Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Boshqaruv jarayonlari va tizimlarini avtomatlashtirish (O‘zbekiston pochtasi aj misolida)
AJ MISOLIDA) · Axmadbekov Xokimbek Xasan o‘g‘li
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 1994
Аннотация
Ushbu maqolada pochta aloqasida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda saralash jarayonlarining o‘rni, jo‘natmani saralash uchun vaqt normasini hisobga olish, bu borada xorijiy olimlarning fikr-mulohazalar asosida jo‘natmani manzilga yetkazib berishning o‘ziga xos yo‘llariga to‘xtalib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: avtomatlashtirish, boshqaruv jarayonlari, boshqaruv tizimi, texnik normalash metodi. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida pochta tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador pochta tizimini tizimli tashkil qilish va avtomatlashtirish juda ham muhim omil hisoblanadi. Bugungi kunda, pochta xizmatlarini ko‘rsatish bozori erkin bo‘lganligi sababli, Respublikamiz hududida milliy pochta operatori O‘zbekiston pochtasi AJ bilan birga yuzdan ortiq savdo tuzilmalari (pochta bozorining nodavlat operatorlari DHL, BTS, FedEx, Fargo, EMU, DMS va boshqalar) mijozlarga pochta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu nodavlat tashkilotlarning barchasi mijozlarga sifatli va tezkor xizmat turlarini taqdim etish esa bosh maqsad qilib olingan. Xizmat ko‘rsatish sifati operatorning o‘ziga xos xizmatni taqdim etish va undan foydalanishni osonlashtirish qobiliyatini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Pochta aloqasi xizmatlarining sifat ko‘rsatkichlari esa pochta aloqasi punktlari va pochta aloqasi tarmoqlari zichligi va ularning ishlash muddati bilan tavsiflanadi[1]. Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnomalarda 61 ta ko‘rsatkichga tegishli miqdoriy statistik ma’lumotlardan tashkil topgan. 2015-yil holati bo‘yicha o‘rganilganda, respublika ushbu reytingda 141 ta davlat ichida ma’lumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik ma’lumotlarning eskirganligi bo‘yicha 4-o‘rinda deb topilganligini inobatga olsak, O‘zbekistonning 2020-yilda ushbu reytingda aks etishi ham xalqaro maydondagi nufuzini oshirishi zarur[2]. Ushbu jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan so‘rovnoma asosiy reytingni baholashda ularning sifat ko‘rsatkichlari inobatga olingan. 136 Pochta aloqasi xizmatlarining yangi tuzilmasini shakllantirish “O‘zbekiston pochta” AJ xizmatining sifati ko‘rsatkichlari va standartlarini Umumjahon pochta ittifoqi tomonidan ko‘zda tutilgan pochta strategiyasining talablariga muvofiq olib borish uning asosiy vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasining pochta aloqasini rivojlantirish dasturida ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, aloqa xizmatlari bozorining yangi segmentlarini kiritish orqali milliy operatorning pochta aloqasi tarmog‘ini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish yuqori intensiv texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ular asosida odamning intensivi bevosita ishtirokisiz texnologik va yordamchi jarayonlarni bajaruvchi yuqori unumli jihozlarni yaratilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirishdan avval doim mexanizatsiyalashtiriladi. Avtomatlashtirishda joriy mexanizatsiya avtomatik boshqarish obyekti bo‘lib xizmat qiladi[3]. O‘zbekiston Respublikasida 2020–2024-yillarda pochta aloqasi sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatdan 3 tadan tumanlar namuna sifatida tanlab olinib, o‘sha tumanlarda pochta aloqasi xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha alohida yo‘l xaritasini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror loyihasini tayyorlash jarayonida ilg‘or xorijiy davlatlarning pochta aloqasi operatorlarining faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra, ularning asosiy yo‘nalishlari bu xat-xabarlar, tezkor pochta jo‘natmalar, onlayn xizmatlar va bank (moliya) xizmatlari hisoblanishi aniqlandi. Jumladan, AQShda 71 foiz, Belgiyada 68 foiz, Avstriyada 58 foiz, Buyuk Britaniyada 51 foiz daromadi pochta xizmatlaridan, Yaponiyada 79 foiz, Italiyada 78 foiz va Janubiy Koreyada 55 foiz daromadi moliyaviy xizmatlarni tashkil etadi. Yaponiya, Koreya, Xitoy, AQSh kabi rivojlangan davlatlar va Rossiya hamda Qozog‘iston davlatlarida bank va sug‘urta xizmatlari keng joriy etilgan[4]. Ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini va tizimlarni joriy qilish orqali O‘zbekiston pochtasi AJni rivojlantirishning quyidagi 3 ta asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadga muvofiq: 1. Yozma xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini rivojlantirish; 2. Elektron tijorat bozoridagi faoliyatini rivojlantirish; 3. Moliyaviy xizmatlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirish muhim hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston pochtasi” AJ 2024-yil biznes rejasi B-18 2.O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 93-o‘rinni egalladi. https://www.gazeta.uz/uz/2020/09/02/innovation-index/ 3.Usmanov A.I. Tursunboyev N.I. Bobonazarov O‘.Q “Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish asoslari” O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2007 B-11. EKOLOGIK TASHKILOTLARDA PR
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pochta aloqasida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda saralash jarayonlarining o‘rni, jo‘natmani saralash uchun vaqt normasini hisobga olish, bu borada xorijiy olimlarning fikr-mulohazalar asosida jo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pochta aloqasida boshqaruv jarayonlarini tashkil etishda saralash jarayonlarining o‘rni, jo‘natmani saralash uchun vaqt normasini hisobga olish, bu borada xorijiy olimlarning fikr-mulohazalar asosida jo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- boshqaruv jarayonlari, management processes, boshqaruv tizimi, методы технической настройки., management system, avtomatlashtirish, процессы управления, automation, technical adjustment method, система управления, Автоматизация, texnik normalash metodi
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009