К содержанию
РецензированоUZ2000

Qizil qanot balig‘ining contracaecum spiculigerum (ascaridida: anisakidae) nematodasi bilan zararlanishi

B.B. Soatov · F I. Xo‘jabekova · O‘zMU JF Biotexnologiya yo‘nalishi talabasi

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2000

Аннотация

Ushbu maqolada Buxoro viloyati Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qizil qanot balig‘ining Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkasi bilan zararlanish darajasi va morfologik tavsifi berilgan. Kontratsekoz - baliqlar o‘rtasida keng tarqalgan gelmintoz kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi Anisakidae oilasiga mansub bo‘lgan Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkalari hisoblanib, ularni rivojlanish jarayonida baliqlar ikkinchi oraliq xo‘jayin vazifasini bajaradi. Undan tashqari C. spiculigerum nematodasining rivojlanish sikli va patogenezi to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltiriladi. Kalit so‘zlar. Nematoda, Contracaecum spiculigerum, invaziya ekstensivligi, invaziya intensivligi, oraliq, rezervuar, definitiv ho‘jayin. Kirish. Baliqlar umurtqali hayvonlar ichida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kunda O‘zbekiston suv havzalarida baliqlarning 80 ga yaqin turi uchraydi[7]. Respublikamiz aholisi sonining tez sur’atlarda oshib borishi barobarida qishloq xo‘jaligi va baliq mahsulotlariga bo‘lgan talab yildan yilga oshib, iste’mol uchun yuqori darajada o‘sishiga olib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, baliqchilik sohasini rivojiga jiddiy to‘siq bo‘ladigan bir necha omillar mavjud. Shunday omillardan biri gelmintoz kasalliklar bo‘lib, baliqlarining o‘sishi va rivojlanishiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 1 - rasm. A. Tadqiqot olib borilgan hududning umumiy ko‘rinishi. B. Sho‘rko‘l suv ombori hududidan yig‘ilgan biomaterial nuqtalari. * google earth sayti (https//earth. google.com) olingan tasvir. Namunalarni Macromedia Flash dasturi orqali rasmlar qayta ishlandi. Baliqlarda aniqlangan parazit turni asosan ML 2000 MEIJI (Japan) va Motic mikroskoplaridan foydalanildi. Kontratsekoz - baliqlar o‘rtasida keng tarqalgan gelmintoz kasallik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisi Anisakidae oilasiga mansub bo‘lgan Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkalari hisoblanib, ularni rivojlanish jarayonida baliqlar ikkinchi oraliq xo‘jayin vazifasini bajaradi [1]. Bu nematoda lichinkalari baliqlarning tana bo‘shlig‘i, ichki organlar devorining to‘qimalari va muskullarida parazitlik qiladi. Voyaga yetgan vakillari qoravoy va boshqa baliqchi suv qushlarida parazitlik qiladi [1, 6, 9]. 80 Tadqiqot ishimizni maqsadi Buxoro viloyatini Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qanotli balig‘ining Contracaecum spiculigerum nematodasi lichinkasi morfologiyasi, biologiyasi va zararlanishini o‘rganishdan iboratdir. Tadqiqot obyekti va uslublari. Tadqiqot ishi 2020-2023 yillar davomida Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Sho‘rko‘l suv ombori suv havzalaridan 176 dona qizil qanotli baliq (Scardinius erythrophthalmus) baliqlar umumqabul qilingan gelmintologik yorib ko‘rish usullari orqali tekshirildi [2,4]. Yig‘ilgan nematodalar formalin suyuqligida fiksatsiya qilindi. Gelmintlarni o‘rganishda doimiy va vaqtinchalik preparatlar tayyorlandi. Nematodalar sut kislotasi va glitserin bilan 50:50 nisbatdagi aralashmasida bo‘yaldi. Gelmintlarni o‘lchash okulyar - mikrometr yordamida amalga oshirildi. Nematoda turini aniqlashda va tahlil qilishda ixtioparazitologik adabiyot ma’lumotlaridan foydalanildi [1,3,5, 6,8]. Tadqiqot natijalari. Sho‘rko‘l suv omboridan tutilgan 2- 3 yoshdagi jami 176 dona qizil qanot balig‘ining 18 nusxasi Contracaecum spiculigerum bilan zararlangan bo‘lib, bunda invaziya ekstensivligi 10,2 % ni, invaziya intensivligi esa 1 dan 8 nusxani tashkil qildi. 2 - rasm. Contracaecum spiculigerum I) nematodasining umumiy ko‘rinishi; II) A- og‘iz qismi, B- bo‘yin qismi, C - umumiy tana kutikulasi; 3 - rasm. III) A-D boshqismi,V, YE – muskulli va bezli qizilo‘ngach. S, F, H – dum qismi. IV) bosh va umumiy tana qismining 1000 x 400 marta kattalashtirilgan ko‘rinishi. Kontratsekum avlodi nematodalarining og‘iz qismi yumaloq, olti burchakli, ularning o‘rtasida chuqur egati bor, yon tomonida bir juft o‘tkir burchakli chiqib turadigan kipriklari bor, ular kuchli qisqargan. Lablari old bo‘lakli lablar bo‘lib, tashqi uchi ko‘pchilik turlarda yana ikki bo‘lakka bo‘linadi. Lablari tagida tishlari yo‘q. Oraliq lablari mavjud. Servikal qanotlari aniqlanmagan. Qizilo‘ngachi silindirsimon bo‘lib, juda kichik hajmni tashqil qiladi. 81 Spikulalarining uzunligi deyarli teng bo‘ladi. Vulvasi tananing oldingi qismida joylashgan bo‘lib erkaklarida papillalari ko‘p bo‘ladi. Dorsal va lateroventral lablari silindirsimon, tashqi cheti yumaloq. Pulpa labning tagidan uning o‘rtasiga qadar biroz shishgan. Pulpa kichik tekis papilla bilan qoplangan. Lablar ichki yuzasining tashqi chetida 3 ta yarim sharsimon chuqurchalar mavjud. Ushbu turning dum uchi to‘g‘ridan to‘g‘ri yumaloq shaklda bo‘lib, prekloakal papilla 36 juft, postkloaka esa 8 juftni tashkil qiladi [3]. Kontratsekumlar ko‘pgina suv havzalaridagi turli yoshdagi karpsimon baliqlarda keng tarqalgan bo‘lib, ularni zararlanishi natijasida sog‘lom baliqlarga nisbatan o‘sish va rivojlanishdan ortda qoladi va natijada suv qushlarga yem bo‘ladi. Zararlangan baliqlarning baliqchi qushlar tutib yeydi, ularning i

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Buxoro viloyati Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qizil qanot balig‘ining Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkasi bilan zararlanish darajasi va morfologik tavsifi berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Buxoro viloyati Sho‘rko‘l suv ombori suv havzasidagi qizil qanot balig‘ining Contracaecum spiculigerum nematoda lichinkasi bilan zararlanish darajasi va morfologik tavsifi berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
окончательный хозяин, оральный, definitive host, intermediate host, invaziya intensivligi, invasion intensity, Нематоды, Nematoda, инвазия интенсивность, reservoir, oraliq, Contracaecum spiculigerum, invasion extensiveness, definitiv ho‘jayin, инвазия экстенсивность, rezervuar, Contracaecum spiculigerum, invaziya ekstensivligi, резервуар
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники