К содержанию
РецензированоUZ2021

Evaluation of green buildings based on neural networks

prof. A.R. Akhatov (under Conditions of Increasing Integration Processes //Центр Научных Публикаций) · ass. Sh.Sh. Yarmatov (under Conditions of Increasing Integration Processes //Центр Научных Публикаций) · Keywords: Green buildings (Samarkand State University named after Sharof Rashidov, O‘zbekiston) · Neural networks (Samarkand State University named after Sharof Rashidov, O‘zbekiston)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 17 · 1011-1015 · 2021

Аннотация

Maqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Mikro va makroiqtisodiyotni barqaror amal qilishi uchun foyda soliqqa tortish borasida xulosa va takliflar shakllantirilgan. Kalit so‘zlar: foyda, foyda solig‘i, soliq tizimi, tannarx. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasini taqsimlash ularning ichki siyosati hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, davlat ushbu jarayonga turli bilvosita tartibga solib turuvchi vositalari orqali, jumladan soliqqa tortish tizimi orqali ta’sir qiladi. Aynan, soliq tizimi orqali davlat va korxonalar o‘rtasida, bir tomondan, davlat budjetini shakllantirish, boshqa tomondan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqaruvchi foydasini taqsimlash munosabatlari vujudga keladi. Foyda solig‘i bo‘yicha korxonalarga berilgan imtiyozlar foydani soliqqa tortishning samarali tizimini tashkil etishda ahamiyatlidir. Ular ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga hal qiluvchi qarorlarni qabul qilishda, korxona faoliyati ijobiy moliyaviy natijalarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida, daromadlarning o‘sishi mamlakat budjetiga tushumlarni oshiradi, davlatni yetarli moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Foyda solig‘i bevosita soliq sifatida tan olinib, u mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlarni ko‘rsatish, ishlarni bajarish) sohasidagi investitsion jarayonlarning barqarorligini ta’minlaydi, iqtisodiyotdagi investitsion jarayonlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek kapitalning qonuniy o‘sishini kafolatlaydi [1]. Foyda solig‘ining fiskal funksiyasi, ayniqsa, iqtisodiyotning inqiroziy sharoitlarida muhim hisoblanadi. Foydani soliqqa tortishda foydaning turli ko‘rinishlarini farqlash lozim. Korxona menejeri o‘z diqqat-e’tiborini mahsulot tannarxiga, shuningdek soliq chegirmalariga qaratgan holda sof foyda miqdorini oshirishga harakat qiladi. Boshqacha aytganda, korxona menejerida mahsulot tannarxiga qilingan xarajatlar va ehtimoliy soliq imtiyozlarini qo‘llash imkoniyati mavjud. Ta’kidlash lozimki, korxona menejeri korporativ moliya strategiyasini olib borishning kelgusidagi tahlilini taxmin qilishda foyda solig‘ini rejalashtirishga alohida urg‘u beradi. Foyda solig‘i aniqlanishi bo‘yicha korxona moliyaviy faoliyati natijasiga, aniqrog‘i korxona rahbariyati nazorati ostidagi omillarga bog‘liq bo‘lsada, soliqlarni rejalashtirish masalalari soliq bazasi hisob-kitoblari bilan bog‘langan. Bu masalalarni ikkita katta guruhga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: 1. Foydani aniqlash: - yalpi foydaga kiritiladigan yoki kiritilmaydigan daromadlar; - korxonaning turli to‘lov (xarajat)larini tasniflash; - soliqqa tortiladigan foydaga daromadlarni qo‘shish vaqti. 2. Ehtimoliy chegirmalarni aniqlash: - korxona kapitalizatsiyasiga qarshi bo‘lgan chegirmalarni asoslash; - zarar yoki yo‘qotish sifatidagi maxsus chegirmalarni aniqlash va asoslash; 128

Доказательный фрагмент

«Maqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada foydani soliqqa tortish soliq munosabatlari tarkibida muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlangan holda milliy soliq tizimida foyda solig‘ining aniqlanishi va soliqqa tortish mexanizmi ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Green buildings, Sustainability, Neural networks, Evaluation, Energy, atrof-muhit ta'siri, оценка, Environmental impact, neyron tarmoqlar, barqarorlik, energiya samaradorligi, Energy efficiency, Neural networks, устойчивость, baholash, Зеленые здания, энергоэффективность, экологическое воздействие., Yashil binolar, Green buildings, нейронные сети
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники