К содержанию
РецензированоUZ2017

Muhammad Shayboniyxon va uning xayoti

Р Нуркулова (Джизакский Государственный Педагогический Университет)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2017

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada XV asrning oxirlarida Mavorounnahr va xurosondagi ijtimoiy- siyosiy vaziyat, Shayboniyxon tomonidan Mavorounnahr va Xurosonning istilo qilinishi, Shayboniylar davlatining tashkil topishi va uning davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni manbalar asosida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar. Mustaqillik, Sulolalar tarixi, Shayboniyxon, Abdullanoma, Ko‘chmanchi o‘zbeklar, Abdulxayrxon, Temuriyzodalar, Mavoraunnahr, Xuroson, Shayboniyxonning o‘limi, Shayboniyxonning davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni. Mustaqillik – o‘zbek xalqining hayoti va milliy davlatchiligi tarixida tub burilish davrini boshlanishi bo‘ldi. Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish, unga adolat nuqtai – nazaridan yondashish va baho berish kabi ulkan vazifalar qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi, ilk shaharsozlik madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar kabi mavzularga muhim e’tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. O‘zbekiston tarixidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar va hujjatlarni yangi asoslarda o‘rganish va uni targ‘ib qilishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida, uning madaniy rivojlanishida sulolalar boshqaruvi, hukmdor sulolalarning vakillari alohida o‘rin tutadi. Tarixni xolis baholash va to‘g‘ri yozish, ayniqsa, XXI asrda voyaga yetayotgan farzandlarimizning ma’naviy barkamolligi, o‘tmishdagi buyuk bobokalonlarimiz haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishlari ham muhim hisoblanadi. H.T.al-Buxoriy o‘zining “Abdullanoma” (Sharafnomai shohiy) asarida yozganidek: “Tarixlarni o‘rganishdan keladigan foydaning qisqacha bayoni shuki, (kishilar) asrlar, davrlar va yillar davomida o‘tgan oliy hoqonlar va qudratli sultonlarning xususiyatlarini to‘liq mulohaza qiladilar va (ular) xususida yaxshi aql yuritadilar”. 422 Shu jihatdan ham, davlatchiligimiz tarixida muhim o‘rin egallagan sulolalar tarixini haqqoniy muhim vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimiz tarixida muayyan iz qoldirgan, yurtimiz mustaqilligi va markazlashgan hokimiyat o‘rnatish uchun, eliizda ma’naviy tarzda joriy bo‘lib kelayotgan, mas’habimizni saqlab qolish uchun tinimsiz kurash olib borib, shunday janglardan birida shahid bo‘lgan, qariyb 100 yil davom etgan Shayboniylar davlatining asoschisi, mohir lashkarboshi va ajoyib she’r va g‘azalar muallifi, sulolaboshi Muhammad Shayboniyxondir. Shayboniyxon va Shayboniyzodalarning davlatchiligimiz tarixidagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib, ularning faolitiga haqqoniy baho berishimiz kerak. Shayboniyxon va uning avlodlari bo‘lgan hukmdorlar davlatchiligimiz tarixida o‘zining munosib o‘rnini egallashlari zarur. Shayboniyxon Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon urug‘idan bo‘lgan, ko‘chmani o‘zbeklar davlatining asoschisi Abulxayrxonning (1412-1468) nabirasi, Budoq Sultonning o‘g‘li edi. Uning onasi Oqqo‘zi begim hisrlanadi. Abulxayrxon unga o‘sha davr odatiga ko‘ra ikki ism Muhammad (arabcha) va Shayboniyxon (turkiyga ismlarni qo‘yib, Shoxbaxt laqabini beradi). Shoxbaxt va ukasi Mahmud Sultonlar ota-onasidan erta ayrilib, bobosi Abulxayrxonning tarbiyasida qoldilar. Abulxayrxon: “.... har ikki sultonzodani aziz tutardi va ularni e’zoz va ikrom himmati bir daqiqa ham bekor o‘tqazmasdi”. Keyinchalik Abulxayrxon shahzodalar tarbiyasini otasining sodiq xizmatkori bo‘lgan Qorachabekka topshirdi. Qorachabek shahzodalardan mehrini ayamaydi va ular tarbiyasiga muhim e’tibor berdi. “Toki shahzodalar katta bo‘lib yetishganlaricha, ularning himoyasida mumkin bo‘lganicha zo‘r harakat qldi. Shu tariqa, ular o‘spirinlik vaqtidan kamolotga yetishdilar”. Abulxayrxon vafotidan (1469) so‘ng, u barpo qilgan davlatga birlashgan qabilalar tarqalib ketdilar. Balog‘atga yetgan Shayboniyon bobosi Abulxayrxon davlatini tiklashga harakat qildi. Shu maqsadda, Temur davlatining shimoliy chegarasida noiblik qilayotgan Qushchiqxon o‘g‘li Mazid tarxondanfoydalandi va uning xizmatiga kirdi. Biroq Mozid tarxon Shayboniyxon va ukasi Mahmud Sultonni, kelgusida o‘ziga raqib bo‘lishdan qo‘rqib, ularni Buxoroga jo‘natdi. Muxtasar qilib aytganimizda, Shayboniyxonning nisbatan qisqa muddat hukmronligi davrida Mavorounnahr va Hurosonda mustaqil boshqariladigan viloyatlarga bo‘linib ketgan hududlar, Shayboniyxon tomonidan yana yagona davlatga birlashtirildi. Ilm-fanda, madaniyatda temuriylar davri an’analari davom ettirildi va yanada boyitildi. Shaharsolik, me’morchilik, hunarmanchilikda katta yutuqlarga erishildi. Tashqi va ichki savdo rivojlandi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Axmedov B. Tarixdan saboqlar. T.: “O‘qituvchi”, 1994. 2. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. Toshkent. “O‘qituvchi”, 2001. 3. Nosirov U. Jizzaxdan aytar so‘zim. Toshkent, 2013. 4. Ibrohimov A. Bizkim o‘zbeklar. T.: “sharq”, 1999. 5. Hofiz Tanish al-Buxoriy. Abdullanoma. Birinchi kitob. T.: “Sharq”, 1999. 6. Muhammad Haydar Mirzo. Tarixi Rashidiy. T.: “Sharq”. 2000. XALQARO HUQUQDA TMKLARNING IJTIMOIY JAVOBGARLIGI KONSEPSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALAL

