К содержанию
РецензированоRU2024

ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ОЛОТСКОГО РАЙОНА

Toshpo’latova Shaxnoza Shuhratovna · Xudoyqulov Shoyiqul To’xtamurod o’g’li

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is about the ethnology of Olot district, its location. In addition to the origin and meanings of the term Olot, information about the population, nature and economy of Olot district is covered. Key words: Olot, arlot, Dengizkol, Somonkol, Korongkol, Shorkol, Khojamsayod, Karaganji. ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ОЛОТСКОГО РАЙОНА Аннотация. В статье рассматривается этнология Олотского района, его местонахождение. Помимо происхождения и значений термина Олот, освещаются сведения о населении, природе и экономике Олотского района. Ключевые слова: Олот, арлот, Денгизколь, Сомонколь, Коронгколь, Шоркол, Ходжамсаед, Караганджи. Olot. Ushbu etnooykonim viloyatning Buxoro, Kogon, Olot tumanlarida Olot, Orlot, Arlot, Olotxona shakllarida uchraydi. Olot – arlot etnonimining fonetik o‘zgarishga uchragan shakli. Olot o‘zbek xalqi tarkibida uchraydigan urug‘lardan biri bo‘lib, aslida, turkiy va mo‘g‘ul xalqlari uchun umumiy bo‘lgan qabila nomidir. Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga taqdim etgan to‘rtta qabiladan biri – arlot. Bu qabila Afg‘onistonning shimoliy qismiga o‘rnashib qolgan. Movarounnahrda arlotlar kam bo‘lsa ham, nufuzli qabilalardan hisoblangan Arlotlar oʻzbek qavmlarining eng koʻp tarqalganlaridan biridir. Mazkur qavm Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, va Qashqadaryo viloyatlarida, shuningdek, Afgʻonistonning shimolida keng tarqalgan. Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining “Shajarayi turk” kitobida orlot urug‘ini “mo‘g‘ul avlodlari” deb atalgan qismida tilga oladi va arlot so‘zining asl ma’nosi “onasining sevgan o‘g‘li” demakdir, deydi. Arlot qabilasi 92 bovli oʻzbek “qavmlari” qatorida “Jome at-tavorix”, “Ravzat us-safo”, “Shayboniynoma”da, “Abdullanoma”, “Shajarayi turk” yodnomalarida, Alisher Navoiy asarlarida tilga olingan . Arlot etnonimi X.Doniyorov ishida olot tarzida qayd etilgan Olot tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1943-yil 14-fevralda tashkil etilgan. 1960-yil Qorakoʻl tumaniga qoʻshilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tashkil etilgan. 1983-yildan yana Qorakoʻl tuman i tarkibida. 1989-yildan Olot tumani yana aloxida tuman maqo- 1 48 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ miga ega boʻldi. Buxoro viloyatining janubi-gʻarbida joylashgan. Jan., janubi-sharqdan Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbdan eng katta masofada (75 km) Turkmanistonning Lebap viloyati (Amudaryo orqali), shimoli-gʻarb va Shimoli-sharqtomondan Buxoro viloyatining Jondor, Qorakoʻl, Buxoro, Qorovulbozor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,22 ming km². Aholisi 77,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Olot), 8 shaharcha (Ganchi Chandir, Kesakli, Qirtay, Sola qorovul, Jayxunobod, Oʻzbekiston, Chovdur, Boʻribek Chandir) va 10 qishloq fuqarolari yigʻini (Bahoriston, Guliston, Denov, Jumabozor, Kirlishon, Paxtakor, Soyinqorovul, Tolqonsayot, Chandir, Chorbogʻ) bor. Tuman hududi Zarafshon daryosining eng quyi qismida, Qorakoʻl deltasidagi tekislikda joylashgan. Relyefida keskinlik kam. Faqat Dengizkoʻl rayonida Dengizkoʻl botigʻi (160 m) va Dengizkoʻl platosi oʻrtasidagi balandliklar farqlanadi (Jilliqoya — 302 m, Somontepa — 280 m). Tumanning 10 % ga yaqin maydoni oʻzlashtirilgan vohadan iborat, qolgan qismi qumli, gipsli, gilli, shoʻrxok choʻllardir, 100 ga yaqin qoldiq koʻl bor. Ulardan eng kattalari — Dengizkoʻl, Somonkoʻl, Qorongʻikoʻl, Shoʻrkoʻl, Xoʻjamsayod, Qaragʻanjida. Qorakoʻl daryosining quyi oqimi va sobiq Moxondaryo oʻzani, asosan, tekislikdan iborat. Tuproqlari oʻtloqi boʻz, qum-loq boʻz, taqir boʻz tuproklardir, janubida shoʻrxoklar katta maydonni egallaydi. Yer osti sizot suvlari ancha yaqin. Tuman hududida 132 quduqdan foydalanilmoqda. Yirik gidrotexnika in-shootlari va nasos stansiyalari mavjud. Tuman hududi orqali Amu-Buxoro, Amu-Qorakoʻl kanallari oʻtadi. Foydali qazilmalardan Oʻrtabuloq va Olotda tabiiy gaz, qoldiq koʻllarda tuz, qurilish materiallari zaxirasi katta. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 0,4°, eng past temperatura —24°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 29,3°, eng yuqori temperatura 46°. Vegetatsiya davri 205 kun. Yillik yogʻin 120-125 mm. Yovvoyi oʻsimliklardan boyalich, kovrak, yantoq, shuvoq, singren, saksovul, qandim, bahorda rang, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan taroq barmokli qoʻshoyoq, ingichka barmokli yumronqoziq, malla yumronqoziq, sugʻur, sassiqkoʻzan, qumsichqon, qum boʻgʻma iloni, charx ilon, choʻl mushugi, qushlardan tuvaloq, qorabovur, olabovur, qirgʻovullar va boshqa bor. Qumli choʻllarning tipik tabiiy komplekslarini qoʻriqlash va boyitish maqsadida tuman hududida 1971-yilda Qorakoʻl qoʻriqxonasi tashkil etildi. Qoʻriqxonada 200 ga yaqin oʻsimlik turi (shundan 30 ga yaqin daraxt va butalar) bor. Qoʻriqxonadagi suv havzalari (kanallar, koʻllar)da 30 ga yaqin baliq turi yashaydi. Sudraluvchilarning 30 xili, qushlarning 170 turi, sut emizuvchilarning 30 ga yaqin turi bor. Jumladan, qoʻriqxonada zarafshon qirgʻovuli, qum quy

Доказательный фрагмент

«This article is about the ethnology of Olot district, its location.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the ethnology of Olot district, its location. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Olot, arlot, Dengizkol, Somonkol, Korongkol, Shorkol, Khojamsayod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники