Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PARLAMENT NAZORATI TUSHUNCHASI HAMDA UNING HUQUQIY TABIATI Rasulova Tursunoy To‘lqinovna TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti.
NEW RENAISSANCE · Rasulova Tursunoy To‘lqinovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Parliamentary oversight is one of the important institutions of democratic state governance, representing the process of control of the legislative branch over the activities of the executive branch and other state bodies. This mechanism is of great importance in ensuring the balance of state power, monitoring the implementation of legislation and protecting the interests of citizens. The thesis discusses the concept of parliamentary oversight, its legal nature and practical significance. Keywords: State, principle of separation of powers, parliamentary oversight, object and subjects of parliamentary oversight, Oliy Majlis, Legislative Chamber. Mamalakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida parlamentning xususan parlament nazoratining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati juda muhim. Parlament o‘ziga xos konstitutsiyaviy nazorat funksiyasiga ega bo‘lib, bugungi kunda nazariya va amaliyotda mavjud kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda hayotga tadbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki, parlament nafaqat qonun chiqaruvchi, balki xalq tomonidan saylangan vakillik hamda nazorat qiluvchi organ ham hisoblanadi. Parlament tomonidan ilgari qabul qilingan qonunlar, rivojlanish rejalari va budjetning bajarilishi bo‘yicha hukumat ishining sifatini nazorat qilish jarayoni parlament nazorati deb ataladi. Yuridik adabiyotlarda parlament nazorati instituti tushunchasi hokimiyatning boʻlinishi va ularning oʻzaro munosabati prinsiplarida oʻz aksini topadigan qonunchilik hokimiyati organlarining anʼanaviy funksiyasi deb taʼriflanadi. 549 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 Parlament nazorati bu — mustaqil va qonuniy, tizimli vakillik organi faoliyati boʻlib, uning palatalari, qoʻmita va komissiyalari, palata aʼzolarining ijro hokimiyati va boshqa davlat organlari va xoʻjalik boshqaruv organlarining inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga rioya qilinishini taʼminlash hamda konstitutsiyaviy va joriy qonunlarning ijrosini nazorat qilish faoliyati hisoblanadi1. O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xususan, uning palatalari, qo‘mitalari va komissiyalari, Qonunchilik palatasining siyosiy fraksiyalari va guruhlari, deputatlar va senatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat qonunlar, palatalar qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, hukumat a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish, deputatlik so‘rovlarini yuborish va hokazolarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida” gi qonunning 3-moddasida Parlament nazorati subyektlari haqida ma’lumot berib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ; Qonunchilik palatasining, Senatning qo‘mitalari, komissiyalari; Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari; Qonunchilik palatasi deputatlari; Senat a’zolari; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman). Yuqoridagi qonunining 4-moddasida esa, Parlament nazorati obyekti - Davlat organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati obyekti ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. Ushbu moddaning ikkinchi qismida esa, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va 1 Sh. Zulfiqorov. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti dotsenti, yuridik fanlar doktori (DSc). Davlat hokimiyati tizimida parlamentning roli qanday?//Xalq so‘zi onlayn// 28.04.2021. https://xs.uz/uz/post/davlat-hokimiyati-tizimida-parlamentning-roli-qandaj 550 NEW RENAISSANCE 2025 MAY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 5 tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat parlament nazoratining obyekti bo‘lishi mumkin emasligi aytib o‘tilgan2. Parlament nazorati, mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish va fuqarolar ongida qonunga hurmat ruhini shakllantirishda ham muhim vosita boʻlib hisoblanadi. Parlament nazorati quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zlaydi: - Qonunchilikning to‘g‘ri ijro etilishini ta’minlash; - Davlat organlarining qonuniylik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilishini nazorat qilish; - Hokimiyatning suiiste’mol qilinishining ol
Доказательный фрагмент
«Parliamentary oversight is one of the important institutions of democratic state governance, representing the process of control of the legislative branch over the activities of the executive branch and other state bo…»
Образец извлечения
Демо-превьюParliamentary oversight is one of the important institutions of democratic state governance, representing the process of control of the legislative branch over the activities of the executive branch and other state bo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- State, principle of separation of powers, parliamentary oversight, object and, Davlat, parlament nazorati, hokimiyatlar bo‘linish prinsipi, Oliy Majlis, Parlament nazorati obyekti va subyektlari, Qonunchilik palatasi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025