim to‘g‘ri yo‘lga tushib, adolatni o‘ziga shior qilib oladi, raiyat ishi bilan bevosita shug‘ullanib, dushmanlar harakatini kuzatadi. Natijada davlat farovonlashib, oddiy xalq to‘kin hayot kechira boshlaydi. Asarning yana bir muqaddimasidagi Eron shohi Anushervon obraziga ta’rif bersak, shunday jumlalarni uchratamiz: “Olloh taolo qudratli va saodatli Anushervon Kisro ibn Qubodni aql nuridan va adolat xazinasidan bahramand etgan, ishbilarmon, favqulodda g‘ayratli qilib yaratgandi. U o‘zining bu xizlatlari soyasida ilm o‘rganib, turli sohada shunday kamolot darajasiga yetganki, undan avvalgi shoh
Доказательный фрагмент
«This article discusses the artistic analysis of the main and various supporting characters in the parables in the introductory chapters of the Turkish manuscript of the work "Kalila and Dimna", which is equally belove…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the artistic analysis of the main and various supporting characters in the parables in the introductory chapters of the Turkish manuscript of the work "Kalila and Dimna", which is equally belove… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- "Kalila and Dimna", manuscript copy, Dobshalim, Bedapoy, Anushervan, hikoyat, qo‘lyozma nusxa, Anushervon, masal, Kalila, Barzuya, Dimna., “Kalila va Dimna”
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026