Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РОЛЬ МУЗЫКИ В ФОРМИРОВАНИИ ДУХОВНОГО МИРОВОЗЗРЕНИЯ МОЛОДЕЖИ УЗБЕКИСТАНА
METODOLOGIK ASOSLARI · Ziyavutdinova Zulfiyaxon Useinovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article is written on the topic “Social-philosophical analysis of the formation of national ensembles in Uzbekistan (in the example of Uzbek national musical ensembles)”. It contains theoretical information about the historical stages of the formation and development of musical ensembles, the scientific views of musicologists on collective performance art. Key words: personality, society, thinking, spirituality, music, composer, song, status, sound, image, art. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ НАЦИОНАЛЬНЫХ МУЗЫКАЛЬНЫХ АНСАМБЛЕЙ Аннотация. Данная статья написана на тему «Социально-философский анализ формирования национальных ансамблей в Узбекистане (на примере узбекских национальных музыкальных ансамблей)». Содержит теоретические сведения об исторических этапах становления и развития музыкальных ансамблей, научные взгляды музыковедов на искусство коллективного исполнительства. Ключевые слова: человек, общество, мышление, духовность, музыка, композитор, песня, статус, звук, образ, искусство. So’nggi yillarda mamlakatimizda musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1 , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.12.2021 yildagi PQ-36-sonli “Madaniyat va san’atni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2022 yildagi 633-sonli “Madaniyat va 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil, 2-fevraldagi PQ-112-sonli “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 1 42 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ san’at muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va ularni davlat tomonidan tizimli qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori, va shunga o‘xshash musiqa san’atini rivojlantirish maqsadida bir qartor qarorlar qabul qilingani buning yaqqol tasdig’idir. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va ashula birligini o‘z ijtimoiy va madaniy hayotlarining muhim bo‘lagi deb bilgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-onalarning orzusi sanalgan, shu niyat bilan xonadonda biron cholgu soz saqlanishi odat qilingan. Kuy va ohangni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, ruhiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, xulq- odobi va yaxshi fazilatlarni shakllanib borishida katta ta’sir kuchiga ega bo‘lishi chuqur anglab yetilgan. Xalq cholg‘ularining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda dastlabki musiqa cholg‘ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan deb taxmin qilinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda musiqachilikda eng dastlab urma zarbli cholg‘ular, keyinchalik shovqinli cholg‘ular (ijrochilar qarsak bilan ritmni takrorlaydilar va shovqinli cholg‘ular ta’sirini kuchaytiradilar), vaqtlar o‘tib esa asta-sekin xalq ustalari tomonidan naysimon xunggaklar, shiqildoqlar, surnay va nay (qamish va bambuk poyalaridan) kabi sozlar yuzaga kela boshlagan. Asta-sekin torli-mizrobli va torli kamonchali musiqa cholgulari paydo bo‘lgan. Tarixning dalolat berishicha O‘rta asr Sharq madaniyati quchogida shakllangan cholgu sozlari (nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g‘ijjak, qobuzlar) o‘tgan ko‘p asrlar davomida o‘zlarining tovush tuslari va xususiyatlarini yo‘qotmay bizgacha yetib kelgan. O‘zbek xalq cholg‘ulari ijrochiligining shakllanishi va rivoj topishi XIX asrning o‘rtalariga to‘gri keladi. Shu davrdan boshlab ko‘pchilikka tanila boshlagan dutorchilar, tanburchilar, doirachilar, naychilar va surnaychilar, rubobchi va g‘ijjakchilar ijod eta boshlaganligi, xalq hayotini turli jabhalarini tarannum etuvchi yangi kuy va qo‘shiqlar paydo bo‘lganligi ma’lum. Bu yillarda Qo‘qon shahri, mashhur cholg‘uchilar to‘plangan markazga aylangan bo‘lib, unda o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atini egallash bo‘yicha o‘ziga xos maktab yaratilgan. Maqomlar ijrosida xonandalar bilan bir qatorda tarkibi turlicha bo‘lgan o‘zbek xalq cholg‘u ansambllari ham ishtirok etgan. Farg‘ona cholg‘uchilari ham ijrochilik mahoratini faol o‘zlashtira boshlaganlar. Cholg‘uchilar ansambliga Buxoroda tanbur va doira, Xorazmda esa dutor, g‘ijjak, bo‘lamon, doira yoki tanbur garmon, rubob, doira ham kirgan. Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida cholg‘uchilar ansambllari 8-10 kishidan iborat bo‘lgan. Ansambllar nay, qo‘shnay, chang, rubob, dutor, tanbur, doira va g‘ijjak kabi cholg‘ulardan tashkil topgan. “Ansambl” fransuzcha “ensemble” – birgalikda2 ya’ni, birgalikda ijro etish degan ma’noni bildiradi. Tarixning dalolat berishicha XIX asrning oxiriga kelib ansambllar birmuncha rivojlandi, ularning asosiy turlari shakllandi, ansambllar tarkibiga yangi cholg‘ular kiritilgan, cholg‘ular tovushlarini yanada yoqimli qilish, diapazonlarini kengaytirish va ijro i
Доказательный фрагмент
«This article is written on the topic “Social-philosophical analysis of the formation of national ensembles in Uzbekistan (in the example of Uzbek national musical ensembles)”.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is written on the topic “Social-philosophical analysis of the formation of national ensembles in Uzbekistan (in the example of Uzbek national musical ensembles)”. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- personality, society, thinking, spirituality, music, composer, song, status
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025