Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MATEMATIKA FANIGA QARATILAYOTGAN E’TIBOR VA MATEMATIKANING AHAMIYATI Guliston Shodiyeva Temirovna Xalqaro Innovatsion Universiteti o‘qituvchisi
Guliston Shodiyeva Temirovna
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
ushbu maqola maktablarda matematika fani bo’yicha ilg’or texnologiyalarni joriy qilish, mamlakatimizda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida yoritilgan. Kalit so’z: Innovatsiya, metodika, renessans, mental, investor, algebra. Mamlakatimizda joriy qilingan qaysi sohada bo’lmasin, yangi innovatsion texnologiyalar, yangi metodika, o’quv qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda. Bu borada endilikda ixtisoslashtirilgan maktab, muassasa faoliyatlari takomillashtirilib, yosh avlod vakillariga ko’plab yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Bugungi kunda har yili, har bir viloyatda joylashgan universitetlarda matematika, amaliy matematika, boshlang’ich ta’lim, maktabgacha ta’lim kabi yo’nalishlarda talaba yoshlar bakalvr, magistr bosqichlarini tamomlab umumiy o’rta ta’lim maktabi, boshlang’ich ta’lim muassasalariga o’qituvchi sifatida ishga kirishmoqda. Endilikda maktabgacha ta’lim muassasalari haqida so’z yuritsak, har muassasasi o’zining kadr yoshlari, metodikasi bilan ajralib turadi. Har bir maktabgacha ta’lim muasassalarida, qisman, umumiy metodika joriy qilingan. Matematika fani nafaqat murakkab fan sifatida diqqat e’tiborni tortadi, shuningdek mantiq, falsafa fanlari bilan ham bog’liqligi tufayli umumlashgan aniq fanlardan biri hisoblanadi. Shu bois matematika fanini o’qitishdan avval har bir o’quvchining intellekt doirasini shakllantirish kerak. Qisqacha qilib aytganda, 1-sinfga kamida yigirmata o’quvchi qabul qilingan bo’lsa ulardan o’ntasi maktabgacha ta’lim muassasalarida elementar bilimlarga (masalan: qo’shish, ayrish ) ega bo’lgan holda qolgan o’quvchilardan ajrab turadi. Bu esa sinfda o’z-o’zidan qismga bo’linish, o’quvchilarning bilim darajasiga qarab ajralishiga olib keladi. Xo’sh, bu jarayonda o’qituvchi ta’limga qanday yondashishi kerak. Javobimiz quyidagicha: 1. Avvalo, sinfdagi o’quvchilar bilan tanishish, ularning bilim darajalarini tezis qilish. 2. Bu masalada yortilgan ilmiy maqolalar, ilmiy jurnal va manbalar bilan tanishish (manbalar xususida keyinroq to’xtalib o’tamiz). 894 Dekabr, 2024-Yil 3. O’quvchilarni psixologik ruhiy holatlari bilan ham tanishish zarur. 4. Endilikda, berilgan reja bo’yicha ish boshlash. 5. Siz o’tayotgan mavzudan o’quvchining xabari bo’lsa, u o’quvchiga takrorlash tarzida qiziqarliroq qilib mavzuni tushuntirib berish darkor. 6. Bolalarni o’qitayotganda avvalo mental arifmetika misol va masalalarini ham joriy etgan xolda yondoshish kerak. Endilikda investor atamasiga to’xtalamiz. Har bir pedagog, investor sifatida uning qo’l ostida tarbiyalanayotgan o’quvchilarga, yangi bilim ko’nikmalarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Shaxsan men boshlang’ich ta’lim o’quvchilari uchun (1-4-sinflar) “P.M.X.B” formulasida matematika fanini o’qitishda foydalanishni tavsiya qilaman. Bu oddiygina formula murakkab masalalarni yechishdan, o’rgatishdan avval o’quvchini darsga tayyorlash uchun zarur. Ya’ni Psixologiya + Mantiq + Xotirjamlik + Bilim = Yaxshi natija. Ko’pchilik pedagoglar dars jarayonlarida ushbu formulani teskari ravishda foydalanishadi. Masalan, matematika mantiq, aniq yechimlarga asoslanar ekan o’quvchi avvalo psixologik holatda darsga tayyor bo’lishi, dars boshlanishidan avval mantiqni ishlatadigan, ya’ni aqlni charxlaydigan oddiy misol va masalalarni o’quvchilar bilan birgalikda yechish, so’ngra xotirjam ravishda darsni boshlab o’quvchilarga bilim ulashish kerak. Matematikaga oid ilmiy maqolalar to’plamlar va metodik qo’llanmalarga yuzlanamiz. Shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda, men, avvalo, umumta’lim maktablariga taqdim etilgan dasrliklarga to’xtalib o’tmoqchiman. (Masalan 1-sinflar uchun umumiy o’rta ta’lim maktablarida qo’llaniladigan darslik. (“Turon-Iqbol” Toshkent-2013) jami bir yuz qirq oltita mavzudan hamda mustahkamlashlardan iborat.) Avvalo, o’qituvchi dasrlik bilan to’liq tanishgan, xususan, darsda berilgan ma’lumotlarga qo’shimcha materiallar bilan qurollangan bo’lishi darkor. Xususan, dasrda qo’shish va ayrish misollari va masalalari berilgan bo’lsa pedagog ularga qo’shimcha ravishda audio, videolar orqali bo’lmaganda, kim birinchi top kabi sodda o’yinlardan foydalanishi zarur. Endilikda M+M formulasiga to’xtalib o’tamiz, ya’ni matematika+musiqa formulasi, aslida musiqa matematikaning bir qismi sifatida o’rganib kelingan. Shuningdek Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Farobiy kabi olim ajdodlarimiz, musiqa san’atini matematika faniga asoslangan holda sharxlab berishgan. Abu Nasr Farobiyning “Kitab al-Musiqa al-Kabir” asariga to’xtalib o’tamiz. Ushbu asar orqali Farobiy sharq nazariyasiga asos soldi. Aynan, bu jarayonni qanday amalga oshirilishiga nazar soladigan bo’lsak matematika sohasidagi qo’shish, ayrish, ko’paytirish, bo’lish amallarini musiqa san’atiga ko’chganligi bilan izohlab beramiz. Masalan, qadimgi 895 Dekabr, 2024-Yil g’arb olimlari ham musiqa san’atini matematika fanining bir qismi sifatida ilmiy ishlar olib borishgani ma’lum va mashhur. Bunda “interval” kabi atamalarni musiqa ilmida ham iste’mol qilinishi isbot sifatida ko’rsatish mumkun. Hozir
Доказательный фрагмент
«ushbu maqola maktablarda matematika fani bo’yicha ilg’or texnologiyalarni joriy qilish, mamlakatimizda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqola maktablarda matematika fani bo’yicha ilg’or texnologiyalarni joriy qilish, mamlakatimizda matematika sohasiga qaratilayotgan e’tibor xususida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- algebra., metodika, renessans, investor, Innovatsiya, mental
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025