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada XV asrning oxirlarida Mavorounnahr va xurosondagi ijtimoiy- siyosiy vaziyat, Shayboniyxon tomonidan Mavorounnahr va Xurosonning istilo qilinishi, Shayboniylar davlatining tashkil topishi va uning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada XV asrning oxirlarida Mavorounnahr va xurosondagi ijtimoiy- siyosiy vaziyat, Shayboniyxon tomonidan Mavorounnahr va Xurosonning istilo qilinishi, Shayboniylar davlatining tashkil topishi va uning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ko‘chmanchi o‘zbeklar, the role of Shaibani Khan in the history of our statehood., Mustaqillik, Shayboniyxonning o‘limi, Abdulkhairkhan, Кочевые узбеки, Смерть Шайбани-хана, Khorasan, роль Шайбани-хана в истории нашей государственности., Абдулнама, Abdulxayrxon, Xuroson, The death of Shaibani Khan, Независимость, Тимуризадес, Shayboniyxon, Шайбани-хан, History of Dynasties, Independence, Хорасан, Маворауннахр, Timurizades, Temuriyzodalar, Abdullanoma, Shayboniyxonning davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni., Nomadic Uzbeks, Shaybani Khan, Mavoraunnahr, Sulolalar tarixi, Abdulnama, Абдулхаирхан, История династий
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники